Oshxona

Shri-Lanka: diqqatga sazovor joylar va ular haqidagi qiziqarli maʼlumotlar

Shri-Lanka: diqqatga sazovor joylar va ular haqidagi qiziqarli maʼlumotlar

Shri Lanka soʻzi Sanskrit tilidan tarjima qilinganida “Hudo nazari tushgan joy” degan maʼnoni beradi.

Shri Lanka odamlarini rasmiy ravishda Lankiylar deb atashadi.

Mamlakat 1972 yilga qadar Seylon deb nomlangan.

Alut  Avurudi – Shir Lankaning Yangi yili boʻlib, uning aniq muddatini astrologlar hisoblab berishadi va odatda, ushbu sana aprel oyiga toʻgʻri keladi. 

Shri-Lanka: diqqatga sazovor joylar va ular haqidagi qiziqarli maʼlumotlar

Mamlakat aholisining 70 % ini buddaviylar tashkil qiladi.

Orolda dayving juda rivojlangan. Sababi, Shri Lanka suvlarida ekzotik baliqlar haddan tashqari koʻp.

Lankiylar bilan savdo-sotiq masalalarida tortishib boʻlmaydi.

Bu yerdagi eng mashhur mahalliy taom kottu hisoblanadi.U mayda toʻgʻralgan hamir boʻlib, xamir boʻlaklarini sabzavotlar, tuxum, baliq va goʻsht bilan qovurishadi.

Shri-Lanka: diqqatga sazovor joylar va ular haqidagi qiziqarli maʼlumotlar

Odam choʻqqisi

Ushbu nom bilan ataluvchi togʻ orolning gʻarbiy qismidan oʻrin olgan. Uning balandligi 2243 metrni tashkil qiladi. Togʻ choʻqqisida kichik ibodatxona mavjud boʻlib, buddaviylar bu yerni muqaddas deb hisoblashadi. Aytishlaricha bu yerda Buddaning oyoq izlari mavjud emish. Toqqa chiqish juda ham qiyin, amma shunga qaramay bu yerga kuniga minglab sayohatchilar tashrif buyurishadi. 

Shri-Lanka: diqqatga sazovor joylar va ular haqidagi qiziqarli maʼlumotlar

Sigiriya

Yuneskoning xalqaro meroslari roʻyxatiga kiritilgan ushbu yodgorlik oʻzida ulkan qoya darasini aks ettiradi. Bir zamonlar bu yerda shoh Kasapa tomonidan qalʼa qurilgan va uning atrofida favvorali bogʻlar barpo qilingan. Keyinchalik qalʼa ibodatxonaga aylantirilgan. 

Shri-Lanka: diqqatga sazovor joylar va ular haqidagi qiziqarli maʼlumotlar

Dambulla ibodatxonasi

Ushbu tosh ibodatxona – Janubiy Osiyodagi eng katta ibodat maskani sanaladi. Bu yerdagi ibodat joyi togʻning choʻqqisida, goʻzal oʻrmon oʻrtasida joylashgan. Aytishlaricha, hududda 150 ta budda haykallari bor, ularning 73 tasi oltin bilan qoplangan. Ibodatxona nafaqat buddaviylar, balki sayyohlar orasida ham juda mashhur.

Shri-Lanka: diqqatga sazovor joylar va ular haqidagi qiziqarli maʼlumotlar

Kumana milliy bogʻi

Ushbu bogʻ Shir Lanka orolining janubi-sharqiy qirgʻoqlarida, Kolombodan 391 km uzoqlikda joylashgan. Ushbu bogʻ oroldagi qushlarning koʻchish, uya qurish hamda koʻpayishi uchun eng qulay va asosiy joyardan biri sanaladi. Milliy bogʻ oʻzining goʻzal manzaralari, Kumana-Villu koʻli bilan nom qozongan. 

Shri-Lanka: diqqatga sazovor joylar va ular haqidagi qiziqarli maʼlumotlar

Kurunegala

Kurunegala – singal davlatining qadimgi poytaxtlaridan biri boʻlgan. Shahar Kolomboning shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Kurunegala shahri yettita togʻ bilan qurshab olingan, shaharning sharqiy qismida 150 metrlik qoya mavjud boʻlib, uning choʻqqisida Budda haykali ham bor. 

Shri-Lanka: diqqatga sazovor joylar va ular haqidagi qiziqarli maʼlumotlar

Ushbu qoya nafaqat mahalliy odamlar, balki butun dunyodan tashrif buyurgan turistlar orasida ham mashhur boʻlib ketgan. Kurunegalaning yana bir mashhur qismida koʻl joylashgan. Uning yonida esa 1922 yilda qurilgan ibodatxonani koʻrish mumkin.

Kurunegaladan birozgina narida, Ridigama qishlogʻida Ridi Vihara kumush ibodatxonasi bor. Afsonalarga koʻra, mamlakatni eramizdan avvalgi ikkinchi asrda boshqargan qirol Dutugemunu tomonidan boshlangan hududdagi ibodatxonaning qurilish ishlari yakunlanmay turib uning pullari tugab qoladi. Shu atrofdan topilgan kumush boʻlaklari qurilishni yakunlash uchun imkon beradi va natijada, ibodatxona kumushrang tusga kiradi.

Shri-Lanka: diqqatga sazovor joylar va ular haqidagi qiziqarli maʼlumotlar

Fillar Shri Lanka hayotida muhim oʻrin tutadi, shu sababli ham Pinnavela shaxrida davlatga qarashli fillar qoʻriqxonasi yaratilgan boʻlib, u 1975 yildan faoliyat yuritib keladi. Bu yerga ota-onasidan ayrilgan yoki brakonerlardan aziyat chekkan fil bolalari olib kelinadi.

Qoʻriqxonadagi fillar alohida parvarish qilinadi, ayrimlari dunyoning boshqa hayvonot bogʻlariga yetkazib beriladi.  Baʼzan turistlarga qoʻriqxonadagi fillarni sut bilan oziqlantirish imkoni ham beriladi.  

Shri-Lanka: diqqatga sazovor joylar va ular haqidagi qiziqarli maʼlumotlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar