Sayohat

Sayohatni xush koʻruvchi insonlar uchun: koʻnglingizni hayajonga soluvchi palatkalar

Sayohatni xush koʻruvchi insonlar uchun: koʻnglingizni hayajonga soluvchi palatkalar

Amerika brendi tomonidan yaratilgan ushbu palatka nima bilan boshqa turdagi palatkalardan ajralib turishi mumkin? Gap shundaki, uni avtomobilingizning tomiga oʻrnatib olishingiz imkoni va siz moʻljaldagi maskaningizga etib olguningizga qadar u toʻgʻrisida unutishingiz ham mumkin. Agar yoʻlda toʻsatdan charchab qolsangiz mashinada uxlash kerak boʻlmaydi.

Siz “ikkinchi qavatni” pastga tushirib, uni darrov yerga oʻrnatib olishingiz ham mumkin. Palatkani oʻrnatish uchun kalitdan foydalanish kerak boʻladi. Palatka ikki qavatga ega va komplektda narvoni ham bor. Eng arzon varianti 2600 AQSH dollari atrofida turadi.

Sayohatni xush koʻruvchi insonlar uchun: koʻnglingizni hayajonga soluvchi palatkalar

Agar siz gʻayrioddiy hissiyotlarni yaxshi koʻrsangiz aynan mana bu palatkaga eʼtiboringizni qaratishni tavsiya etgan boʻlar edik. Palatkani oʻrnatish uchun umuman ortiqcha joy, yana ham aniqroq aytganda yer yuzasini talab qilinmaydi.

Qurilma palatka burchaklaridagi chilvirlari bilan turli tomonlardagi daraxtlarga bogʻlanadi. Palatkaning afzalligi shundaki, u yerdan yetarlicha balandda joylashadi. Bu variantni tahminan 500 va undan ortiqroq AQSH dollariga sotib olish mumkin.

Sayohatni xush koʻruvchi insonlar uchun: koʻnglingizni hayajonga soluvchi palatkalar

Bugungi kunda quyosh energiyasi yordamida ishlaydigan koʻpdan koʻp obyektlar va qurilmalar mavjud. Palatkalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ham bundan chetda qolishni istashmadi. Shuning uchun ham, kutib oling – quyosh batareyali palatka! Bir quyoshli kun davomida bunaqa uycha shu darajada zaryad olishi mumkinki, uning kuchi bilan tunda oʻzining atrofidagi kichikgina hududni ham bemalol yorita oladi. Darvoqe, palatkaning ichida mobil uskunalarni ham zaryad qildirish mumkin.

Sayohatni xush koʻruvchi insonlar uchun: koʻnglingizni hayajonga soluvchi palatkalar

Bu variant esa bir qarashda oddiy gamak, yaʼni toʻr belanchakni eslatadi. Ochigʻini aytganda, bu oddiy gamakning oʻzginasi, biroq, ahamiyatli farqlari ham yoʻq emas. Bu qurilmada nafaqat yotib dam olish, balki oʻzingizga tegishli barcha mayda-chuydalarni ham joylashtirish mumkin. Bu esa juda koʻp qulayliklarni yaratib beradi.

Sayohatni xush koʻruvchi insonlar uchun: koʻnglingizni hayajonga soluvchi palatkalar

Tasavvur qiling, siz uygʻonayapsiz va atrofingizni taʼriflashga til ojizlik qiladigan goʻzallik kurshab turibdi: daraxtlar, koʻl va boshingiz uzra nigoh solgan moviy musaffo osmon. Bu faqat orzu boʻlib qoladi deb oʻylaysizmi? Mana bu palatkani sotib olgan holda bemalol tabiat qoʻynida uxlashingiz ham mumkin. Komplektda krovat, shkaflar, yoritish dastgohlari va oʻrmonda istiqomat qilish uchun kerakli boshqa koʻp narsalar bor. Bu turdagi komplektning eng arzon narxi 1700 AQSH dollarida baholanadi.

Sayohatni xush koʻruvchi insonlar uchun: koʻnglingizni hayajonga soluvchi palatkalar

Agar sizning safaringiz bir necha soat davom etgan boʻlsa, palatkani yoyish va oʻrnatish uchun madoringiz ham qolmasligi tabiiydir. Endilikda bu haqida qaygʻurmang. Sababi ixtirolar ichida atigi bir-ikki soniyada oʻrnatilishi mumkin boʻlgan qurilma ham bor. Uning mohiyati nimada deysizmi? Palatkani oddiygina qilib havoga uloqtirasiz va u yerga ochilgan holatda tushadi. Bunaqa ajoyib variantlar qurilmani oʻrnatish vaqtini anchagina qisqartirish imkonini beradi.

Sayohatni xush koʻruvchi insonlar uchun: koʻnglingizni hayajonga soluvchi palatkalar

Goho bir oʻzing sayohatga chiqqing ham kelmaydi, buning oʻrniga doʻstlar yoki oila aʼzolari bilan yoʻlga chiqish anchagina qiziqroq boʻladi. Har bir kishi uchun alohida palatka sotib olish – ortiqcha sarf-harajatdir. Marhamat, koʻp sonli odamlarni sigʻdira oladigan aʼlo darajadagi variantni qarshi oling! Qurilmaning bir boʻlagi 8 kishini sigʻdira oladi. Tushunganingizday, boʻlaklar qancha kerak boʻlsa, shuncha qoʻshilishi mumkin. Xonalar orasida tomli qulay tonel mavjud va bu hech qanday yomgʻirdan qoʻrqmaslik uchun asos boʻla oladi.

Sayohatni xush koʻruvchi insonlar uchun: koʻnglingizni hayajonga soluvchi palatkalar

Qurilmada ikkita joy mavjud. Uning gʻayrioddiyligi oddiy variantdan farqli boʻlgan qiziqarli tashqi karkasidadir.

Sayohatni xush koʻruvchi insonlar uchun: koʻnglingizni hayajonga soluvchi palatkalar

Agar siz xashamat muhlislaridan boʻlsangiz, mana bu uychaga bir nazar tashlang. Bu koʻproq turistlar palatkasi emas, yirik marosimda koʻngil yozish bilan vaqt oʻtkazish uchun moʻljallangan qurilmaga oʻxshaydi. Ogohligingizni susaytirmang, sababi, qurilma sizni yogʻingarchilikdan himoya qila olmaydi.

Sayohatni xush koʻruvchi insonlar uchun: koʻnglingizni hayajonga soluvchi palatkalar

Ekstrimni sevasizmi? Unda mana bu palatkani albatta xarid qilishingiz kerak. Uning ekstremalligi nimada deysizmi? Ushbu palatka bilan 1000 metr balandlikda yotishga urinib koʻring, shunda bilib olasiz. Buni faqat dovyuraklargina uddalay olishi mumkin.

Sayohatni xush koʻruvchi insonlar uchun: koʻnglingizni hayajonga soluvchi palatkalar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar