Qiziqarli maʼlumot: Tarixdagi eng buyuk bokschilarning TOP-10 roʻyxati


1940-1965 yillar davomida faoliyat yuritgan. KO – knockout (nokaut).
Koʻpchilik boks muxlislari Robinsonni tarixdagi eng buyuk bokschi, deb hisoblaydilar. Darhaqiqat, u dunyodagi eng iqtidorli jangchi hisoblanadi. Uning noyob kuchi, chaqmoq kabi tezlikdagi hujumlari va baquvvat tanasi eng kuchli raqiblari ustidan ham gʻalaba qozonishiga yordam bergan. Robinsonning tashqi koʻrinishi ham koʻrkam edi. Shugar Reyning Xarlemdagi tungi klubi boʻlgan, u yerda sportchi ajoyib qoʻshiqlar kuylab, raqsga ham tushgan. Robinson odamlar va mamlakat uchun muhim shaxs hisoblangan. U haqiqatdan ham noyob qobiliyat va temir irodaga ega edi. Toʻgʻri, statistikasi Robinsonnikidan yaxshiroq boʻlgan bokschilar talaygina, biroq ularning raqiblari oʻzlaridan kuchsizroq boʻlgan. Rey esa eng kuchli raqiblarni oʻziga munosib koʻrgan va ularni birin-ketin magʻlub qilgan.

1960-1981 yillar davomida faoliyat yuritgan.
Muhammad Ali – barcha zamonlarning eng buyuk bokschisidir. U nafaqat sportga, balki mamlakatning siyosiy hayotiga ham katta hissa qoʻshgan. Ogʻir toifadagi dunyo chempioni boʻlgan vaqtida u Vyetnamga borishdan bosh tortib, hukumatga qarshi nutq soʻzlagan va buning uchun qamoq jazosiga tortilgan. Uch yildan soʻng qaytib kelgach, yana boks choʻqqisiga chiqish uchun harakat qilgan. U Jo Freyzer, Jorj Forman, Ken Norton va boshqa shu kabi buyuk bokschilar bilan ringga tushgan. Va albatta gʻalaba qozonib, oʻzining noyob iqtidori va ajoyib irodasini namoyon qila olgan. Uning asosiy janglarining kʼop qismi afsonaviy, deb tan olindi hamda “Maniladagi triller”, “Jungliyadagi momaqaldiroq”degan nomlar bilan ataldi. Muhammad Ali hanuzgacha dunyoning eng taniqli va mashhur insonlaridan biri deb hisoblanib kelinmoqda. Tarixda oʻtgan dunyoning eng buyuk bokschilarining roʻyxati qachon va kim tomonidan tuzilmasin, Ali bu roʻyxatning oʻntaligidan albatta joy oladi.

1931-1945 yillar davomida faoliyat yuritgan.
Genri Armstrong bir vaqtning oʻzida uchta chempion kamariga ega boʻlgan ilk bokschidir. U toʻrtinchisini ham qoʻlga kiritish arafasida edi, biroq Garsiya bilan jangi durang natija bilan yakunlanishi bunga toʻsqinlik qilib qoldi, vaholanki koʻpchilik bu jang natijasini nohaqliik, deb hisobladi.Armstrong karyerasini ketma-ket magʻlubiyatlar bilan boshladi, ammo keyin gʻalabalarning seriyasi boshlanib ketdi. Faoliyati davomida Genri har bir magʻlubiyatini oʻnlab gʻalabalar bilan yuvar edi. Shunday ketma-ket gʻalabalar seriyasi 27 ta jangda davom etdi va har bir jangini nokaut bilan yakunladi. Bu boks tarixidagi eng yaxshi gʻalabalar seriyasidir. Bunday natijani boshqa hech kim qaytara olmadi. Hozirgi kunda Pakyao va Meyzer shu toifadagi bokschilar ichida eng zoʻrlari hisoblansalarda, ular Armstrong bilan tenglasha olmaydilar. 2007 yilda Ring jurnali Armstrongni oxirgi 80 yil ichidagi buyuk bokschilar roʻyxatida ikkinchi oʻringa qoʻygan edi.

Faoliyati 1934-1951 yillar.
Jo Lyuis Amerikaning faxri edi. Odamlar unga ishonch bildirgalari uchun u magʻlub boʻlishga haqqim yoʻq, deb hisoblar edi.Ikkinchi jahon urushi yillarida hamda Amerikadagi irqchilik zulmlarida Jo Lyuis Amerika uchun shunchaki bokschi boʻlib qolmadi. Lyuisning koʻpgina janglari siyosat, xalqaro munosabatlar uchun juda ahamiyatli boʻlib qoldi.Butun mamlakat boʻyicha odamlar radiolarining muruvvatini burab, bu buyk bokschining gʻalabalari haqida yangiliklarni tinglar edilar. Jo lyuis irqidan qatʼiy nazar amerikaliklarning koʻnglidan chuqur joy olgan birinchi qora tanli bokschi edi. Uning uchta magʻlubiyati faoliyatini yakunlashi arafasida sodir boʻldi. Oʻshanda bokschining ahvoli yaxshi emas edi. Buyuk oʻtmishidan keyin u soliq toʻlamaganlikda ayblandi, ularni toʻlash uchun qulogʻigacha qarzga ham botdi. Hech kim uning urush yillarida mamlakat uchun sarflagan pullarini va kuchini esga olmadi. Uni nafaqadaligida ham jang qilishga majburlashardi. U qari boʻlishiga qaramay, raqiblarining koʻpchiligini magʻlub qilishga kuchi yetar edi.

Faoliyati 1968-2001 yillar.
Roberto Dyuran boksning choʻqqisida naq oʻttiz yil turdi. Boksning haqiqiy muxlislari uchun Roberto hamisha eng yaxshi oʻntalik ichidan joy olgan. U jangchilarning jangchisidir. Janglarini tomosha qilganda uning naqadar qobiliyatli ekanligini koʻrish mumkin. Dyuran 50 yil ichida faqatgina gʻalaba qozonib kelgan yagona bokschidir. Roberto Dyuranda buyik bokschining hamma xususiyatlari majassam edi. Unda jangni olib borishning oʻziga hos agressiv usuli, kuchi, tezligi va temir irodasi bor edi. U kuldan chiqib keluvchi afsonaviy qaqnus qushiday otilib chiqib keldi va hech kim kutmagan natijalarga erishdi. U avvalam bor boksning yosh yulduzi Shugar Rey Leonardni magʻlubiyatga uchratdi. Ushbu barcha maʼlumotlardan kelib chiqib, unga bemalol beshinchi oʻrinni berish mumkin.

Faoliyati:1977-1997 yillar.
Boks bilan shugʻullanadigan har bir inson Leonardni yaxshi biladi. Muhammad Alidan keyingi boʻshliqni faqatgina u toʻldira oldi. U 1980 -yillarda “Oʻn yillikning eng yaxshi bokschisi” unvoniga ega boʻlgan. U eng kuchli va munosib bokschilar bilan jang qilib, Roberto Dyuran, Marvin Xagler va Vilfred Benitez kabi boks yulduzlarini magʻlub eta oldi. Shugar Rey Leonard haqiqiy bokschi ega boʻlishi kerak boʻlgan barcha xususiyatlarga ega edi: yuqori darajadagi texnika, aql, koʻrkam qomat, tezlik, reaktsiya va yoqimlilik. Ana shu sifatlari tufayli ham u juda tez byuk bokschi darajasiga yetishdi. U Olimpiada oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi hamda yuniorlarning koʻpgina chempionatlarida gʻalabalar qozondi. Olimpiada oʻyinlaridan keyin Leonard biznes maktabiga oʻqishga harakat qilmoqchi edi, biroq uning sevgan qizi hamma ishni chippakka chiqardi. U Leonardga bildirmagan holda bolasi uchun yordam puli soʻramoqchi boʻldi, bundan xabar topgan OAV bokschiga taʼna bilan murojaat qildi. Shundan keyin Leonard professional boks bilan shugʻullanishni boshladi. Uning Marven Xagler, Tommi Xirns va Roberto Dyuran kabi kuchli bokschilarga qarshi oʻtkazgan janglari barcha bokschilarlarda katta taassurot uygʻotdi va Leonardni buyuklar qatoriga qoʻshib qoʻydi. Uning kuchli raqiblar bilan ajoyib janglari va undagi xarizm va sharm tufayli bu bokschi oltinchi oʻrindan joy oldi.

Faoliyati:1963-1977 yillar.
Karlos Monzon – argentinalik bokschi, uning karyerasi boksga, mojarolar va fojiaga toʻla. Monzon hozirgi davrdagi eng uzun gʻalabalar seriyasi egasidir. Avvaliga uning jangni oib borish usulining ahamiyatli tomoni yoʻqdek koʻrinardi. Birinchi yigirmata oʻyinida uch martagina ochkolar soni boʻyicha maʼlubiyatga uchragandan soʻng, asta-sekin zarbasining kuchini koʻrsata boshladi. Oxir-oqibat u dunyo boksining sahnasiga chiqib, 60 marta ketma-ket gʻalaba qozondi. Monzon duyo chempioni Griffitni uch marotaba magʻlub etdi. Chempion boʻlganidan keyin u faqat eng kuchlilar bilan jangga tushib, ularning ustidan ham gʻalaba qozonar edi, uni hech kim toʻxtata olmas edi. 1995 yilda endigina qamoqdan chiqqan paytida avtohalokatda halok boʻldi. Koʻpgina boksga oid jurnallar uni buyuk bokschilarning oʻntaligiga kiritadi.

Faoliyati: 1073-1987 yillar.
Ajoyib bokschi Marvin Xagler – koʻpgina boks muxlislarining yoqimtoyi edi. U barcha raqiblarini magʻlub qiladigan haqiqiy vahshiy edi. Oʻrta vazndagi bokschilar ichida nokaut boʻyicha yuqori koʻrsatgichga ega. Boks tarixidagi eng buyuk janglardan birida ham Marvin gʻalaba qozondi. Shugar Rey Leonardga qarshi janglarda u ikki marta magʻlub boʻlgan edi. Aslida hakamlarning baxsli qaroridan keyin maʼglubiyati qayd etilgan edi. Shunga qaramay, Xagler omadsiz yakunlangan har bir jangi uchun qasos oldi va barcha raqiblarini nokaut bilan magʻlubiyatga uchratdi. Uning eng shijoatli janglari – Tomas Xirns, Robert Dyuran va Shugar Rey Leonard kabi kuchli bokschilarga qarshi tushgan janglari edi. Oʻzidagi noyob iroda kuchi tufayli ularni yenga oldi.

Faoliyati: 1989 yildan beri.
Evander Xolifild – amerikalik buyuk professional bokschi. U temir iroda, noyob kuch egasi edi va kuchli xarakterga ega edi. Mayk Tayson ustidan qozongan gʻalabasidan keyin ogʻʼir vazn toifasida ustunlikni qoʻldan bermay keldi. Hozirda 51 yoshida ham raqibi Mayk Taysonga qarshi uchinchi marotaba jangga kirishmoqchi. Bu inson haqida koʻplab gapirish mumkin, biroq boksga qiziqadigan har bir odam uni yaxshi biladi va hurmat qiladi. Xolifild Muhammad Alidan keyin ogʻir vazndagi eng yaxshi bokschidir, shuning uchun eng yaxshi bokschilarning oʻntaligidan joy olishga haqlidir.

Faoliyati: 1989-2011 yillar.
Kichik Roy Jonsning yarim ogʻir vazn toifasidagi statistikasi haqiqatdan ham diqqatga sazovordir: u bir vaqtning oʻzida 7 ta kamar sohibi edi. Shuningdek Roy oʻrta vaznda faoliyat boshlab, ogʻir vazngacha borgan yagona bokschidir. U 106 yil ichida ham yengil va ham ogʻir vazn toifalari boʻyicha dunyo chempioni boʻlgan ilk bokschidir. 1990 yilda “Oʻn yillikning eng yaxshi jangchisi” unvoniga sazovor boʻldi. Roy oʻrta vaznda yetakchilik qilib turib, keyinchalik yarim ogʻir hamda ogʻir vazn toifasida chempion boʻldi. Uning janglari maroqli va tomashabop boʻlar edi. Roy Jons boks tarixidagi iqtidorli jangchilardan biridir. Hozirgi kunda u janglarni sharhlaydi. Uning xizmatlari, statistikasi va sifatlari sababli oʻninchi oʻrinni egalladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



