Qiziqarli maʼlumotlar: Dubay politsiyasi uchishni oʻrgandi


Dubay Amirliklarning eng yirik shaharlaridan biri boʻlib, oʻzining "kelajak shahri" titulini mustahkamlamoqda. U ommaga va politsiya professional sudlarga koʻplab qurilma va texnika birliklarini taqdim etib qolmoqda. Yaqin orada boʻlib oʻtgan GITEX koʻrgazmasida politsiyachilarga ularga uchishni oʻrgatadigan apparatni koʻrsatishdi.

Endilikda bironta ham qonunbuzar Dubay politsiyasidan qochib keta olmaydi, chunki u yerlik tartib nazoratchilari uchishni oʻrgandilar. Yoʻq, oʻz oʻzidan ularda qanotlar oʻsib chiqqani yoʻq. Hamma gap yangi texnologiyalarda. Ular yordamida birinchi "kvadro-multi-sikl-kopter", yoki oddiy qilib aytganda uchar skuter yaratilgan edi. Shunday qilib Dubay dunyodagi eng zamonaviy va yuqori texnologiyali shahar degan nufuzini mustahkamlashda davom etmoqda. Shu jumladan huquqiy tartib sohasida ham.

Politsiya xoverbayki yuqori texnologiyalarning mahalliy yirik koʻrgazmasi GITEX da namoyish etilgan edi. Uni yaratganlarning soʻzlariga qaraganda, uchar apparat maxsus politsiya ehtiyojlari uchun ishlab chiqilgan. Xozirgi bosqichda u hali faqat konsept boʻlib, biroq shu vaqtining oʻzida u oʻz parametrlari bilan dunyoning turli burchaklaridan boʻlgan boshqa analoglaridan oʻzib ketmoqda. Apparat bir odamni olib ketishi va 5 metr balandlikka koʻtarilishi mumkin. Harakatlanishning maksimal tezligi - 70 kilometr/soat. Mashina bir nechta elektrodvigatellarda ishlaydi. Afsuski xozircha prototip juda ham ochofat boʻlib, zaryadi faqat bir yarim soat parvozga yetadi. Batareyalar zaryadiga esa uch soat vaqt zarur.

Politsiya xoverbaykini uchuvchisiz boshqarish ham mumkin. Masofadan boshqarish rejimi mavjud boʻlib, u mashinani uchuvchisiz apparatga aylantirish imkonini beradi. Bu holda harakatlanishning maksimal tezligi 100 kilometr/soatga oʻsadi. Uchar apparat datchiklar toʻplami, kameralar va mikrofonlar bilan jihozlangan. Hatto, yonib - oʻchuvchi signal chiroqlar va sirenaga ham ega. Afsuski bunday texnikani qoʻllash doirasi hali aniq emas.
Alohida taʼkidlash joizki, bu kabi uchar apparatlarning ekspluatasiyasi real sharoitda, aholi yashash punktlarida juda qiyindir. Hamma gap havfsizlikda. Soʻnggi ikki yil ichida borgan sari koʻproq davlatlar aholi yashash punktlarida uchuvchisiz uchar apparatlarning parvozini cheklamoqda, hamda bunday vositalar ekspluatasiyasining texnik reglamentini kiritmoqda. Shu oʻrinda, shahar multikoperlari (va ular turiga kiruvchi har qanday texnoka) 2 kilogram vazni boʻyicha cheklangan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



