"Salt Bae"- Nusret Gokche aslida kim?

Nusret Gokche (1983 yil 9 avgustda tugʻilgan, Tuz Bae laqabini olgan ( "tuz yigit", bae - inglizcha doʻst yoki bola soʻzining jarangli shakli)) - turkiyalik qassob, oshpaz va steykovlar tarmogʻiga ega restoratordir. Nusr-Etning pishirish texnikasi Internet memiga aylandi.

Gokche Turkiyaning Erzurum shahrida kurd oilasida tugʻilgan. Uning otasi konchi boʻlgan. Oilaning ogʻir ahvoli uni 6-sinfligidan ishlashga majbur qildi va u Istanbulning Kadikoy tumanida qassob boʻlib ishladi. Vaqt oʻtishi bilan u shaxsiy biznesini yoʻlga qoʻyib, bugungi kundagi koʻplab mashhurlar ovqatlanadigan restoranlarning egasiga aylandi. Gokche xayriya ishlarida faol qatnashadi, u oʻzining tugʻilgan Erzurumida maktab qurdirgan. 2017 yil yanvar oyidan beri Gokche, goʻshtni pishirib, tuzni mohirona sepgan bir qator video memlari tufayli mashhurlikka erishdi.

Uning "tashrif qogʻozi"ga aylangan videosi 2017 yil 7 yanvar kuni Twitterdagi sahifasida joylashtirilgan "Ottoman steak" videosi edi. Bu video Instagramda 10 million marta koʻrildi, shundan soʻng Gokche Salt Bae ("tuzli yigit")deb atala boshlandi. Videoning keng repostlari tufayli Gokche You Tubeda ajoyib shuhrat qozondi, buning natijasida butun dunyodagi taniqli shaxslar va siyosatchilar uning restoranida tez-tez mehmon boʻlib turishdi.

Gokche 2007 yildan 2010 yilgacha bir qator mamlakatlarda, jumladan Argentina va AQShda boʻlgan va u yerda oshpaz va restorator sifatida tajriba orttirish uchun mahalliy restoranlarda koʻngilli ravishda qatnashgan. Turkiyaga qaytib kelgandan soʻng, 2010 yilda Istanbulda birinchi restoranini ochdi keyin esa 2014 yilda Dubayda restoran ochdi. Keyinchalik Gokche yana bir qancha shaharlarda filiallarini ochishga erishdi.

Turkiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, turkiyalik oshpaz Nusret Gokche oʻzining steyklarini mohirona tayyorlaganligi va tuz sepishdagi imzo ishorasi bilan butun dunyo boʻylab taniqli boʻlishi uchun Amerika PR agentligi bilan shartnoma tuzgan.
Uchankush portalining aytishiga koʻra, dunyoning turli mamlakatlarida keng miqyosli PR-kampaniya Gokchega kamida ikki million dollarga tushdi.

Maʼlumotlarga koʻra, turkiyalik oshpaz va restoranlar egasi Nusret Gollivud aktyori Leonardo Di Kaprio Dubaydagi restoraniga tashrif buyurishiga, shuningdek Amerikaning mashhur "Narco" serialida kichik roʻl ijro etish uchun katta miqdorda pul toʻlagan.
Nusret Gokchedan oʻzining mashhur jestini takrorlaganligi uchun mukofot olganiaytilayotganlar orasida italiyalik futbolchi Marko Borrielo, qoʻshiqchi Bruno Mars, Amerikaning "Golden State Warriors" basketbol jamoasi,Turkiyaning "Galatasaroy" futbol klubi hujumchisi Lukas Podolski, braziliyalik himoyachi Mateus Doriya va boshqa taniqli shaxslar ham bor.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



