Oʻrik va uning foydali jihatlari

Vazn ortib ketganida oʻrikni parxez mahsuloti sifatida isteʼmol qilish zarur. Butunjahon dietologlari oʻrikni moddalar almashinuvi va ovqat hazm qilish jarayoni uchun juda foydali mahsulot degan umumiy fikrga keldilar.
Har kuni meva donalarida 100 gr isteʼmol qilinganda muntazam ich kelishini taʼminlash va ichaklardagi gazdan halos boʻlish mumkin. Oʻz tarkibida yuqori miqdorda temir moddasini saqlagani bois oʻrik qon koʻpayishi jarayoniga taʼsir koʻrsatadi va 250 gr meva donalari jigarga yordam beradi.

Miyaning faol ishlashi uchun magniy va fosforga boy meva donalari zarur. Tarkibidagi magniy esa koʻtarilgan qon bosimini pasaytiradi. Agar gipertoniyadan aziyat cheksangiz, pishib yetilgan mavsumda iloji boricha koʻproq isteʼmol qiling.
Asab-mushak taʼsirchanligida ularni oʻz xoliga keltirish uchun oʻrik tarkibida koʻp miqdorda mavjud boʻlgan kalsiy zarur. Shu tufayli bu borada meva donalari davolovchi vosita sifatida hizmat qilishi mumkin.

Oʻrik mevalari tarkibidagi 10,5 foiz shakar oʻziga hos mayin taʼmni yuzaga keltiradi. Bundan tashqari, unda inulin, olma, limon, tabiiy vino kislotasi, dubil moddalari, kraxmal, pektin mavjud boʻlib, ular organizmdagi ortiqcha xolesterin va zaharli mahsulotlar almashinuvini yoʻqotadi.

Tarkibida katta miqdorda saxaroza saqlovchi oʻrik mevasini qandli diabet kasalligida isteʼmol qilish mumkin emas.
Uni gipotirioz xastaligida ( qalqonsimon bez vazifalarining pasayishi) va gepatit (jigar yalligʻlanishi kasalliklarida) qoʻllash tavsiya etilmaydi. Bu holatlarda oʻrik tarkibidagi A provitomini va karotin organizmda singmaydi.
Oʻrik danagining magʻzini yeb lazzatlanish uchun emas, uning tarkibida glikozid amigdalin boʻlib, u ichakda yorilib, toʻqimalar uchun oʻta kuchli zahar hisoblangankislota hosil qiladi. Oʻrik magʻizlari ogʻir zaharlanishga sabab boʻlishi mumkin. Dorivor maqsadlarda uning kunlik meyori 20 gr ni tashkil etadi.

Quruq mevalar ichidan yoqimli mazaga ega turshakni tanlaganingiz maʼqul. Quritilgan oʻrik tarkibida kaliy tuzlari yangi uzilgan mevalarga nisbatan olti barobar koʻproq boʻladi. Buning sharofati bilan oʻrik yurak-qon tomir kasalliklarida, ayniqsa aritmiya va yurak yetishmovchiligida yordam beradi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



