Sibirdan haqiqiy “Oppogʻoy” – noyob tashqi koʻrinishli juda yosh model

Naryana ismli qizaloq sakkiz yoshda, u Yakutiyalik boʻlib, oddiy oilada yashaydi. Model agentliklari uni jon deb qandaydir qasrga koʻchirib oʻtib, u yerda ertayu kech fotosessiyalar oʻtkazish imkoniga ega boʻlishni istaydilar. Ammo uning onasi bunga qatʼiy qarshi. Qizaloqqa modellik karyerasini boshlashga hali juda erta, xozir maktabda oʻqib, bilim olsin. Oʻzining unikal va xech qayerda uchramas tashqi koʻrinishini nam qilishni, Naryana katta boʻlganida hal qiladi.


Naryananing barcha qarindoshlari qora rangdagi soch sohiblari va Yakitiyada yashovchilarga hos tashqi koʻrinishga ega, ammo bu qizaloq – albinos. Bu narsa Shimol xalqlarining genotipi bilan uygʻunlikda, rassom nuqtai nazarida, aqlbovar qilmas kombinasiyani beradi. Uning sochlari mutlaqo oq rangda, terisi sayqallangan chinniga oxshash, qoʻshimcha, nur taralib turuvchi koʻzlar va buddistlar ilohiyatiga oʻxshash chexra. Qizaloqni “Oppogʻoy” deb chaqirishlarining va doimo surʼatga olishga taklif qilishlarining xech ajablanarli joyi yoʻq.


Model boʻlib ishlash Naryana uchun deyarli oldindan aniq, bunday imkoniyatni qoʻldan chiqarish juda axmoqona, bundan tashqari qizaloq ham surʼatkashlar uchun qiyofalarda turishdan bosh tortmaydi. Ammo xozirda u – goʻdak, va shunga yarasha qiziqishlarga ega. Masalan, unga raqs va rassomlik yoqadi. Ota-onasi Albert va Elena bu albinism holati har bir sulolada birinchi bor uchrayotgan hol ekanini taʼkidlab, qizlarining bu qobiliyatini xech qaysi hollarda ekspluatasiya qilmasliklarini aytadilar. Qizaloqda xech boʻlmaganda, toʻla qonli bolalik boʻladi.


Oʻzini biror bir yangi ish bilan mashgʻul etib, reklamada surʼatga tushish, professional surʼatkashning taklifini qabul qilish bu bir narsa. Shukurki talab doimo bor va tanlash imkoniyati keng. Lekin onasi Elena qizi bu yoshda shartnomalar boʻyisha ishlashiga qatʼiy qarshi. Modelning mehnati, barchaga maʼlumki, soda qizlar tasavvuridagidek onson emas. Shuning uchun Naryana xozir bu kasbning asoslarini endigina oʻzlashtirmoqda, u uchun bu koʻproq oʻyindek goʻyo.



Koʻpgina surʼatkashlar Naryana boshqa albinoslardan ajralib turishini taʼkidlaydilar. U umuman koʻpchilik boshqa odamlardan ham farq qiladi. Aynan nima bilan ekani xozircha nomaʼlum. Uning qobiliyatlari endigina ochilmoqda. Biroq u bilan uchrashuvlar juda tajribali ustalarda ham katta taʼsurot qoldirmoqda. Professional surʼatkash Vladimir Rufovning soʻzlariga qaraganda, u qizaloqning artistizmi va sabr bardoshliligidan lol qolgan ekan. U kamera oldida ikki soatni tabassum bilan otkazgan.



Ammo xammasi ham silliq emas deb taʼkidlagan Rufob. Naryanaga yorqin chiroq yoqmas ekan. Albinoslar koʻrish organlari uchun bu juda ham hos holat. Bu holda u butun gʻoyaga oʻziga hoslikni ato etadi. Eksperimentlar oʻtkazib, oldindan yoʻlga qoʻyilgan metodikalarni oʻzgatirish va yangi yoʻllarni izlashga toʻgʻri keladi. Bu juda qiyin, lekin, Naryananing oʻzi uchun ham, qiziqarli. U surʼatkashlar bilan juda onson til topishadi.



Naryana tez orada ulgʻayadi va biz hali koʻp marotaba, buyuk Sibirlik boʻlgan, goʻzal-oppagʻoy haqida koʻrib va eshtib qolsak kerak.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



