Qiziqarli Tehnologiya: BMW superixcham elektroskuterlari, ular avtomoshinalarga jiddiy raqobat tugʻdira oladilar



Zamonaviy shaharlar oʻta tez oʻsib bormoqda. Shu shaharlar koʻchalarida avtomobil harakatlanishi yanada tezroq oʻsib bormoqda. Yoʻllar tirbandligi muammolarini turli yoʻllar bilan echmoq mumkin. Shulardan biri alternativ harakatlanish vositalarini ommalashtirish, agar ularda asosan piyodalar maydonchalarida harakatlanish ilojisi boʻlsa. Bu sohada kutilmagan mahsulotni BMW kompaniyasi muhandislari taklif etishdi - X2City elektr skuteri.

Yangilik faqatgina bitta odamga moʻljallangan. Bitta katta boʻlmagan elektrodvigatelda ishlaydi va u 408 Vt hajmli litiy-ionnli akkumulyatordan quvvat oladi. Akkumulyatorni 220 Voltlik oddiy rozetkadan quvvatlantirsa boʻladi. Toʻliq quvvatlantirish uchun tahminan 2,5 soat kerak boʻladi. Shuning bilan skuter, 35 km yura oladi, uning tezligi esa 25km/s tashkil qiladi. Skuter haydovchisi bir nechta tezlik turini tanlashi mumkin. Buning uchun rulda katta boʻlmagan oʻzgartiruvchi bor.

X2City da ikkita muhim oʻziga hoslik bor. Birinchidan, skuter yigʻmadir. Bu hususiyat uni jamoat transporti, oʻz avtomibilini bagajnigida va hattoki juda kerak boʻlganda oʻz qoʻlida ham olib yurishga imkon beradi. Ikkinchidan, skuter gibridlik, va uni osonlik bilan pedallik velosipedga aylantirsa boʻladi. Bunday konfiguratsiyada, transport vositasi elektrodvigatelini ishlatsa boʻladi, hamda akkumulyatorlarini quvvatlantirsa ham boʻladi pedallarni aylantirish kinetik energiyasi yordamida.

Buni barchasi yangi X2City ni rostdan ham qulay va ihcham transport vositasiga aylantiradi, katta shaharda qoʻllash uchun. Skuterni ishga jamoat transportida borish uchun qoʻllasa boʻladi, piyodalar oʻtish yoʻlini bosib oʻtish uchun. Uni shuningdek oʻzi bilan avtomobilga olsa boʻladi, hech qachon ikki oyoqda yurmaslik uchun! Gap soʻngida shuni qoʻshsa boʻladiki, BMW kompaniyasi shu turdagi transport vositalarini ishlab chiqarish sohasida katta tajribaga ega. Oʻzining birinchi mototsiklini kompaniya 1923 yilda ishlab chiqargan, birinchi velosipedini esa – 1945 yilda.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



