Qiziqarli

Rouen Atkinson (yoki mister Bin?) haqida 15 ta fakt

Rouen Atkinson (yoki mister Bin?) haqida 15 ta fakt

Kim qiziqchi mister Binni bilmaydi? Lekin hamma ham Rouen Atkinson bilan tanish emas, ammo u hayotda umuman boshqa insondir. Bolaligida u uyatchang va yakka boʻlgan, ammo bu xislati unga dunyodagi eng sevimli qiziqchilardan biri boʻlishiga aslo halaqit bermadi. Eʼtiboringizga balkim, sizning u haqidagi tasavvuringizni oʻzgartiradigan, mister Atkinson (mister Bin emas) haqida faktlarni taqdim etamiz.

Rouen Atkinson (yoki mister Bin?) haqida 15 ta fakt

1. Rouen Atkinson va Buyuk Britaniyaning sobiq bosh-vaziri Toni Bler Darem shahridagi kafedral cherkovi maktabida birgalikda tahsil olishgan. Atkinson 11 yoshda boʻlgan, Toni Bler esa undan ikki yosh katta boʻlgan. Maktabning sobiq direktori gapiga qaraganda, ikki yigitcha – umuman boshqa boshqa dunyo. Atkinson uyatchang boʻlgan va oʻzini chetda olib yurgan, Bler esa xushchaqchaq va aʼlochi oʻquvchi boʻlgan.

Rouen Atkinson (yoki mister Bin?) haqida 15 ta fakt

2. Muhandis-elektrik diplomini olgandan soʻng, Rouen Atkinson oʻqishini davom ettirdi va 1975 yilda Oksforddagi Qirollik kolledjida dissertatsiyasini himoyalab, magistr darajasiga erishdi.

Rouen Atkinson (yoki mister Bin?) haqida 15 ta fakt

3. Atkinson tutulib gapiradi, shu uchun u muammoli ohangdosh (masalan, “B” tovushi) tovushlari bilinmasligi uchun haddan tashqari artikulyatsiyadan foydalanadi. Shunday qilib u oʻz muammosini qiziqchilik fishkasiga aylantirdi. Aytgancha, maktab davrlarida Atkinson ushbu defektdan juda qattiq azob chekkan, ammo aktyor boʻlganidan keyin bu muammosidan qutuldi.

Rouen Atkinson (yoki mister Bin?) haqida 15 ta fakt

4. Rouen Atkinson uni shunchalik taniqli qilgan mister Bin haqidagi komediyali serialining yaratuvchilaridan biri va muallifi hisoblanadi. Qachonlardir unga oksfordlik teatri uchun sketch yaratishni buyurishgan, va Atkinsonda bu uchun atigi 48 soati bor edi. Natijada, u oyna oldida turli yuz koʻrinishlarini bajarganda, “antiqa, syurrealistik va gapirmaydigan personaj” tugʻildi.

Rouen Atkinson (yoki mister Bin?) haqida 15 ta fakt

5. Atkinson oʻz karyerasi boshida bir nechta film va shoularda ishtirok etgan boʻlsada, birinchi marta unga BBC ning “9 soatlik boʻlmagan yangiliklar” komediya shousida ishtirok etganida eʼtibor berishgan. Bu hozirgi yangiliklar va parodiya qoʻshiqli pop-madaniyat haqida satirik qissa va komediyalar edi.

Rouen Atkinson (yoki mister Bin?) haqida 15 ta fakt

6. Atkinson oʻzining turmush oʻrtogʻI Sunetra Sastrini “Qora ilon” (1986) serialini suratga olish vaqtida uchratgan, u yerga Sunetra vizajist boʻlib ishlagan, ularning ikkita bolasi bor – Ben va Lili. 2015 yilda 25 yillik turmushdan soʻng ular ajrashishdi.

Rouen Atkinson (yoki mister Bin?) haqida 15 ta fakt

7. Boshida mister Binni “mister Uayt” (mister Oq) deb atashgan, keyinchalik “mister Koliflauer” (mister rangli karam), ammo keyinchalik mualliflar mister Binda toʻxtashgan.

Rouen Atkinson (yoki mister Bin?) haqida 15 ta fakt

8. Mister Bin haqidagi serial atigi 14 qismdan iboratm har biri 25 minutdan. Barcha qismlar 1990 yilning 1 yanvaridan 1995 yilning 15 noyabrigacha 6 yil davomida namoyish etilgan. 14 qismdan tashqari serialda yana 1995 yilning 15 dekabrida koʻrsatilgan “Mister Bindan eng yaxshilari” nomidagi bonus qismlar ham boʻlgan.

Rouen Atkinson (yoki mister Bin?) haqida 15 ta fakt

9. Atkinson shu bilan birga Shon Konneri bilan birga Bond haqida “Hech qachon hech qachon dema” filmida (1983) ikkinchi plandagi rolni ijro etgan. Uning qahramonining ismi Naydjel Smol-Fosett boʻlgan va u Bagama orollaridan Xorijiy ishlar vazirligi vakili boʻlgan.

Rouen Atkinson (yoki mister Bin?) haqida 15 ta fakt

10. Atkinson avtomobillarni va tez haydashni juda sevadi. Uning kolleksiyasida McLaren F1, Austin Metro, Renault 5 GT Turbo, Audi A8, Škoda Superb va Honda Civic Hybrid kabi avtomashinalar bor. Hayratlanarlisi shu ki, Atkinson Porsche ni yomon koʻradi va hatto bir kun eʼlon qilgandiki: “Men bu mashina bilan hech qachon yashay olmasam kerak”.

Rouen Atkinson (yoki mister Bin?) haqida 15 ta fakt
Rouen Atkinson (yoki mister Bin?) haqida 15 ta fakt
Rouen Atkinson (yoki mister Bin?) haqida 15 ta fakt
Rouen Atkinson (yoki mister Bin?) haqida 15 ta fakt
Rouen Atkinson (yoki mister Bin?) haqida 15 ta fakt
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar