Qiziqarli

Ranglar haqida qiziqarli faktlar

Ranglar haqida qiziqarli faktlar
Ranglar haqida qiziqarli faktlar

Olimlarni aniqlashicha qizil rangni qabul qilishga X xromosoma aniqrogʻi uning tarkibidagi gen javob beradi. Ayollar DNKsi tarkibida bu kabi xromosomalar ikkita boʻlganligi bois ular qizil rangni yorqinroq va har bir kichik elementlariga qadar aniq qabul qilishadi. Erkaklar DNKsi tarkibida esa bu turdagi xromosoma bitta. Shu sababli ham ular och qizil, qirmizi va qizil kabi tuslarni bir biridan ajrata olmaydi. 

Ranglar haqida qiziqarli faktlar

Kaliforniya olimlari tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlarning birida musiqaning ham rangi mavjud ekanligi aniqlandi. Bir guruh koʻngillilar ishtirokida oʻtkazilgan natijalarga koʻra, ijobiy maʼnoga ega boʻlgan musiqalar inson tasavvurida iliq rangli taʼsurotlar misol uchun sariq, krem rang koʻrinishlarni hosil qilishi aniqlandi. Shu bilan birga gʻamgin musiqalar inson tasavurida toʻq ranglar koʻrinishini hosil qilar ekan. Ushbu maʼlumot turli shou oʻtkazuvchi tashkilot aʼzolariga qoʻl kelishi mumkin. 

Ranglar haqida qiziqarli faktlar

Xromofobiya– insonning maʼlum bir rangdan qoʻrqish kasalligidir. Agar etiborli boʻlasangiz ayrim insonlar maʼlum bir rangga boʻyalgan honalarda oʻzlarini noqulay his qilishini sezishingiz mumkin. Tashqi tomondan qaraganda buni ongsiz bezovtalik huruji deb oʻylasa boʻladi. Aslida barchasi bundan ham murakkabroq. Bunday hurujlar nafaqat maʼlum bir rangdagi honalar ichida emas maʼlum rangdagi libos, idish tovoq, yoki buyum bilan toʻqnash kelib qolganda ham sodir boʻladi. Bu kabi muammolar ruhiy jarohatlar oqibati olaroq yuzaga keladi. Xromofobiya bezovtalik hissi koʻngil aynishi bosh aylanish holatlari bilan birga kechadi. 

Ranglar haqida qiziqarli faktlar

Balki bu siz uchun juda gʻalati tuyilar ammo dunyo aslida hech qanday rangga ega emas. Xa haqiqatdan ham barcha ranglar miya faoliyatining natijasi boʻlib u tashqi olamdan qabul qilgan malumotlarini rang shaklida yetkazib beradi. Aslini olganda atrofimizdagi buyumlar maʼlum darajada yoritiladi. Inson koʻzi turli uzunlikdagi elektromagnit toʻlqinlarini qabul qilib ularni rang koʻrinishida qabul qiladi.  Rangni qabul qilish buyumlarni shakli, kattaligi uning qayerda joylashgani va qanchalar yoritilganiga bogʻliq.Olimlarning taxminlaricha rangni qabul qilish evolyutsiya jarayonida kelib chiqqan psixofiziologik hodisadir.

Ranglar haqida qiziqarli faktlar

Bu insonnning rangni idrok etish borasidagi oʻziga hosligidir. Gap shundaki rangni qabul qilish uchun inson organizmida ishlab chiqadigan uch hil oqsil javob beradi. Daltoniklar esa irsiy oʻziga hoslik tufayli ana shu oqsillarning biriga ega boʻlmaydi. Koʻp hollarda daltoniklar qizil rangni yashil bilan almashtirishadi. Bu esa haqiqiy daltonizm deyiladi. 

Ranglar haqida qiziqarli faktlar

AQSH universiteti olimlari dunyodagi eng sevimli rang qaysi ekanligini bilish uchun tadqiqot oʻtkazdilar. Tadqiqotchilar natijalarning samarali bolganini malum qilishdi. Ular turli ijtimoiy tabaqalar va turli yoshlardan iborat boʻlgan koʻngillilarni tadqiqotga jalb qilishdi. Aniqlanishicha insonlar koʻproq moviy va koʻk rangni  yaxshi koʻrishar ekan.Toki bu rangni insonlar boshqalarga nisbatan koʻproq yaxshi koʻrar ekanlar marketing ustalari ushbu maʼlumotdan ajoyib usulda foydalanishlari mumkin. 

Ranglar haqida qiziqarli faktlar

“Pushti rang koʻz oʻynaklaringni olib tashla” degan gap bejizga emas. Aniqlanishicha pushti rang insonni tinchlantirishi bilan birga tajovuskorlikka qarshi kurashishiga yordam beradi.  U alam hissini nari ketkazadi jismoniy faollikni oshiradi shu sababli ham uni davolash markazlari ijtimoiy moslashish muassasalarida keng qoʻllashadi.

Ranglar haqida qiziqarli faktlar

Ispaniya Universitet olimlari qaysi rangdagi idishlar qaxvaning tam sifatiga taʼsir qilishini aniqladilar. Olimlarning aytishlaricha qaxva ichadigan idishlarni jigarrang tusdagisidan aniqrogʻi qaxvaning oʻzi kabi tusdagisidan tanlagan maqul. Issiq shokoladni esa toʻq sariq va krem rangli idishlardan ichgan maʼqul.

Ranglar haqida qiziqarli faktlar

Ranglarning qaysi biri haqiqatdan mavjud qaysi biri yoʻq?

Istalgan rassom sizga oq rang dunyoda mavjud emasligi qora rang esa turli ranglar qorishmasi ekanligini aytadi. Fizika sohasida ish olib boradigan olimlar esa sizga buning aksini aytishadi. Qora yoruqliqning yoqligi shu bilan birga rangni ajrata olmaslik natijasida kelib chiqqan koʻrinishdir. 

Ranglar haqida qiziqarli faktlar

Yulduz rangi uning haroratiga bevosita bogʻliq, bu esa yulduzning rangi qanchalar xira boʻlsa uning shunchalar issiq ekanligidan darak berishi haqidagi fikrni inkor qiladi. Eng issiq yulduzlar oʻzidan sovuq ranglar spektorini taratadi, ular oq va koʻk ranglardir. Ozidan kam issiqlik taratuvchi yulduzlarning rangi sariq va toʻq sariq rangda boʻladi. Eng sovuq yulduzlar qizil rang bilan tovlanadi.

 

Ranglar haqida qiziqarli faktlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar