Rossiyaning Omsk oblastida quyon oʻldirilgan itning uch bolasini boqadi

Azovo qishlogʻining aholisi ajoyib voqea toʻgʻrisida oʻrtoqlashdilar. Ular bir quyon oʻldirilgan itning bolalarini boqayotganiga guvoh boʻldilar.

Kichkinabir hayvonning harakati eʼtiborga loyiq – odamlarning har birida ham oddiy quyonda topilgan insoniylik fazilati topilavermaydi. Uchta kuchukning onasi – odam, toʻgʻrirogʻi - ikki oyoqli maxluq tomonidan otib ketilgan bir it oʻz kuchukchalarini katalakka tashib oʻtib yashirishga ulgurgan, ammo shundan keyin jon taslim qilgan.

Kuchuklar toʻgʻrisida qayerdan paydo boʻlib qolganligi hamon nomaʼlum ... Ularga quyon gʻamhoʻrlik qila boshlagan. Bu quyon itlar uchun ham ona, ham ota. Ijtimoiy tarmoq aʼzolari ushbu quyon va kuchukchalar uchun boshqa joyda xoʻjayin izlab, ommaga murojaat qilgan, chunki haligi ikki oyoqli maxluq hamon oʻsha katalakning yonida istiqomat qilib keladi.


Quyonga ham haqiqiy xoʻjayinlar kerak. “Ushbu voqeani tarqataylik – iloji bor qadar koʻproq kishilar hayvonlar insonga dushman emasligini, Rossiyada esa haligacha hayvonlarni himoya qiladigan munosib qonun yoʻqligini bilsin!” – deb yozadi ijtimoiy tarmoqdagi guruh ishtirokchilari.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



