Qiziqarli

Qiziqarli olam: Koʻzi ojiz serfer dunyodagi eng xavfli toʻlqinni, “okeanni eshtib” zabt etdi

Derek tugʻilganida, uning otasi Ernesto bolaga, dunyodagi birinchi gavaylik serfing boʻyicha chempion, Derek Xo sharafiga ism berishga qaror qilgan. Ernesto oʻz ham serfing bilan shugʻullangan va oʻgʻli otasi va unga ismini qoʻygan inson izlaridan borishi haqida orzu qilgan. Afsuski, glaucoma tufayli, bola koʻr tugʻilgan va serfing haqida unutish mumkin boʻlib tuyulgan edi. Lekin, bolaning yaqinlari, agar uning istagi boʻlsa, u hamma narsani eplay olishiga va hatto serfer boʻla olishiga ishonar edilar.

Qiziqarli olam: Koʻzi ojiz serfer dunyodagi eng xavfli toʻlqinni, “okeanni eshtib” zabt etdi
Qiziqarli olam: Koʻzi ojiz serfer dunyodagi eng xavfli toʻlqinni, “okeanni eshtib” zabt etdi

Derekning otasi uni ikki yoshligidanoq bodibordda uchishga olib borar edi. Unga suvda doim qulay boʻlgan boʻlib, serfing uning qonida edi. U 17 yoshga toʻlguniga qadar deyarli, tuʼlqinga chiqib olishga harakat qilmagan. Shunda, otasi Derekga serfing uchun doska sotib olib bergan. Otasi Derekni boshlangʻich koʻnokmalarga oʻrgangan, lekin bolaning oʻzi ham professional serfer boʻlish uchun juda koʻp mashqlar qilishi kerakligini yaxshi tushungan. U serfing maktabiga oʻqishga kirgan va murabbiy Fabio Marudan oʻrgangan.

Qiziqarli olam: Koʻzi ojiz serfer dunyodagi eng xavfli toʻlqinni, “okeanni eshtib” zabt etdi
Qiziqarli olam: Koʻzi ojiz serfer dunyodagi eng xavfli toʻlqinni, “okeanni eshtib” zabt etdi

“Birinchidan, mening otam meni qoʻllagan va yordam bergan. Biz okeanga ertalablari borar edik. Yana, u meni serfing maktabiga, men oʻqishim va koʻproq mashq qilishim uchun yubordi. Shu bilan birga, men doʻstlarim bilan ham koʻp mashq qilar edim. Ular meni oʻzlariga teng koʻrar edilar”, - deb aytib berdi Derek.
Lekin, doskaga turmoq va kichik toʻlqin ustida oʻzni tutib turmoq bu bir ish, ammo mashxur Payplaynni egarlamoq bu umuman boshqa ish. Maktabda oʻqishning bir necha oyidan keyin, Derek aynan shuni qilishni istagan edi. Va u buni qildi, hamda afsonaviy professional serferlarning tasannosiga erishdi. Derek Payplaynni zabt etishi haqidagi video rejisser Brayn Djennigsni documental film surʼatga olishga ilhomlantirdi.

Qiziqarli olam: Koʻzi ojiz serfer dunyodagi eng xavfli toʻlqinni, “okeanni eshtib” zabt etdi
Qiziqarli olam: Koʻzi ojiz serfer dunyodagi eng xavfli toʻlqinni, “okeanni eshtib” zabt etdi

Hatto koʻzi yaxshi koʻradigan serferlar yaqinlashishga qoʻrqadigan toʻlqinlarni zabt etish qanday qilib Derekning qoʻlidan keladi? U oʻzining boshqa sezgi aʼzolariga tayanadi. Derek toʻlqinlarni, ularning dinamikasini sezish uchun, ushlab koʻradi hamda, eshitishga tayanadi. “Men okeannieshitaman va uni his etaman, toʻlqinlarni ularning shovqiniga qarab farqlash mumkin”, - deydi Derek. “Agar, sizning orzuingiz bor boʻlsa, u holda siz oʻzingizga ishonishingiz kerak. Aks holda siz xech nimaga yetisholmaysiz. Men har birimizga Xudo kuchli sezgi organlari ato etganiga ishonaman. Ularni entuziazm va matonat bilan ishlating”.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar