Quyoshdan himoyalovchi koʻzoynaklarni qanday tanlash kerak?


Bu shakl 60-yillarning oxirlarida mashhur boʻldi, va, shubhasiz, har bir qiz ular haqida orzu qilar edi. Hozir ninachiga boʻlgan moda qaytib kelmoqda. Bu koʻzoynaklar boshqalardan ajralishni xohlovchi qizlar va yigitlarga juda mos keladi.

Dadillik bilan, bu koʻzoynak boshqalar ichida eng noziki desa boʻladi. Koʻzoynak hoshiyasining burchagi sal koʻtarilgan va tepaga uzaytirilgan. Bu ozgina oʻyinqaroqlik va tannozlik hissini qoʻshadi. Model universal hisoblanib, undan nafaqat Ayol-mushuk obrazida, balki turlicha obrazlarni yaratishda foydalanilsa boʻladi.

Birinchi marta ular AQSHda 1952 yildan taniqli RayBan tashkiloti tomonidan ishlab chiqarilgan, ammo keyinchalik boshqa marka kolleksiyalarida ham uchray boshladi. Aytgancha, ushbu model eng katta mashhurlikka “Tiffanidagi nonushta” filmining ommaga chiqarilganidan keyin erishdi, va oʻsha filmda asosiy qahramon qiz aynan shu vayferlarni taqib tushgan.

Bundan oldingi model singari bu koʻzoynak ham oʻtgan asrning 50-yillarida AQSHda ishlab chiqilgan. Uning nomidan bilinib turibdi: broulaynerlarning ustki qismi plastic aylanmalar bilan qoplangan, va aynan oʻshalar ikkilamchi qosh taʼsirini paydo qiladi. Va aynan shu xususiyat uni avvalgi hoshiyalardan farq qilishiga undaydi.

Eng mashhur koʻzoynak turlaridan biri. Birinchi marta bu model boshida aytib oʻtilgan RayBan tashkiloti tomonidan 1937 yilda ishlab chiqilgan va AQSH qurolli kuchlarining harbiy uchuvchilariga atalgan. Birov oʻsha payt mana shu shakl kelajakda taniqli boʻlishini taxmin qila olganmidi?

Bu katta boʻlmagan aylana shakl linzali va mayin sim hoshiyali koʻzoynak. 60-yillarda koʻpgina odamlar xippiga mansublik belgisi sifatida taqishgan. Aytgancha, Ozzi Osborn koʻzoynagi esingizdami? Mana bu aynan oʻshalar!

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



