Qiziqarli

Qiziqarli maʼlumotlar: Bu shapka kiygan kamtarin bobojon - haqiqatda Forbes roʻyhatidagi norvegiyalik milliarder

Qiziqarli maʼlumotlar: Bu shapka kiygan kamtarin bobojon - haqiqatda Forbes roʻyhatidagi norvegiyalik milliarder

U koʻplab tijorat koʻchmas mulklariga egalik qiladi. Shu bilan birga savdo markazlari va mehmonxonalari ham bor. Ulav 94 yoshda boʻlib, u hali hamon haftasiga 6 kun, kuniga 10 soatdan isglaydi.

Qiziqarli maʼlumotlar: Bu shapka kiygan kamtarin bobojon - haqiqatda Forbes roʻyhatidagi norvegiyalik milliarder

Juma oqshomida uning kompaniyasi xodimlari oʻz ishlari tomon shoshilib, dam olish kunlarini imtiqlik bilan kutayotganlarida, Ulav uyga ketishni hayoliga ham keltirmaydi. Umuman olganda oʻzining katta yoshiga qaramay, nafaqaga ham ketmoxchi emas. Scandinavian Traveler jurnaliga intervyuda u: "Men ofisga ertalab 7-8 larda kelib, butun kunni uchrashuvlarda oʻtkazaman va uyga kechki 6 larda qaytaman. 10 soatlik ish kuni - bu men uchun norma. Men ishlashni yaxshi koʻraman", drb aytadi.

Qiziqarli maʼlumotlar: Bu shapka kiygan kamtarin bobojon - haqiqatda Forbes roʻyhatidagi norvegiyalik milliarder

Ulav eskichasiga gapirishga oʻrgangan boʻlib, ajoyib konstruksiyalarni, muomaladan chiqib ketgan grammatik formalarni ishlatadi. Ehtimol, 20 yoshlik norvegiyaliklar u ishlatadigan feʼllarning bunday shakllarini xech qachon eshitmaganlar. Uning ona qishlogʻi Olda, Xallingdal vodiysida joylashgan, shunday gaplashishgan.

Qiziqarli maʼlumotlar: Bu shapka kiygan kamtarin bobojon - haqiqatda Forbes roʻyhatidagi norvegiyalik milliarder

Ulav Tun - Olav Thon Gruppen (OTG) kompaniyasining boshqaruvi raisi. OTG ga Norvegiya va xorijda joylashgan savdo markazlari va mehmonxonalar, hamda aeroport va kimyoviy ishlab chiqarishlar tegishli. "Men har kuni hamma yerda boʻla olmayman, lekin har bir lokasiyadagi savdo va boshqa ishlari holati haqida bilmagan xech bir hafta yoʻq. OTG ga investisiyalar haqida gap borganda, mening " yoʻq " yoki "ha" larimsiz juda kam narsalar hal boʻladi", - deydi u intervyuda.

Qiziqarli maʼlumotlar: Bu shapka kiygan kamtarin bobojon - haqiqatda Forbes roʻyhatidagi norvegiyalik milliarder

Forbes milliarderlar roʻyxatiga kirish hatto maktabni bitirmagan, fermadan chiqqan uchun juda ham yaxshi. "Men medisinani oʻrganmoqchi edim, lekin 1939 yil Yevropada urush boshlangan. Mening ota-onam men uydan uzoqqa ketishim havfsiz boʻlmasligiga qaror qilganlar, nima qilishni oʻyladim. Bu yerda tulki fermalari bor edi. Shunda men bir nechta tulki poʻstinlarini oʻzim bilan olib, Osloga ularni sotish uchun yoʻl oldim".

Qiziqarli maʼlumotlar: Bu shapka kiygan kamtarin bobojon - haqiqatda Forbes roʻyhatidagi norvegiyalik milliarder

Topqir yigitcha qadam ma qadam muvaffaqiyatga erishdi, bir yildan soʻng Ulav Osloning gʻarbiy chetkasida shaxsiy moʻyna biznesini ochdi. Bu vaqtga kelib u oʻzining tugʻlib oʻsgan uyi va fermadagi hayoti bilan tamoman xayrlashgan edi. " Ishlar shu qadar yaxshi ketayotgan ediki, keyingi yilining oʻzida men Osli markazida filial ochdim. Men 20 yoshdan oshganimda, mening doʻkonim joylashgan binoni sotuvga qoʻyishdi. Men uni sotib oldim".

Qiziqarli maʼlumotlar: Bu shapka kiygan kamtarin bobojon - haqiqatda Forbes roʻyhatidagi norvegiyalik milliarder

Bu Karl-Yuxan, Oslodagi asosiy koʻchalardan biri, koʻchasidagi bir butun bino edi. Endi bu yerda Arkaden katta savdo markazi joylashgan. Ulav bu bino uchun 1,4 million norvegiya kronlari toʻlagan, lekin unda faqat 80 ming kron boʻlgan edi, summaning qolgan qismini u qarzga olgan. "Men banklar uchun doim qiziq mijoz boʻlganman, ular menga kreditlarni doim berganlar, - deydi Ulav va koʻzini qisadi, bu uning firmali ishorasi. - Men toʻlovlarni doim vaqtida qilganman".

Qiziqarli maʼlumotlar: Bu shapka kiygan kamtarin bobojon - haqiqatda Forbes roʻyhatidagi norvegiyalik milliarder

Ehtimolli havflar uni qiziqtirmagan. Tarixiy fakultet talabasi boʻla turib, u koʻvhmas mulk narxi odatda oʻsishini juda yaxshi bilgan. " Masalan, Xallingdaldagi fermalarni olsak, ikki yuz yil avval ularni bir necha dollarga sotib olish mumkin edi. Ular hamma vaqt narxida oʻsgan, agar vaqtinchalik narxlar pasayganini hisobga olmasak. Masalan, 1929 va 1990 yillardagi pasayishlar. Shuning uchun men oʻz xaridimni xech qachon havfli deb hisoblamaganman. Bu jismoniy aktivlar bilan egaliklarga tegishli. Ularda koʻchmas mulk juda koʻpligiga shikoyat qiladigan banklar, haqiqatda katta muammolarni his etmaydilar.

Qiziqarli maʼlumotlar: Bu shapka kiygan kamtarin bobojon - haqiqatda Forbes roʻyhatidagi norvegiyalik milliarder

Norvegiyada, boshqa mamlakatlardagi kabi, pul ishlab topishni biladigan odamlar, dushmanlarni han orttiradilar. Ulav Tunni siyosatchilar, jurnalistlar va yozuvchilar koʻp narsalarda sabab qilib tanqid qilganlar. "Bu kabu narsalar meni mutlaqo qiziqtirmaydi. Menda oʻz qobiliyatlarimga nisbatan juda katta ishonch bor. Balkim bu oʻta darajada takabburlikdir?"
Ulav Tun koʻpchilik milliarderlardan kamtarinlik va talabchanligi yoʻqligi bilan ajralib turadi. "Men Volksvagen haydayman va menda bitta liji va velosiped bor". U kiyib yurishni yaxshi koʻradigan qizil shapkani uning rafiqasi Sissel toʻqib bergan. Uning uchi tomonida telefon raqami va shapkani topib olgan odamni 500 norvegiya kroni mukofoti kutishi haqidagi xat bor.
Kamtarlik - Ulav Oslodagi 75 yil hayoti davomida olib oʻtgan xislatidir. Uning soʻzlariga koʻra unda boshqaruvchilar juda kam ekan va har biri uni oʻzi ham shu qatorda oʻz ishi bilan band ekan.

Qiziqarli maʼlumotlar: Bu shapka kiygan kamtarin bobojon - haqiqatda Forbes roʻyhatidagi norvegiyalik milliarder

" Biznesada muvaffaqiyatga erishish uchun eng asosiysi bir vaqtning oʻzida bir necha sharlar bilan jonglerlik qilishni bilishdir. Men yangi koʻchmas mulk obʼektini sotib olganimda, yoki yangi bozorga chiqqanimda, iloji boricha buni rivojlantirmaslikka harakat qilaman. Men xech narsani bir necha kron koʻproq foyda qilish uchun sotmayman, hamda foyda miqdori past boʻlishi mumkin boʻlgan joyga pul tikmayman".
Ulav Tun koʻp vaqtini tabiatda oʻtkazadi. Yaqinda u Norvegiya treking assosiasiyasiya binoni inom etdi. 2013 yili u shaxsiy hayriya fondini ochdi va oʻz kompaniyasini fondga oʻtkazdi. Ulavning farzandlari yoʻq va u narigi dunyoga pullarni olib ketib boʻlmasligini taʼkidlashni yaxshi koʻradi. U vafot etganida uning barcha pullari hayriya ishlariga sarflanadi. Fond OTG kompaniyasi boshqaruvida qatnashadi va medisina va tadbirkorlik sohasida ilmiy izlanishlarni qoʻllaydi. Ulav doim vrach boʻlishni orzu qilgan. "Men fan qiziqarli va muhim predmet deb hisoblayman. Men medisinani oʻrganishni orzu qilar edim, lekin men shifokor boʻlganimda amaliyot bilan shugʻullanmagan boʻlsam kerak. Men undan koʻra shifoxona qurgan boʻlar edim".

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar