Shaxsiy rivojlanish tomon 7 qadam

1. Soʻzlaringizni extiyotkorlik va diqqat bilang tаnglang, ularni qanday talaffuz qilayotganingizga eʼtibor bering. Oʻta sekin gapirmang, jumlalarni choʻzib ham yubormang. Bunday holatlarda odamlar soʻzlaringizni soʻngiga qadar eshita olmay toqatsizlana boshlaydilar.

2. Tashqi koʻrinishingizga nisbatan beeʼtibor boʻlmang. Ruhshunoslarning aytishlaricha, jozibador insonlar boshqalarning hayolida aqlli va bilimli inson tasavvurini uygʻotar ekanlar.

3. Eshitishni oʻrganing. Tinchlash qobiliyati inson intellekti kabi muhim tushuncha. Suhbat davomida qarshingizdagi insonga oʻrinli va qiziqarli savollar bering.

4. Хotirangiz ustida ishlang. Shuni ham unutmangki, bili deya ataluvchi tushunchaning aksariyat qismi - shunchaki yaxshi eslab qolish qobiliyati natijasi xolos.

5. Chuqur nafas oling. Bu orqali oʻzingizga boʻlgan ishonchni his qilishingiz mumkin. Atrofdagilar ham oʻziga nisbatan ishonchi yuqori boʻlgan insonlarni eʼtiborga sazovor deb baholaydilar.

6. Qomatingizni tik tuting. Suhbat davomida hatti-harakatlaringizga ham eʼtiborli boʻlishingiz kerak. Bukchayib yuradigan odamlar odatda dangasa, uyatchan va tajribasiz inson kabi tasavvur uygʻotadilar.

7. Dunyoqarashingizni kengaytiring. Barcha mavzularga doir fikringiz boʻlsin. Buning uchun esa koʻproq kitob qoʻying va oʻzingizdan koʻra tajribaliroq insonlar bilan suhbatlashing.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



