Qiziqarli

Qiziqarli maʼlumotlar: Antarktida haqida hamma ham bilmaydigan 10 ta gʻaroyib va qiziqarli faktlar

Qiziqarli maʼlumotlar: Antarktida haqida hamma ham bilmaydigan 10 ta gʻaroyib va qiziqarli faktlar
Qiziqarli maʼlumotlar: Antarktida haqida hamma ham bilmaydigan 10 ta gʻaroyib va qiziqarli faktlar

Antarktida sayyoramizning ajoyib joyi! Nima uchun deysizmi? Xech boʻlmaganda u odam tomonidan deyarli tegilmagan joy boʻlganligi bilan. Bu yerda eng toza suv va yer, odatiy boʻlgan vaqt tushunchasi yoʻq, hamda bu yerda sayyoramizning boshqa xech qaysi burchagida topib boʻlmaydigan hayot mavjud. 

Qiziqarli maʼlumotlar: Antarktida haqida hamma ham bilmaydigan 10 ta gʻaroyib va qiziqarli faktlar

Yerning eng janubiy kontinentida Gambursev togʻlari deb ataluvchi togʻlar bor. Oʻz nomini ular sovet geofizigi va akafemigi Georgiy Gambursev familiyasi boʻyicha olganlar. Uning ekspedisiyasi 1958 yili bu togʻlar mavjudligi faktini ochgan. Togʻ massivining uzunligi 1 300 km, kengligi 200 dam 500 kmgacha. Togʻ tizmasining eng yuqori nuqtasi 3 390 metr balandlikda joylashgan. Lekin eng qizigʻi bu togʻlar 600 metrdan 4 kilometrgacha boʻlgan qalinlikdagi muz massivi ostida berkitilganligidadir. 

Qiziqarli maʼlumotlar: Antarktida haqida hamma ham bilmaydigan 10 ta gʻaroyib va qiziqarli faktlar

Olimlar taxmin qilishlaricha Antarktidaning muz osti koʻllarida hayot mavjud boʻlishi mumkin. Ehtimol, eng sodda, lekin shunga qaramay juda qiziq. Xech boʻlmaganda u (yuqori ehtimol darajasi bilan) millionlar yil davomida qolgan olamdan uzilgan tarzda mavjud boʻlib, rivojlanib kelganidadir. Hammasi boʻlib kontinentda 140 ta koʻllar bor. Ulardan eng qizigʻi Vostok nomligisidir. Koʻl 4 kilometrlik muz qatlami ostida joylashgan. Undagi suv harorati Selsiy boʻyicha 10 darajada ushlanib turadi. 

Qiziqarli maʼlumotlar: Antarktida haqida hamma ham bilmaydigan 10 ta gʻaroyib va qiziqarli faktlar

Antarktidada vaqt yoʻq. Aniqrogʻi vaqt u yerda albatta bor, lekin odatiy soat belbogʻlariga boʻlinishlar yoʻq.  U yerda joylashgan olimlar vaqtni oʻz mamlakatlari soat belbogʻlari boʻyicha yoki ularga zahiralar olib keladiganlar soat belbogʻlariga moʻljal oladilar. 

Qiziqarli maʼlumotlar: Antarktida haqida hamma ham bilmaydigan 10 ta gʻaroyib va qiziqarli faktlar

Antarktida Yer sayyorasidagi chuchuk suv zahirasining 70% ni oʻzida mujassamlashtirgan, biroq dunyodagi eng quruq joy boʻlib hisoblanadi. Oʻz oʻzidan bu barcha suv qattiq agregat holatida turadi. Yogʻngarchilikka kelsak, yil boʻyi bu yerda atigi 18 mm yogʻin tushadi. Solishtirish uchun Saxroi kabirda bit yilda 76 mm yogʻingarchilik yogʻadi. 

Qiziqarli maʼlumotlar: Antarktida haqida hamma ham bilmaydigan 10 ta gʻaroyib va qiziqarli faktlar

Ueddel dengizi sayyoramizning eng toza dengizi hisoblanadi. Undagi suv aql bovar qilmas darajada shaffof. Darvoqe, bu faktning ajablanarli yeri yoʻq. Axir Antartidada dengizni ifloslantiradigan xech kim yoʻqku. Undagi suv shu qadar tozaki, undagi 76 metr chuqurlikdagi obʼektlarni bemalol koʻra olish mumkin boʻladi! H2O ning tozalik koʻrsatkichi distillangan suvning shaffofligi koʻrsatkichiga deyarli teng. 

Mahalliy aysberglar butun shahar oʻlchamida boʻlishi mumkin. Kontinentdan boʻlingan eng katta aysbergning kattaligi uzunasiga 295 kilometr va eniga 37 kilometr boʻlgan edi! Barcha aysberglarni ham roʻyhatdan oʻtkazib boʻlmasligini eslatib oʻtish qoldi halos. 

Qiziqarli maʼlumotlar: Antarktida haqida hamma ham bilmaydigan 10 ta gʻaroyib va qiziqarli faktlar
Qiziqarli maʼlumotlar: Antarktida haqida hamma ham bilmaydigan 10 ta gʻaroyib va qiziqarli faktlar

Kontinentda doimiy yashovchi aholi yoʻq boʻlsada, unda internet uchun oʻz domen nomi va telefon kodi bor. Tarmoqdagi nomi ".aq" harflari bilan belgilanadi, telefon kodi "672" raqamlari bilan belgilanadi. Yana, Antarktidada oʻzining nirasmiy valyutasi ham bor - Antarktida dollari. 

Qiziqarli maʼlumotlar: Antarktida haqida hamma ham bilmaydigan 10 ta gʻaroyib va qiziqarli faktlar

Yuqorida aytilganlardan soʻng Antarktida hamma yeri muz bilan qoplangan degan tasavvur paydo boʻlishi mumkin. Haqiqatda bu unday emas. Yoʻq, bu yerda qor va muz serob, biroq juda keng toshloq, yerli va qumli vodiylar uchrab turadi. Ekvatorial saxrolardagidek dyunalar ham uchrab turadi! Taqdir oʻyinini qarangki, bunday joylarda ob-havo sharoitlari hatto cheksiz oq kengliklaridagidan ham keskinroq! Aytgandek, bu yerda qor u joyda iliqroq boʻlgani uchun kamroq emas. Mak-Merdo vodiylarida 320 kilometr soat tezlikli shamollar koʻtariladi. Bu yerlardagi sharoitlar Marsdagi sharoitlarga juda ham oʻxshash. Hatto NASA vaqti vaqti bilan bu yerlarga oʻzining planeyar apparatlarini sinash uchun tashrif etadilar. 

Qiziqarli maʼlumotlar: Antarktida haqida hamma ham bilmaydigan 10 ta gʻaroyib va qiziqarli faktlar

Seysmik aktivlik planida Antarktida Yerdagi eng tinch joylardan biri. Shunga qaramay bu yerda vulqonlar bor, ham aktiv ham uyqudagilar ham. Soʻnggi 200 yilda ulardan ikkisi lava otgan edi. Kontinentda eng mashxur vulqon bu Erebus.

Qiziqarli maʼlumotlar: Antarktida haqida hamma ham bilmaydigan 10 ta gʻaroyib va qiziqarli faktlar
Qiziqarli maʼlumotlar: Antarktida haqida hamma ham bilmaydigan 10 ta gʻaroyib va qiziqarli faktlar

Antarktidada Ulkis yeri rayonida sayyoramizdagi eng katta asteroid krateri joylashgan. Voronkasining diametri 482 kilometrni tashkil etadi. Olimlar u bundan taxminan 250 million yil avval paydo boʻlgan deb ishonadilar. Bunday krater kattaligi kamida 48 kilometr diametrga ega boʻlgan asteroid qulashidan paydo boʻlgan boʻlishi mumkin edi. Bu qulash koʻtargan chang Yer atmosferasida bir necha asrlar davomida osilib turgan boʻlsa kerak. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar