Qiziqarli maʼlumot: Ushbu odam bedavo dardga chalingan qarovsiz bolalarni oxirgi nafaslari chiqquncha parvarish qiladi

Bzikning qoʻliga tashlab qoʻyilgan, yolgʻiz, qarovchisi yoʻq bolalar tushardi, ular shifoxonada yolʼgizlikda vafot etishga mahkum edilar. Biroq, Muhammad tufayli bu bolalar ehtimol birinchi marta mehr va gʻamxoʻrlik nima ekanini his qilishgandir.

Kasal bolalar bilan ishlashni, bu kishi 1980 yilning oxirlarida boshladi. Oʻshanda Muhammadning Don ismli xotini yonma- yon mehnat qildi. Lekin oʻn besh yil oldin Bzik yolgʻiz qoldi. Bugungi kunda u savob ishlarni yolgʻizlikda bajarmoqda.

Muhammad faqat boqib olingan bolalarga mehr koʻrsatmaydi. Oʻzining 19-yoshli Odam ismli oʻgʻli ham otasiga bogʻlanib qolgan. Bu bola suyaklarni juda moʻrt va zaif qilib qoʻyadigan osteogenez kasaliga chalingan va nogiron boʻlib qolgan.
Hozirda Muhammad olti yoshli shol, koʻr va kar tugʻilgan qiz haqida qaygʻurmoqda. Qizchaga doimiy gʻamxoʻrlik kerak, Bzik esa Kaliforniyada koʻp boʻlmagan nogiron bolalar bilan ishlash boʻyicha toʻliq sertifikatga ega insondir.

Bu nogiron qizaloqni tugʻilganidan beri kuzatib kelayotgan shifokorning aytishicha, u Muhammadning saʼy-harakatlari tufayligina tirik. Bundan tashqari, nihoyat qizchaning hayotida ham quvonchli damlari kelgan edi. Bzik haqida bunday iliq soʻzlarni eshitgandan keyin nima uchun bu qariyani farishta deb atashlarini tushunasan, kishi.
Bzikdan bu ishlarni nima uchun qilayotganini soʻrashganida, bu kishi har bir bolaga oila kerak, deydi. Muhammad uchun boshqa sababning keragi yoʻq. U bolalar uchun mehnat qiladi, ularni oʻz bolasiday qabul qiladi.
Bzik bilan birga ishlagan shifokorlar uni “mehridaryo inson” deb atashadi. Aytishlaricha, bolalarni eng oxirgi kunlari va soʻnggi nafaslarida ularga aynan shu kishi kerak boʻladi. Muhammad 20 yil davomida 80 nafar nogiron bolani oʻz qaramogʻiga olib parvarishladi, ulardan 10 tasi uning qoʻlida jon berdi. Ha, uning qilayotgan ishlari tahsinga loyiq. Haqiqiy qahramonlik ana shunday boʻladi!



Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



