Qiziqarli

Antarktida toʻgʻrisida koʻpchilik bilmagan qiziqarli faktlar

Antarktida toʻgʻrisida koʻpchilik bilmagan qiziqarli faktlar

Bir paytlar Antarktidada aql tishlari va ortigʻi olib tashlanmaganlar uchun ishlash imkonsiz edi. Antarktida stantsiyalarida jarrohlik operatsiyalari oʻtkazilmaganligi sababli, bu yerda ishlash uchun avval ushbu tanasi qismlaridan, hatto ular butunlay sogʻlom boʻlsa ham voz kechish kerak edi.

Antarktida yer yuzidagi eng quruq joy. Toʻgʻrirogʻi, bu yerda joylashgan quruq Mak-Merdo vodiylari, ularning ayrim hududlari ikki million yildan beri yomgʻir yoki qorni koʻrmagan.

Antarktida toʻgʻrisida koʻpchilik bilmagan qiziqarli faktlar

Koʻpgina mamlakatlar singari Antarktida ham Internetda oʻz domeniga ega -.aq

53 million yil oldin Antarktida shu qadar iliq ediki, uning qirgʻogʻida palma daraxtlari oʻsib chiqardi va havo harorati Selsiy boʻyicha 20 darajadan yuqori edi.

Antarktida toʻgʻrisida koʻpchilik bilmagan qiziqarli faktlar

1960 yildan 1972 yilgacha Antarktidadagi birinchi atom elektr stantsiyasi AQShga tegishli boʻlgan eng yirik aholi punkti va tadqiqot markazi boʻlgan Mak-Merdo stantsiyasida ishladi.

2013 yil dekabr oyida “Metallica” Antarktidada kontsert berdi va shu tariqa dunyodagi barcha qitʼalarda chiqish qilgan birinchi guruh boʻldi. Mahalliy faunani bezovta qilmaslik uchun konsert maxsus himoya gumbaz ostida oʻtkazildi va tomoshabinlar quloqchinlar orqali musiqa tinglashdi.

Antarktida toʻgʻrisida koʻpchilik bilmagan qiziqarli faktlar

Antarktidaning oʻziga xos oʻt oʻchirish punkti mavjud. Bu Mak-Merdo stantsiyasiga tegishli boʻlib, u yerda eng haqiqiy oʻt oʻchiruvchilar ishlaydi.

Ekstremal sharoitga qaramay, Antarktidada zamburugʻlarning 1150 turi topilgan. Ular juda past haroratlarga, uzoq vaqt muzlash va erishga mukammal moslashadi.

Antarktida toʻgʻrisida koʻpchilik bilmagan qiziqarli faktlar

Antarktidada oq ayiqlar yoʻq. Ularni koʻrish uchun siz Shimoliy qutbga yoki, masalan, Kanadaga borishingiz kerak boʻladi.

Antarktidada bar bor - sayyoramizning eng janubidagi bar. Va u Ukrainaga tegishli boʻlgan "Akademik Vernadskiy" stantsiyasida joylashgan.

Antarktida toʻgʻrisida koʻpchilik bilmagan qiziqarli faktlar

Yer yuzida qayd etilgan eng sovuq harorat - minus 89,2 daraja Selsiy - Antarktidada Rossiyaning Vostok stantsiyasida 1983 yil 21 iyulda qayd etilgan.

 Antarktida - dunyodagi beshinchi yirik materik. Uning hududi 14 million kv.kmni tashkil qiladi. 

Antarktida toʻgʻrisida koʻpchilik bilmagan qiziqarli faktlar

Antarktidaning 99%i muz bilan qoplangan.

Antarktidadagi oʻrtacha muz qalinligi 1,6 km. Antarktida yer yuzidagi barcha chuchuk suvlarning taxminan 70 foizini oʻz ichiga oladi.

Antarktida toʻgʻrisida koʻpchilik bilmagan qiziqarli faktlar

Transantarktika togʻlari butun qitʼani bosib oʻtib, uni gʻarbiy va sharqiy qismlarga ajratadi. Ushbu togʻ tizmasi dunyodagi eng uzun togʻ tizmalaridan biri - uning uzunligi 3500 km.

Antarktida qitʼasining mavjudligi 1820 yilda kashf etilgan paytgacha nomaʼlum edi. Ungacha bu shunchaki orollar guruhi deb taxmin qilingan edi.

Antarktida toʻgʻrisida koʻpchilik bilmagan qiziqarli faktlar

1911yil 14-dekabrda norveg tadqiqotchisi Roald Amundsen Janubiy qutbga yetib borgan va oʻz millati bayrogʻini oʻsha yerda koʻtargan birinchi odam boʻldi.

1959-yil 1 dekabrda oʻtkazilgan maxfiy muzokaralar natijasida Antarktika mintaqasini demilitarizatsiya qilish va undan faqat tinch maqsadlarda foydalanishni nazarda tutgan 12 mamlakat Antarktika shartnomasini imzoladilar. Bugungi kunda 50 dan ortiq davlatlar Shartnomaning ishtirokchilaridir.

Antarktida toʻgʻrisida koʻpchilik bilmagan qiziqarli faktlar

1978 yil 7-yanvarda argentinalik Emilio Markos Palma dunyoga keldi – u Antarktidada tugʻilgan tarixdagi birinchi shaxs. Ushbu voqea Antarktika hududining bir qismiga boʻlgan huquqlarni talab qilish uchun homilador ayolni Esperanza stantsiyasiga maxsus yuborgan Argentina hukumati tomonidan rejalashtirilgan harakat deb ishoniladi.

Antarktida toʻgʻrisida koʻpchilik bilmagan qiziqarli faktlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar