Qiziqarli

Roksalana-Xurram sulton aslida qanday ayol boʻlgan: “Muhtasham yuz yil” serialidagi haqiqat va uydirmalar

Roksalana-Xurram sulton aslida qanday ayol boʻlgan: “Muhtasham yuz yil” serialidagi haqiqat va uydirmalar
Roksalana-Xurram sulton aslida qanday ayol boʻlgan: “Muhtasham yuz yil” serialidagi haqiqat va uydirmalar

19- asrda Xurram xonim bir qator qissa, roman va poemalarning bosh qahramoni boʻlib qoldi. Ayniqsa ukrainalik mualliflar koʻproq ajralib turdilar, chunki ular Xurramning tarixini oʻz mamlakatlari bilan bogʻlar edilar.1990 yillarda Ukraina televideniyasi tomonidan hattoki “Roksolana” nomli serial suratga olindi va namoyish etildi. Unda Xurram xonim haqida barcha maʼlumotlar (haqiqiy va uydirmalari) toʻplanib, u goʻzal kanizak va koʻrkam sulton haqida romantik muhabbat tarixiga aylandi. Biroq Xurram xonimni shuhratini olamga yoyish harakati deyarli besamar ketdi.

Roksalana-Xurram sulton aslida qanday ayol boʻlgan: “Muhtasham yuz yil” serialidagi haqiqat va uydirmalar
Roksalana-Xurram sulton aslida qanday ayol boʻlgan: “Muhtasham yuz yil” serialidagi haqiqat va uydirmalar

Butun dunyo telekanallarida “Muhtasham yuz yil” seriali namoyish etilishi bilan XVI asrning “haramdagi muhabbat” tarixi va uning ehtiroslari har bir xonadonga kirib keldi. Ana shundagina koʻpchilik odamlar islom qonun-qoidalari asosida hukm surgan Usmoniylar imperiyasidek saltanatda tarixga katta hissa qoʻsha olgan shunday ayol oʻtgani haqida bildilar.

Lekin shuni aytib oʻtish kerakki, serialda aks etgan tarixiy voqealarning faqat negizigina haqiqatga toʻgʻri keladi, xolos. Haramdagi tartib-qoidalar, kanizaklarning oʻzlarini tutishlari, haramning kundalik hayoti, qahramonlarning Yevropa oʻrta asr modasi bilan uygʻunlikda yaratilgan liboslari – bularning hammasi serial mualliflarining uydirmalaridir.

Roksalana-Xurram sulton aslida qanday ayol boʻlgan: “Muhtasham yuz yil” serialidagi haqiqat va uydirmalar

Tarixchi olimlar tayanishlari mumkin boʻlgan hujjatlar juda kam saqlanib qolingan. Usmoniylar saltanati yopiq turdagi hukumat boʻlgan. Haram – begonalarning kirishi taqiqllangan hudud boʻlib, bu yerga faqatgina sulton va uning oʻgʻillarigina kira olganlar. Haram xodimlari memuarlar yozmaganlar, kanizaklarning esa bu hayoliga ham kelmagan. Shunday ekan, Usmoniylar imperiyasining sultoni Sulaymon shohning hissiyotlari haqida uning Xurram xonim bilan yozishgan mehr toʻla nomalaridan bilib olishimiz mumkin.

Sulton harami haqidagi baʼzi maʼlumotlar chet ellik elchilarning yozuvlarida saqlanib qolingan. Ular saroyda boʻlib oʻtayotgan voqea-hodisalarning hammasini qayd qilib borganlar. Ogʻizdan-ogʻizga otib borgan bu maʼlumotlar ozgina boʻrttirilgan va natijada odamlarning Xurram xonim haqida oʻziga yarasha “ijtimoiy fikri” hosil boʻlgan. Unga koʻra, Xurram xonim sultonni sehrlab olgan makkor jodugar hamda birovlarning qoni evaziga oʻgʻillariga taxtga yoʻl ochib bergan yovuz niyatli ayol sifatida gavdalangan.

Roksalana-Xurram sulton aslida qanday ayol boʻlgan: “Muhtasham yuz yil” serialidagi haqiqat va uydirmalar

Muqaddas Rim imperiyasining Istambuldagi elchisi oʻzining “Turk yozishmalari” nomli kitobida Sulaymon shohning qudratli rafiqasi haqida yozar ekan, uni kitobxonga Roksolana deb tanishtirgan, shu boʻyi Xurram xonim Yevropada Roksalana nomi bilan mashhur boʻlan. Aslida turklar bu nomni slavyan-kanizaklarga berishar edi. Hattoki oʻsha davrdagi Usmoniylar imperiyasining haritasida Sharqiy Yevropa – Roksolaniya deb atalar edi.

Haramda esa sultonning rafiqasini –Xurram (kuluvchi) deb atashar edi. Sulton xonim islomni qabul qilganidan keyin Sulaymon shoh unga Xurram, deb ism qoʻydi. Sultonning kanizakka ism qoʻyishi katta sharaf hisoblanar edi.

Xurram xonimning kelib chiqishi ham serialda biroz oʻzgartirilib koʻrsatilgan. Aslida u Polsha yoki Ukrainada tugʻilgan. Choʻqintirilayotganda unga Anastasiya yoki Aleksandra, deb ism qoʻyilgan. Uning otasi ruhoniy boʻlganligini oʻsha davr tarixchilari yozib qoldirganlar. Familiyasiga toʻxtaladigan boʻlsak, uni XIX asr romanchilari huddi biografiyasining baʼzi qismlari kabi oʻylab topganlar – Anastasiya (yoki Aleksandra) Gavrilovna Lisovskaya sohta familiyadir.

Asli slavyan millatiga tegishli boʻlgan Xurram tugʻilib oʻsgan joyidan qrim tatarlari tomonidan oʻgʻirlab ketilib, qullar bozorida Usmoniylar imperiyasining olib-sotarlariga sotib yuborilgan. Ular orqali esa Sulaymonning haramiga kelib qolgan. U paytda Sulaymon hali taxtga oʻtirmagan, Manisa viloyatining hukmdori edi.

Xurram ham oʻsha vaqtda oʻsmir qiz edi, uning sulton bilan yaqinlashishi haramga kelib tushganidan ancha yillar keyin sodir boʻlgan. Qisqa qilib aytganda, voqealar serialda koʻrsatilgan shiddatda boʻlib oʻtmagan.

Roksalana-Xurram sulton aslida qanday ayol boʻlgan: “Muhtasham yuz yil” serialidagi haqiqat va uydirmalar

“Muhtasham yuz yil” serialining qahramoni Xurram xonimning davlat ishlariga aralashishdan maqsad – oʻzining va farzandlarining hayotini saqlab qolish boʻlgan. Buning uchun u makkorligini ishga solib, sultonga bir vazirni yaqinlashtirib, ikkinchisini uzoqlashtirgan, oʻzi bilan til topisha olmagan amaldorlarni oʻldirtirib yuborgan, baʼzan murakkab, baʼzan esa oddiy fitnalar toʻqigan.

Tarixda saqlanib qolgan Xurramning xatlaridan esa uning aqlli, davlat miqyosidagi puxta bilimga ega ekanligi va dunyoqarashining kengligini koʻrish mumkin. Agar Sulaymon shoh uning maslahatlariga quloq solgan boʻlsa, bu sulton xonimning makkorligini emas, oqila ayol boʻlganligini bildiradi.

Ha, sulton xonim haqiqatdan ham davlatning boshqaruv ishlariga aralashar edi, devondagi vazirlar kengashiga taʼsir oʻtkazar edi, tashqi siyosat bilan qiziqar va hattoki chet ellik elchilarni “ochiq yuz” bilan qabul qilar edi – bu maʼlumotlarni oʻsha davr tarixchilari yozib qoldirganlar. Xurram xayriya ishlari bilan shugʻullanar, karvonsaroy va masjidlar qurilishiga pul ajratar edi. “Muhtasham yuz yil” serialidagi sulton xonimning yovuz siyosiy oʻyinlari film syujetini boyitish hamda tomoshabinni jalb qilish uchun boʻrttirib koʻrsatilgan.

Roksalana-Xurram sulton aslida qanday ayol boʻlgan: “Muhtasham yuz yil” serialidagi haqiqat va uydirmalar

Xususan, buyuk vazir Ibrohim-posha hamda taxt vorisi boʻlmish shahzoda Mustafoni qatl etish fitnasini uyushtirishi – bu hujjatlarda oʻz tasdigʻini topmagan bir afsonadir.

Toʻgʻri, Xurramni koʻpchilik yoqtirmas edi. U odamlarda qoʻrquv, hasad, nafrat hissini uygʻotar edi, chunki u Turkiya tarixida birinchilardan boʻlib, muhabbat rishtalarini hukumatni toʻlaqonli boshqaruv vositasiga aylantira oldi.

Xurram Turkiyada saroy xonimlari ichidan birinchi boʻlib davlat ishlari bilan shugʻullandi va boshqa xonimlar uchun namuna boʻla oldi. Undan keyin boshqa sulton xonimlar ham tortinmasdan ochiqchasiga davlat ishlari bilan shugʻullanadigan boʻldilar.

Roksalana-Xurram sulton aslida qanday ayol boʻlgan: “Muhtasham yuz yil” serialidagi haqiqat va uydirmalar

Baʼzi tarixchilar Xurramning paydo boʻlishi bilan Usmoniylar saltanatining yemirilishi boshlanganini yozganlar. Aslida saltanat bir necha asrlardan keyin barbod boʻlgan boʻlsada, konservatorlar bunda Xurramning aybi borligiga ishontirmoqchi boʻladilar.

Xoʻsh, sulton xonimning aybi nimada edi? Birinchidan, Xurramning kanizaklikdan sulton xonim darajasiga koʻtarilishi koʻp yillik anʼanaga zid edi. Sultonlar kanizaklariga uylanmas edilar, biroq bu narsa qonun tomonidan rasman man qilinmagan edi. Sulaymon shoh kanizagini kanizaklikdan ozod qilib, soʻngra unga uylandi, bu esa koʻpgina noroziliklarga sabab boʻldi.

Ikkinchidan, Xurram sultonga besh oʻgilni tugʻib berdi – serialda esa Xurramning faqat uchta oʻgli namoyon boʻldi – Salim, Boyazid va Jahongir. Goʻdaklik paytlarida vafot etgan Mahmud va Abdulla ismli oʻgʻillari esa tarixda hech qanday iz qoldirmaganliklari uchun serialda koʻrsatilmaydi.

Roksalana-Xurram sulton aslida qanday ayol boʻlgan: “Muhtasham yuz yil” serialidagi haqiqat va uydirmalar

Amal qilib kelinayotgan anʼanalarga koʻra esa, kanizak sultonga faqatgina bitta oʻgʻil farzand tugʻib berishga haqli edi. Shundan keyin esa u sulton xonim maqomini olib, sultondan uzoqlashishi va hayotini faqatgina oʻgʻliga bagʻishlashi kerak edi. Usmoniylar sulolasini davom ettirishdek sharafli vazifa esa haramning boshqa kanizaklariga yuklatilar edi.

Uchinchidan, sultonning haramdagi boshqa koʻpgina kanizaklaridan farzand koʻrishdek muqaddas anʼana xavf ostida qoldi, Xurram yolgʻon-yashiqlari hamda oʻz mavqeini suiisteʼmol qilib, bunga uzoq vaqt toʻsqinlik qilib keldi.

Hattoki sulton xonim bilan raqobatlasha oladigan kanizaklarni haramdan chiqarib yuborish hollari ham boʻldi. Bu ish sulton va uning onasi – volida-sulton tomonidan amalga oshirilganiga nima deysiz. Volida-sulton bir marta oʻgʻlining huzuriga oʻzining kanizaklaridan birini yuborgani uchun kelini boʻlmish Xurram xonimdan kechirim soʻragan, degan gaplar ham bor.

Roksalana-Xurram sulton aslida qanday ayol boʻlgan: “Muhtasham yuz yil” serialidagi haqiqat va uydirmalar

Toʻrtinchidan, anʼana boʻyicha, shahzoda balogʻat yoshiga yetishi bilan onasining kuzatuvi ostida unga ajratilgan viloyatga hokim sifatida borib, boshqaruv boʻyicha tajriba orttirishi lozim edi.

Xurram boʻlsa oʻgʻillarining hech biri bilan ketmadi, Istambulda erining yonida qoldi. Sulton xonimning bu harakati ham koʻpchilikning noroziligiga sabab boʻldi.

Va eng asosiysi: Sulaymon va Xurramning bir-birlariga munosabatlari va bogʻliqliklarini uzoq vaqt davomida koʻz-koʻz qilib kelishlari saroyning qonun-qoidalariga hech ham toʻgʻri kelmasdi. Odamlarning nazdida ayoliga boʻysungan hukmdor eng asosiy vazifa – yaʼni saltanatning qudratini mustahkamlash maqsadida yangi yerlarni zabt etishga qodir boʻlolmas edi.

Sulaymon shohning Xurramga boʻlgan boʻgʻliqligi umrining oxirigacha davom etdi. Xurram vafot etganidan keyin ham (zaharlanib yoki ogʻir kasallikdan) sulton uni sharaflashda davom etdi: rafiqasini oʻzining buyrugʻi bilan qurdirgan Sulaymoniy masjidiga dafn qildi hamda vafotidan keyin uni ham xotini yoniga dafn qilishlarini vasiyat qildi.

Roksalana-Xurram sulton aslida qanday ayol boʻlgan: “Muhtasham yuz yil” serialidagi haqiqat va uydirmalar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar