Oshxona

Qiziqarli maʼlumotlar: Kabobni qaysi goʻshtdan pishirgan maʼqul – mutaxassislar fikri

Qiziqarli maʼlumotlar: Kabobni qaysi goʻshtdan pishirgan maʼqul – mutaxassislar fikri
Qiziqarli maʼlumotlar: Kabobni qaysi goʻshtdan pishirgan maʼqul – mutaxassislar fikri

Kabob uchun boʻlgan goʻshtning har xil turlarida qancha kaolriya, qanday mahsulotlar bilan birga qoʻshib tanovul mumkin va qanday goʻsht kabob uchun yaxshi– mutahasislarning fikri bilan tanishing.
Izlanishlar natijasida Yevropa diyetologlar assosatsiyasi matbuotda eʼlon qilishicha, quyon goʻshti eng diyetik goʻsht hisoblanar ekan. Isbotlanishicha: uning oqsillari inson organizmiga tez moslashar ekan. Hozirgi kunda pediatrlar bolani ratsioniga goʻsht kiritishni quyon goʻshtidan boshlashni maslahat beradilar. Bu goʻsht juda kamdan – kam holda allergiya qoʻzgʻatishi mumkin.
Qomatni buzilishidan asraydigan hamda sogʻliq uchun xavfsiz goʻshtdan tabiat qoʻynida kabob pishirish uchun qaysi goʻsht maqulligini mutaxasilar yaxshi biladilar. Keling ularni tavsiyalariga quloq solamiz.

Qiziqarli maʼlumotlar: Kabobni qaysi goʻshtdan pishirgan maʼqul – mutaxassislar fikri

Koʻpchilik odamlar qoʻy goʻshtini juda yogʻliq va ogʻir deb hisoblaydilar. Aslida esa unday emas. Qoʻy goʻshti – koʻpgina mamlakatlarda energetik parhez tarkibiga kiritilgan. Energetik parhez – organizmga kaloriyalarni quvvatga aylantirishga hamda tanani sport bilan shugʻullanganda qoʻllovchi mahsulotlardan iboratdir.
Qoʻy goʻshtida tish emalini mustahkamligini taʼminlovchi ftor moddasi mavjud. Shu xususiyatlari bilan u boshqa goʻshtlardan koʻra avzallikga ega.
Qoʻy goʻshtidan pishirilgan kabob tarkibida 280-320 kilokaloriya mavjud.

Qiziqarli maʼlumotlar: Kabobni qaysi goʻshtdan pishirgan maʼqul – mutaxassislar fikri

Mol hamda yosh buqaning goʻshtida yaxshi oʻzlashtiradigan oqsil, temir hamda A vitamini mavjud. Biroq kardiologlarning aytishlaricha, qari mol goʻshtida tomirlarga zararli taʼsir qilib, organimzni qaritadigan moddalar mavjud.
Yosh buqacha goʻshtidan tayyorlangan kabob 250 kkal ga ega.

Qiziqarli maʼlumotlar: Kabobni qaysi goʻshtdan pishirgan maʼqul – mutaxassislar fikri

Yaxshi, antibiotiklar bilan toʻyinmagan tovuq goʻshti bizning yuragimiz uchun juda foydalidir. B6 vitamini boʻyicha goʻshtlar ichida yetakchilik qiladi. Shuningdek, tovuq goʻshtining tarkibida stresslarga qarshi kurashishga yordam beruvchi hamda asab tizimi bilan immunitetni ushlab turuvchu oqsil mavjud.
Kurka goʻshti ham huddi baliq kabi foydalidir. Uning tarkibida suyak va boʻgʻimlar uchun juda muhim boʻlgan fosfor mavjud. Yaqinda esa bu goʻshtda uyqu garmoni hisoblangan melotonin gormoni borligi aniqlandi. Shunday ekan, uyqusizlikdan azob chekayotgan boʻlsangiz kurka goʻshtidan tayyorlangan kabobni isteʼmol qilish maqsadga muvofiq.
Tovuq goʻshtidan tayyorlangan kabob 100-150 kkalga ega.

Qiziqarli maʼlumotlar: Kabobni qaysi goʻshtdan pishirgan maʼqul – mutaxassislar fikri

Sogʻlom turmush tarzining tarafdorlari goʻshtning kontserogen xususiyati haqida har tarafda bong uradilar. Ammo shuni bilish kerakki, goʻshtdagi kontserogen moddalar uni qozonda bir talay yogʻ ichida qovurilganda hamda bir necha marta isitilganda kelib chiqadi. Yogʻda qovurilmay tayyorlangan goʻshtli taom esa bir necha barobar havfsizdir. Shununigdek, koʻmirda pishgan goʻshtli taomlarda hayot uchun muhim boʻlgan vitaminlar saqlanib qolinadi, faqat kuydirib yuborilmasa bas. Goʻshtning qorayib pishgan joylarida ham zararli moddalar saqlanib qolinadi.

Qiziqarli maʼlumotlar: Kabobni qaysi goʻshtdan pishirgan maʼqul – mutaxassislar fikri

Mol, qoʻy, chochqa goʻshtlari kraxmalli mahsulotlar bilan yaxshi chiqishmaydi. Bunday mahsulotlar oqsillar birga bogʻlab, goʻshtlarning hazm boʻlishiga toʻsqinlik qiladi. Shuning uchun kabobni kartoshka, joʻxori kabi mahsulotlar bilan birga tanavul qilmang.
Ammo barcha koʻkatlar goʻshtning hazm boʻlishiga yaxshi taʼsir qiladi – kashnich, ukrop, petrushka, salat barglari, selder va xokazo. Shuningdek, bodring, pomidor, loviya, bulgʻor qalampiri hamda piyoz kabi sabzavotlar kabob bilan yaxshi chiqisha oladi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar