Qiziqarli

Sayyoramizdagi 10 ta eng tiqilinch joylar

Sayyoramizdagi 10 ta eng tiqilinch joylar

Oksford-strit bu Londonning eng qadimiy rayoni Vestministerdagi juda gavjum koʻchasi.  Bu koʻcha Yevropaning eng gʻala-gʻovur koʻchasi.Unda 548 ta doʻkon joylashgan. Koʻchaning uzunligi 2,4 kilometrni tashkil etadi. Bu koʻchada London Metropolitenining "Marble Arch", "BondStreet", "Oxford Circus", "Tottenham Court Road" metrostantsiyalari joylashgan.

Sayyoramizdagi 10 ta eng tiqilinch joylar

"Marakana" stadioni – bu Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi davlat stadioni. U janubiy Amerikadagi eng yirik stadion. Uning ichida jami 78 838 nafar joy bor. Stadion 1950 yilda futbol boʻyicha jahon chempionatidan oldin ochilgan. Undagi birinchi oʻyindayoq Braziliya 2:1 hisob bilan Urugvayni magʻlubiyatga uchratgan. Final uchrashuvda hammasi boʻlib 199854 tomoshabin qatnashgan. 2014 yilning futbol boʻyicha chempionati ham “Marakana” stadionida boʻlib oʻtgan. 2016 yilda esa bu yerda Olimpiadaning ochilish va yopilish marosimlari boʻlib oʻtgan.

Sayyoramizdagi 10 ta eng tiqilinch joylar

Sindao dunyodagi eng gʻala-gʻovur plyajlardan biri. Yoz mavsumida bu plyajga har kuni chamasi200 mingdan ortiqroq odam keladi.

Sayyoramizdagi 10 ta eng tiqilinch joylar

Mumbaydagi “HindistonTemir Yoʻllari” shahar oldi temir yoʻl boshqarmasida kuniga tahminan 7,24 million yoʻlovchilarni tashiydigan 2342 nafar poezdi bor. Mumbayning temir yoʻllaridagi poezdlari har yili 2,64 milliard yoʻlovchini tashiydi. Bu koʻrsatkich ularni tez jamoa transportining haddan ziyod ortiq yuklanganligi boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻringa loyiq qilib koʻrsatadi.

Sayyoramizdagi 10 ta eng tiqilinch joylar

Sibuya rayonining kesishgan piyodalar oʻtish joyi – dunyodagi eng gavjum joylardan bittasi. Bu oʻtish joyi shahar aholisi bilan birga mehmonlar uchun ruxsat kutib oʻtirmay bir necha joylardan oʻtish imkonini beradi. Bu chorraha Tokugava hukmronligi paytida qalʼada yashagan Sibuya oilasining shaʼniga shunday deb nomlangan. 

Sayyoramizdagi 10 ta eng tiqilinch joylar

“Kresti” qamoqxonasi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida joylashgan. U 1000 kishiga moʻljallangan, biroq hozirgi paytda bu yerning oʻzida 10000 dan ortiq mahbuslar saqlanib kelmoqda. "Kresti" tergov izolyatori meʼmorchilik yodgorligi sifatida davlat tomonidan himoyaga olingan.

Sayyoramizdagi 10 ta eng tiqilinch joylar

1990 yilning 31 yanvar kunida hali sotsialistik tuzum hukmronlik qilayotgan paytda Moskva shahrining Pushkin maydonida Makdonalds restorani ochilgan edi. Ochilish marosimida 5000 dan ortiqroq odam qatnashgan. Keyinchalik bu restoran kuniga 30000 dan ortiq odamga xizmat qiluvchi dunyodagi eng gavjum joylardan biriga aylanib qolgan.

Sayyoramizdagi 10 ta eng tiqilinch joylar

Manila - bu Filippin davlatining poytaxti. U oʻzining 20 millionlik aholisi bilan dunyodagi eng yirik va oʻta tiqilinch shaharlardan bittasi sifatida namoyon boʻladi.

Sayyoramizdagi 10 ta eng tiqilinch joylar

Bu shosse Macdonald–Cartier shossesi yoki 401-chi magistrali sifatida tanilgan. Vinzbordan Kvebekkacha uzunligi 817,9 kilometrga teng. Dunyodagi eng gavjum magistrallardan biri. Uning asosiy yoʻli boʻylab har kuni 500 mingdan 1 milliongacha transport vositalari harakatlanadi.

Sayyoramizdagi 10 ta eng tiqilinch joylar

Summerland mavzuli bogʻi Yaponiyaning poytaxti Tokioda joylashgan. Undagi odamlarning koʻpligidan suvni xatto koʻrish ham juda qiyin boʻlib qoladi.

 

Sayyoramizdagi 10 ta eng tiqilinch joylar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar