Foydali

Qiziqarli maʼlumotlar: Goʻzallik qurbonlik talab qiladi

Qiziqarli maʼlumotlar: Goʻzallik qurbonlik talab qiladi

Goʻzallik ideal darajada boʻlishi uchun zamonaviy odamlar operatsiya stoliga yotishga tayyor, jarroxlar esa odamlarni tanib boʻlmas darajada moʻjiza sodir etishadi. Biroq, bunday operatsiyalarni qildirishdan oldin, moda tez oʻzgaruvchan ekanligini unutib qoʻymang, operatsiya natijalari esa tez orada actual boʻlmaydi.

Kaftdagi chiziqlarni oʻzgartirish

Qiziqarli maʼlumotlar: Goʻzallik qurbonlik talab qiladi

Yaponiyada xiromantiya hozirgi kunlarda ham taqdirni bilishning mashxur fol ochish usullaridan biri, odamlar esa taqdirlarini oʻzgartirishning yangi yoʻlini topdi. Bu juda oddiy fikr: shunchaki kaftdagi chiziqlarni oʻzgartirishadi. Bunga kerak boʻladigan narsa plastika jarroxi, elektrik skalpel va biroz xiromantiya bilimlari. Jarayon odatda 15 daqiqa vaqt oladi, bu vaqtda 5-10 tagacha chiziqlar oʻzgartirilishi mumkin

Koʻzni oʻzgartirish

Qiziqarli maʼlumotlar: Goʻzallik qurbonlik talab qiladi

Kosmetik jarroxlik ayol tanasining deyarli hamma joyini oʻzgartirishi mumkin. Shunga qaramasdan hozirgacha yagona oʻzgarmaydigan narsa koʻzlar qolgan edi, uning rangini igna bilan ham oʻzgartirib boʻlmas edi. Koʻz rangini oʻzgartirmoqchi boʻlganlar shunchaki linza taqar edi. Biroq shifokor Kennet Rozental koʻzning turli defektlarini oʻzgartirish yoʻlini topdi (geteroximiya, koʻz albinizmi va h.z.), shu bilan bir qatorda koʻz kamalagi qatlamiga sunʼiy implantatsiyani ham. Bundan koʻz rangini oʻzgartirmoqchi boʻlgan odamlar foydalanadi. Sunʼiy kamalak bu toksik boʻlmagan, koʻz linzalarida ishlatiladigan, xavfsiz silikondan yasalgan. U egiluvchanligi sababli, uni buklab, kichik kesim orasidan kirgizib, keyin koʻz ustiga yoyish mumkin. Brightocular veb-saytiga qaraganda, jarayon “tez, xavfsiz va ogʻriqsiz” va har bir koʻz uchun atigi 15 daqiqadan oladi. Shu bilan birga BrightOcular xabar berishicha implant kerakli hollarda yoki patsientning xohishiga koʻra istalgan paytda olib tashlanishi mumkin.

Oyoq korreksiyasi

Qiziqarli maʼlumotlar: Goʻzallik qurbonlik talab qiladi

Kosmetik jaroxlik oyoqlarga ham yetib bordi. Shifokor Oliver Zong NYC Footcare jarroxlik direktori oyoqning tanlangan joylari jarroxligida mutaxassis. Shunga qaramasdan Zong “oyoqni choʻzish” operatsiyalarini ham oʻtkazadi, u oʻz ichiga, oyoq barmoqlarini qisqartirish yaʼni ularning koʻʼrinishini yaxshilash operatsiyalarini ham oladi. Nyu Yorkning Footcare klinikasi bu sohada yolgʻiz emas. Oyoq xiruriyasi, barmoqlarni kaltalatish va yogʻni chiqarib olish yiliga 45 million dollar daromad keltiradi. Ammo baʼzi shifokarlar bunday operatsiyalarni etika toʻgʻri kelmaydi va oqibatlari yomon boʻlishi mumkin deb hisoblaydi. Masalan, notoʻgʻri operatsiya qilinganda oyoq barmoqlarining deformatsiyasi yuz berishi shular jumlasidandir.

