Dunyoning eng mashhur devorlari


Vetnam urushi faxriylari memoriali Vashingtonda Linkoln memoriali yaqinida joylashgan boʻlib, AQSHning milliy yodgorligi hisoblanadi. Vetnam urushi paytida halok boʻlgan yoki bedarak ketgan Amerika askarlar xotirasiiga bagʻishlangan. U 3 qismdan iborat - Vetnam faxriylari Memoriali Devorlari, “Uch askar” haykali va Vetnam ayollari Memoriali.
Uni yaratish gʻoyasi Vetnam urushining faxriysi Yan Skrugsga tegishli.

Saksayuaman 900-1200 yillar oraligʻida qurilgan tosh devorlar majmuasi boʻlib, Perudagi inklar imperiyasining sobiq poytaxti Kusko shahri yaqinada joylashgan.U uzunligi 400 m boʻlgan pogʻonama-pogʻona qurilgan uchta megalitik devorlardan iborat. Bu devorning qurishida juda katta toshlar ishlatilgan, ularga ehtiyotkorlik bilan ishlov berilgan va hech qanday qorishmasiz bir-biriga mahkam yopishtirilgan. Ishlatilgan eng katta toshning balandligi 9 m, kengligi 5 m, qalinligi esa 4 m boʻlib, ogʻirligi 350 tonnani tashkil qiladi.

Buyuk Zimbabve - Janubiy Afrikaning Masvingo provinsiyasida joylashgan qadimgi tosh shahar xarobalaridir. Zimbabve Qirolligining sobiq poytaxti. Bu shaharga taxminan 1130 yillarda asos solingan va ikki-uch asr davomida mavjud boʻlgan. Uning eng muhim xususiyatlaridan biri devorlari boʻlib, ularning baʼzilari balandligi besh metrdan oshadi va bular ham hechqanday eritma yoki qorishmasiz qurilgan.

Bobil eng muhim qadimiy shaharlardan biridir. U zamonaviy Iroqning Bogʻdoddan 90 km janubida, Yefrat daryosi yaqinida joylashgan.
Bobilning asosiy toʻrtburchak shaklidagi devori Imgur-Enlil devoridir. Ushbu istehkomning umumiy uzunligi 8015 m.ga teng. Uning kelib chiqishi miloddan avvalgi 575 yilga borib taqaladi hamda ulugʻvorligi va arxitekturasi tufayli qadimgi dunyoning ajoyibotlaridan biri hisoblanadi.

Ston Xorvatiyadagi Peljesak yarim orolining janubiy qismida joylashgan shaharchadir. Asosiy diqqatga sazovor joyi - Ston devoridir. XV asrda qurilgan bu shahar ikki shaharni bogʻlab turgan hamda, 5,5 km uzunlikka choʻzilgan. U Dubrovnik shahri uchun mudofaa inshooti sifatida qurilgan boʻlib, 40 ta minoradan va 5 ta qalʼadan iborat edi. Bu Yevropadagi ikkinchi eng katta devor. 1979 va 1996 yildagi zilzilalar natijasida u jiddiyzarar koʻrdi. Bugungi kunda uning katta qismi qayta tiklandi.

Adrian devori 117-138 yillarda imperator Adrian davrida qurilgan Britaniyadagi kuchli istehkomdir. Rim legionerlari bu devorni Buyuk Britaniya boʻylab Karlisl-Nyukasl chizigʻi boʻylab, imperator Adrianning buyrugʻi bilan piktlar va brigantlarning hujumlaridan saqlanish maqsadida barpo qilganlar. Adrian devorining umumiy uzunligi taxminan 117 kilometr, kengligi -2,5-3 metr, balandligi - 3 metrgacha boradi. Uning koʻp qismi bizning davrimizga qadar saqlanib qolingan.

Troya - Turkiyaning shimoli-gʻarbiy qismida zamonaviy hududda joylashgan qadimiy shahar. Uning devorlari bugungi kungacha saqlanib qolingan eng qadimiylaridan biri hisoblanadi. Ular afsonaviy shaharni himoya qilish uchun miloddan avvalgi 13-asrda qurilgan. Devorlarning balandligi 5 m, eni 4 m ga yetadi. Aynan mana shu devor Troyaning 10 yillik qamali davrida himoya vazifasini bajargan.

Berlin devori Sovet Ittifoqi rahbariyatining buyrugʻi bilan SSSR va AQSh oʻrtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi davrida qurilgan boʻlib, uzunligi taxminan 156 km tashkil etadi. 1961 yil 13-avgustdan 1989 yil 9-noyabrgacha devor Gʻarbiy Berlin bilan Sharqiy Berlinni bi-biridan ajratib turgan. Sovuq urush hamda Germaniya boʻlinishining eng mashhur belgilaridan biri hisoblanadi.

Figʻon devori (uzunligi 485 m) miloddan avvalgi 70-yilda Buyuk yahudiylarning qoʻzgʻoloni natijasida rimliklar tomonidan vayron qilingan Quddusdagi Ikkinchi ibodatxonaning qadimgi devorining bir qismidir.
Figʻon devori – bu saqlanib qolingan yagona qurilmadir. U yahudiylikning eng buyuk ziyoratgohi sanaladi. Bir necha asrlar davomida bu devor koʻplab yahudiy avlodlari eʼtoqodining ramzi, ziyorat va ibodat qilish joyi boʻlib kelgan.

Buyuk Xitoy devori - Xitoyning shimoliy qismidagi bir qator mudofaa istehkomlari boʻlib, Xitoy imperiyasining chegaralarini turli koʻchmanchi qabilalarning hujumlaridan himoya qilish maqsadida qurilgan.Devorning eng qadimgi qismi miloddan avvalgi VII asrda barpo qilingan. Keyinchalik, yangi boʻlimlar qurilishi XVI asrga qadar davom etgan.
Uning umumiy uzunligi 21 196 km. Bugungi kunga qadar u asosan Ming sulolasining toshdan himoya qiluvchi devori shaklida saqlanib qolingan (XVII asr). Bu insoniyat tarixidagi eng taʼsirli meʼmoriy yutuqlardan biri hisoblanadi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



