Simobli termometr singanda qanday yoʻl tutish zarur?

Shunday boʻlsada haligacha simobli termometrlar aholi orasida keng qollaniladi. Shu boisdan havfsizlik choralarini bilib qoʻyish joiz. Avvalam bor simobli termometrlarni maxsus qadoqlarda va bolalar qoʻli yetmaydigan joylarda saqlang.Shunga qaramay simobli termometringiz sinib qoldi, hoʻsh,qanday yoʻl tutishni bilasizmi? Quyida rioya qilinishi kerak boʻlgan qoidalarni keltirib oʻtamiz:

1.Aynan bizga havf tugʻdiradigan holat bu simobni bugʻlanishidir. Bunday bugʻdan nafas olganda organizmning zaharlanishi yuzaga keladi. Simob havo harorati +18 dan yuqori darajada bugʻlanadi. Demak birinchi navbatda xona derazalarini ochib shamollatishga kirishing.

2.Aslo toʻkilgan simobni changyutgich yordamida tozalashga urunmang. Buning uchun skotch lentasidan foydalaning. Agar simob biror bir teshik yoki chuqurchaga toʻkilgan boʻlsa, burun tozalash uchun qoʻllaniladigan aspirator yordamida tozalab olishingiz mumkin. Biroq simob yigʻilgan buyumni tashlab yuborishni unutmang.

3.Bordiyu simob sizni qoʻlingiz yetmaydigan joyga toʻkilgan boʻlsa uni maxsus uy sharoitida tayyorlangan aralashma yordamida zararsizlantirish mumkin.Aralashmani tayyorlash uchun 1litr suvga 40 gr qirgʻishdan chiqarilgan xoʻjalik sovuni va 50 gr soda soling va ushbu aralashmani simob toʻkilgan joyga quying.
Havfsizlik qoidalariga rioya qilishni unutmang va Jahon Sogʻliqni Saqlash tashkiloti tavsiya qilganidek elektron termometrlardan foydalaning.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



