Qiziqarli

Shokolad haqida 25 ta "shirin" faktlar

Shokolad haqida 25 ta "shirin" faktlar

Shubhasiz, shokolad dunyodagi eng zoʻr ixtirolardan biridir. Sutli, qora, oq - har kim oʻz taʼbiga koʻra yoqqanini tanlab oladi. Biz shokoladni qornimiz ochligida, depressiyaga tushganda, oʻzimizni yaxshi his etganda yeymiz. Shokolad - hayotimozning ajralmas qismi. Lekin, siz xech qachon eshitmagan faktlar borligini hattoki hayolingizga ham keltirmagansiz.

Shokolad haqida 25 ta "shirin" faktlar
Shokolad haqida 25 ta "shirin" faktlar

1. Kakao daraxtlari 200 yilgacha umr koʻrishi mumkin, lekin mevaga faqat 25 yil kiradilar.

Shokolad haqida 25 ta "shirin" faktlar

2. Har yili amerikaliklar 1 milliard kilogram konfetlar isteʼmol qiladilar. Ularning yarimi shokoladga toʻgʻri keladi.

Shokolad haqida 25 ta "shirin" faktlar

3. Shokolad antioksidantlarga toʻla, ayniqsa qora shokolad. Unda flavoidlar (yurak-tomir kasalliklar rivojlanishi oldini olishga yordam beradigan antioksidantlar) juda koʻp.

Shokolad haqida 25 ta "shirin" faktlar

4. Dunyodagi ishlab chiqariluvchi barcha bodomning 40% va yeryongʻoqning 20% shokolad maxsulotlari uchun yetkazib beriladi.

Shokolad haqida 25 ta "shirin" faktlar

5. Yangi ilmiy tadqiqotlarga binoan, agar shokoladni yeb tursa, homila vaqtidagi oʻgʻirlashuvlarni oldini olish mumkin.

Shokolad haqida 25 ta "shirin" faktlar

6. Eng katta shokolad plitkasi Buyuk Britaniyada Thorntons plc fabrikasida 2011 yilning 7 oktyabrida tayyorlangan edi. Uning vazni 5,8 tonna edi.

Shokolad haqida 25 ta "shirin" faktlar

7. Mashxur "Psixo" filmida Alfred Xichkok qonli sahnalar uchun Bosco shokolad siropidan foydalangan edi.

Shokolad haqida 25 ta "shirin" faktlar

8. "Shokolad" soʻzi ehtimol, "xocolàtl" soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, nauatl tilida "achchiq suv" ni anglatgan.

Shokolad haqida 25 ta "shirin" faktlar

9. 450 gramm shokolad ishlab chiqarish uchun 400 ta kakao donlari kerak boʻladi.

Shokolad haqida 25 ta "shirin" faktlar

10.Tadqiqotlar qora shokolad xotirani yaxshilashini, diqqatni, reaksiya vaqtini, hamda masalalar yechish koʻnikmalarini miyaga qon oqimini yaxshilash evaziga yaxshilashini koʻrsatdi. Bundan tashqari qora shokolad koʻrish sharoiti yomon boʻlganida (masalan, yomgʻir vaqtida) koʻrish qobiliyatini yaxshilaydi va qon bosimini pasayishiga yordam beradi.

Shokolad haqida 25 ta "shirin" faktlar

11. Asteklar kakao urugʻlarini donolik ilohi sovgʻasi deb hisoblaganlar. Ular shu qadar ahamiyatli ediki, qaysidir vaqtlarda ularni pul oʻrnida ishlatganlar.

Shokolad haqida 25 ta "shirin" faktlar

12. AQSH dagi eng qadimiy va yirik shokolad fabrikasi bu - Hershey's. U Milton Xershi tomonidan 1894 yili asoslanib, har yili milliard kilogramdan ortiq shokolad ishlab chiqaradi.

Shokolad haqida 25 ta "shirin" faktlar

13. Dunyodagi eng qimmatbaho shokolad plitkasi boʻlib, Cadburry hisoblanadi. U 100 yoshga toʻlgan. Shokolad kapitan Robert Skottga, uning Antartikaga qilgan birinchi ekspedisiyasiga, tegishli boʻlgan. Skott unga shu boʻyicha teginmagan. Shokolad Londonda 2001 yili auksionda 687 dollarga sotilgan edi.

Shokolad haqida 25 ta "shirin" faktlar

14. Texnik jihatdan oq shokolad - aslida shokolad emas. Uning tarkibida kakao yoʻq.

Shokolad haqida 25 ta "shirin" faktlar

15. 2012 yili Shveysariyada aholi jon boshiga dunyodagi eng koʻp shokolad isteʼmol qilish qayd etilgan edi. Har bir shveysariyalik yiliga oʻrtacha 11,8 kilogram shokolad isteʼmol qilgan edi. Amerikaliklar atigi 15 chi oʻrinni, 5,45 kilogram shokoladni yiliga isteʼmol qilib, egalladilar.

16. Kakao bizning sayyoramizda million yillar mobaynida oʻsadi. Ehtimol, bu tabiiy ozuqa manbalardan eng qadimiylaridan biri.

Shokolad haqida 25 ta "shirin" faktlar
Shokolad haqida 25 ta "shirin" faktlar

17. Kot-dʼIvuar bugungi kunda dunyodagi yetakchi kakao donlari ishlab chiqaruvchi boʻlib hisoblanadi. Kakao zahiralarining 37% aynan shu yerdan kelib chiqadi.

Shokolad haqida 25 ta "shirin" faktlar

18. Fabrika sharoitida ishlab chiqarilgan birinchi shokolad 1780 yili Barselonada tayyorlangan edi.

Shokolad haqida 25 ta "shirin" faktlar

19. Shokolad Ikkinchi Jahon urushi vaqtida askarlarning rasioniga kiritilgan edi. Yuqoridan kelgan koʻsatmalarga binoan, uning mazasi "suvda pishgan kartoshkadan bir oz mazaliroq" qilib modifikasiya qilingan edi. Bu askarlar shokoladni juda tez yemasliklari uchun qilingan edi.

Shokolad haqida 25 ta "shirin" faktlar

20. Texnik jihatdan, shokoladning asosiy ingredienti kakao donlari (cacao beans hisoblanadi, lekin butun sanoatda ular "cocoa beans" ("cocoa" - kakao soʻzidan) nomi bilan mashxur.

Shokolad haqida 25 ta "shirin" faktlar

21. Shokolad feniletilamin - afrodiziak effektiga ega - aminokislotani oʻz tarkibiga olgan. U ichkilikdan karaxtlik sindromini yoʻqotishga qodir.

Shokolad haqida 25 ta "shirin" faktlar

22. Amerika armiyasi Hershey's bilan birgalikda shokoladning yangi formulasini ishlab chiqdi. U shokolad issiqqa chidamliligini yaxshiladi. Bu armiya shokoladni sahrodagi operasiyalarga olishi imkonini bergan. Bunday texnologiyalar boʻyicha ishlab chiqilgan shokolad batonchalari 60 daraja Selsiyda ham qattiq boʻlib turgan.

Shokolad haqida 25 ta "shirin" faktlar

23. Shokoladning bir boʻlagi sizga 45 metr masofani bosib oʻtish uchun yetarli quvvat beradi.

Shokolad haqida 25 ta "shirin" faktlar

24. Belgiyada 17 000 ta odam shokolad ishlab chiqarish bilan shugʻullanadilar.

Shokolad haqida 25 ta "shirin" faktlar

25. Ommaviy isteʼmol uchun tayyorlangan birinchi shokolad plitkasi 1847 yili Bristolda joylashgan Fraya fabrikasida ishlab chiqarilgan edi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar