Qiziqarli

Qiziqarli maʼlumotlar: Inson salomatligi haqida qiziqarli faktlar

Qiziqarli maʼlumotlar: Inson salomatligi haqida qiziqarli faktlar
Qiziqarli maʼlumotlar: Inson salomatligi haqida qiziqarli faktlar

Har narsa meʼyorida boʻlgani yaxshi, ortiqcha ozodalik esa baʼzi kasalliklar kelib chiqishiga sababchi boʻlishi mumkin ekan.Statistika maʼlumotlariga koʻra, oxirgi paytlarda qandli diabet kasalligining birinchi turi bilan kasallangan bolalarning soni keskin ravishda koʻpaydi. Uzoq izlanishlardan keyin olimlar shunday xulosaga keldilar: barchasiga ota-onalarning haddan tashqari tozalikka intilishlari sabab boʻlgan.

Tadqiqotlardan maʼlumki, atrof-muhitdagi baʼzibakteriya va viruslar organizmning chidamligiga xizmat qiladi. Yaʼni ularga qarshi immunitet yoshlikdan boshlab ishlab chiqariladi. Haddan tashqari ozodalik sababli ulardan xalos boʻlishimiz esa oʻz navbatida qandli diabet kasalligining birinchi turiga olib kelishi mumkin. 

Qiziqarli maʼlumotlar: Inson salomatligi haqida qiziqarli faktlar

Oksford universiteti olimlarining tadqiqotlari shuni koʻrsatdiki, vegetarian parhezning foydadan zarari koʻproq ekan. Gap shundaki, faqatgina oʻsimliklarni tanovul qilish vaqt oʻtgan sari bosh miya vaznining kamayishiga olib kelar ekan. Shuning uchun olimlar ratsiondan goʻsht va baliq mahsulotlarini butunlay chiqarib tashlashni maslahat bermaydilar.

Qiziqarli maʼlumotlar: Inson salomatligi haqida qiziqarli faktlar

Semizlikning turli bosqichlari bilan aziyat chekayotgan AQSH ning 37 mingdan ziyod xizmatchilari yil davomida vaznlarining kamayishiga erishishlari lozim. Aks holda ularning maoshlaridan har oyda 25 dollardan olib qolinadi. Bunday qarorni Alabama shtatining tibbiyot sugʻurta kengashi qabul qildi. Olib qolingan pullar esa bepul tibbiy sugʻurta qilingan davlat idoralari xizmatchilarining sugʻurta toʻlovi uchun sarflanadi.

Qiziqarli maʼlumotlar: Inson salomatligi haqida qiziqarli faktlar

Kaliforniyalik olimlarning qayd qilishlaricha, haftasiga 5 dona yongʻoq yegan inson oʻrtacha 7 yil koʻproq umr koʻrishi mumkin ekan. Sababi esa oddiy: yongʻoq tarkibida yurak va tomirlarni xolesterinning halokatli taʼsiridan himoya qiluvchi moddalarning mavjudligidir. 

Qiziqarli maʼlumotlar: Inson salomatligi haqida qiziqarli faktlar

Bolaning ortiqcha vazni faqatgina onalarning pishir-kuydirlariga bogʻliq emas. Avstraliyalik olimlar 5000 ta ortiqcha vaznli bolalarni tekshirib shunday xulosaga keldilar: otalar bolalariga qanchalik kam eʼtibor qaratsalar, shunchalik ularning ortiqcha kilogrammlar olishining xavfi katta. Sababi, otalar bolalariga koʻproq jismoniy oʻyinlarni ravo koʻrasalar, onalar sokin oʻyinlarni afzal biladilar.

Qiziqarli maʼlumotlar: Inson salomatligi haqida qiziqarli faktlar

Kanadalik olimlarning aniqlashicha, sitrus va olma sharbatlari baʼzi dori vositalarining soʻrilishiga toʻsqinlik qilar ekan. Bu taqqiqotlar turli asoratlarning oldini olish maqsadida dorilarni faqatgina toza suv bilan ichish kerakligini yana bir bor tasqiqladi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar