Qiziqarli maʼlumotlar: Sukerberg oʻzining "aqilli uy" ini koʻrsatdi

Mark Sukerberg Facebook ning asoschisi va sayyoramizning eng boy odamlaridan biri. U xech qachon erishilganlarida toʻxtamaydi va jamoatni har gal oʻzining yangi ixtirolari bilan lol qoldiradi. Yaqinda Mark Facebook da prezentasion rolikni qoyib, unda yangi ixtirosi-"aqlli uy" tizimi uchun sunʼiy intellekt toʻgʻrisida gapirib berdi. Videoda yosh milliarderning uyining bir nechta xonalarini koʻrish mumkin. Hayratlanarli, lekin Mark oʻz oilasi bilan juda ham kamtarona yashar ekan.


Mark Sukerberg Palo-Altodan 7 million dollarga kamtarin uy sotib oldi. Uzoq vaqt davomida yosh milliarderning oilasi qayerda yashashi maʼlum emas edi. Biroq, mahalliy developerlardan biri qoʻshni uylarni sotib olib, ularning oʻrniga elit turr joy qirishni va Facebook asoschisi bilan qoʻshni boʻlib yashashni istagan boyvachchalarga sotishni xohlagan edi. Bu narsa yuz bermasligi uchun Sukerbergga qoʻshni uylarni 30 million dollarga sotib olishga toʻgʻri keldi.

Prezentasion videoda Mark faqatgina uyini koʻrsatibgina qolmay, balki oʻz ixtirosi haqida ham gapirib berdi. Maʼlumki, innovasion tizimni ishlab chiqish uchun bir yil vaqt ketgan. Mark oʻzining aqlli yordamchisini "Temir odam" haqidagi filmlardagi kiber-bosh xiatkor sharafiga-Djarvis deb atagan.

Videorolikda Facebook ning asoschisi Djarvisning barcha imkoniyatlarini amalda kiʼrsatadi. Tizim Sukerberg oilasining barcha aʼzolarining ovizli yoki matnli buyruqlari yordamida uyni boshqarish imkonini beradi.

Sunʼiy intellekt uchrashuvlarni rejalashtira oladi va kun tartibini nazorat qila oladi. Oddiy ovozli buyruqlar yordamida Djarvis pardalarni ochishi, chiroqni yoli musiqani yoqishi mumkin.

Shu bilan birga aqlli yordamchi oddiy nonushta, masalan, tostlar tayyorlashi, ertalab bolalarni uygʻotishi mumkin.

Sunʼiy intellektning barcha imkoniyatlarini koʻrsatish uchun Sukerberg Djarvisdan "Nichelback ning yaxshi qoʻshigʻini yoqishni" soʻradi. Lekin, "aqlli yordamchi" unga "Nickelback da yaxshi qoʻshiq yoʻq" boʻlgani uchun rad javobini bermoqda.

Djarvosning asosiy imkoniyatlaridan biri, bu uy ostonasida turgan mehmonlarni yuzini tanishdir. Shu bilan birga "aqlli yordamchi" uning kichkina qizchasining harakatlanishini kuzatub tura oladi va havf tugʻilganda ota-onasini xabardor qiladi.

Videorolikning soʻngida Sukerberg tizim hali toʻliq ishlanib boʻlmagan ekanini taʼkidladi. U oʻz obunachilaridan tizimning kelgusi rivoji uchun qiziqarli gʻoyalarini kommentariylarfa qoldirishlariga chaqirgan.

Kelajakda Facebook ning boshligʻi bu ishlanmani jamoatda keng qoʻllanilishini taʼminlamoqchi. Aytib oʻtish joizki, " aqlli yordamchi " tizimi koʻplab turar joy uylarida uzoq vatqdan beri va muvaffaqiyat bilan qoʻllanilanilib kelmoqda. Lekin, afsuski, xozir uning narxi qimmatligi tufayli, undan hamma ham undan foyalana olmaydi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