Moʻylov implantantsiyasi

Qiziqarli maʼlumotlar: Goʻzallik qurbonlik talab qiladi

Turkiyada moʻylov ektirish brogan sari mashxur boʻlib bormoqda. Koʻp yillar davomida turk shifokorlari soch ekishni taklif qilar edi, hozir esa yangi trend paydo boʻldi – moʻylov implantatsiyasi. Yaqin Sharq, Yevropa va Osiyo erkaklari Istambulga borib moʻylov ektirib kelayotgan ekan. Ushbu jarayonda shifokorlar soch follikulalarining ekstraksiyasi deb nomlanadigan usuldan foydalanadi, bunda ular odamning tanasidagi boshqa joyida soch tolalarini olib, soqol yoki moylov joyiga ekib chiqadi. Kosmetolog jarroxlarning aytishicha bunday operatsiya narkoz yordamida qilinadi va 5 soat vaqt oladi, bu operatsiya 5000 dollargacha narxlanishi mumkin.

Pokerfeys

Qiziqarli maʼlumotlar: Goʻzallik qurbonlik talab qiladi

Pokerning professional oʻyinchilari hissiz yuzni saqlab qolish qanchalar muhimligini juda yaxshi bilishadi. Nyu Yorkli doktor Jek Berdi “Pokertox” degan xizmatni taklif etadi. Jarayon shundan iboratki, yuzning hissiyot va tuygʻularni koʻrsatadigan joylariga boteks sepib chiqiladi va mijoz nimani his qilayotganini bilib boʻlmaydi. Bunday operatsiya oʻrtacha 600 $ dan 800 $ gacha narxlanishi mumkin, natija esa 3 oydan 4 oygacha saqlanib qoladi.

Ogʻiz burchaklarini koʻtarish

Qiziqarli maʼlumotlar: Goʻzallik qurbonlik talab qiladi

Ushbu tendensiya Osiyoda juda mashxur boʻldi. Bu lablar chetlarini kichkina kesib, natijada ogʻiz burchaklarini koʻtarilishidan iborat. Bunday kosmetik xirurgiya lab chetlari pastga qaragan mijozlarda keng qoʻllaniladi.

Qovoqlarni yoʻqotish

Qiziqarli maʼlumotlar: Goʻzallik qurbonlik talab qiladi

Janubiy Koreya ayollari gʻarb madaniyatiga shunchalik berilib ketganki, ikki qovoq operatsiyalarini qilib, gʻarblik odamlarga oʻxshashga harakat qilmoqda. BU operatsiya, tish shifokoriga borgandek oson boʻlib qoldi. BUndan tashqari Janubiy Koreya Brazilayadan oʻzib ketib, kishi boshiga qilinadigan operatsiyalar soni boʻyicha oshib ketdi.Ushbu jarroxlik ooperatsiyasi koʻzning yuqori burchaklarini kesib, ularni kattaroq va dumaloqroq qilishdan iborat.

Kulgich yaratish

Qiziqarli maʼlumotlar: Goʻzallik qurbonlik talab qiladi

Hamma ham Jenifer Garner yoki Mario Lopezdaka kulgichlar bilan tugʻilmagan, lekin ajrroxlar buning ham yechimini topishdi. Bunday kulgichni hosil qilish uchun yuzda kichik kesiladi. Tashqaridan bu kesik hech qanday dogʻ iz qoldirmaydi. Kesikning tikilish ipi ichkaridan oʻtadi va kulgich joyidagi terini oʻzi bilan toradi. Boshida kulgich kulgisiz ham koʻrinadi, keyinchalik esa faqatgina kulganda bilinadi.

Tana aʼzolarini uzaytirish

Qiziqarli maʼlumotlar: Goʻzallik qurbonlik talab qiladi

Nyu Yorkdagi erkak ogʻriqli tana aʼzolarini oʻstirish operatsiyasidan keyin 15 santimetrga oʻsdi. Ushbu erkak qilgan operatsiya kosmetik boʻlsa ham, koʻpchilik asosan bunday operatsiyaga oʻzining pakana boʻyi sababli rozi boʻladi. Bu kamyob operatsiya faqatgina qoʻshma shtatlarning baʼzi shifokorlari tomonidan amalga oshiriladi va taxminan 85 000 $ turadi. Ogʻriqli, mehnat talab va qimmat ish – bu operatsiyaning taʼrifidir.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar