Serhasham va jimjimador barokko uslubi

Barokko uslubi oʻziga hos serhashamlik, ulugʻvorlik, soyalar oʻyini, koʻrinish elementlarining murakkabligi va dabdabali koʻzgular bilan boshqalardan ajralib turadi.


Bu uslubda ola-bula drapirovkali va dumaloqsimon oyoqlarga ega divanlar interyerning muhim qismi sanalib, bir vaqtning oʻziga qulaylik va saroy muhitini berishi bilan ahamiyatlidir. Bu oʻrinda devorga osib qoʻyiladigan suratli gilamlarning oʻrni ham juda muhim.


Haykallar, koʻza, xum va serhasham servizlar ushbu uslubning muhim detallari sanaladi. Shuningdek yorqin boʻyoqlar, yarimoltin buyum va hashamatning yorqin namunalari aynan ushbu uslubga hosdir.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



