Sizning uy raqamingiz nimani bildiradi: olimlarni ajoyib kashfiyotlari

Hayot mobaynida turli xil raqamlar uchraydi, ularga yaxshilab ahamiyat berish kerak, chunki ular nimadandir ogohlantirishi, toʻgri yoʻlni koʻrsatishi mumkin, tumor boʻlib xizmat qiladi.
Ezoterik fanida “numerologiya” odam yashaydigan kvartira raqamini egallaydi. Nega baʼzilar uylarga kirganda oʻzlarini mustahkam qoʻrgʻonda yashayotgandek his qiladi-yu, boshqalar boʻlsa uylariga kirishi bilan kayfiyatlari tushib ketadi. Bu hammasi sizning energetikangiz uyingiz raqami bilan toʻgʻri kelishiga bogʻliq. Azaldan beri bizning ajdodlarimiz xushyorlik bilan uy qurish uchun joy tanlashgan, eshiklarni tanlashda alohida eʼtibor qaratishgan, ularni gerblar, haykaltaroshlik va oʻymakorlik bilan bezatishgan. Zamonaviy dunyoda, asosan koʻp qavatli uylarda, ularning eshigida koʻpincha uyning raqami ilingan boʻladi, lekin aynan u shu joyda yashaydigan odamlar uchun xabarlar oqimi “portal” hisoblanadi. Hullas, uyingiz raqamini bilish uchun, aniq raqam chiqmagunicha raqamlarni qoʻshib boraverasiz. Masalan, uyingiz raqami 525 (5+2+5=12=1+2=3). Uyingiz numerologik raqami – “3”.


Bunday raqamli xonadon har doim ijod tashabbusi va pozitiv energiyaga toʻla. Bu abadiy bayramlar uyi. Bu xonadonda yashaydigan insonlar, atrofdagilarni oʻziga qaratishni yoqtiradilar, shuning uchun shu yerda rassomlar, jurnalistlar va yozuvchilar oʻzlarni yaxshi his qiladilar. Aynan ijod namoyondalari shu xonadonda begʻamlik va qulaylikni hayot kechiradilar. Bu yer qoronʼgi boʻlishi kerak emas, shuning uchun yoritgichlarni soni belgilanmagan, rangning ustunligiga qizil – sariq rangni tanlash mumkin. Bu uyning omadi faqat toza qalbli inson bilan birga boʻladi. Yomonlar boʻlsa bunday uyda qashshoq boʻlib yashaydi. Muhimi, 1 raqamli uylarga va xonadonlarga boʻydoq odam koʻchib kelishi kerak emas, boʻlmasam u butun umrga yolgʻizlikda qolib ketishi mumkin.

Bu juft raqam, shuning uchun shu raqamli xonadon – sevishgan juftlik uchun “boshpana” dir. Bu yerda janjallar, boshlanmasidan oʻchadi, shuning uchun juftliklar ahil va baxtli urushmasdan hayot kechiradilar. Bunday uylar bexavotir va vazmin odamlar va tinch hayot tarzini tanlaganlar uchun mosdir. Hissiy joʻshqinlikka ega odamlar bu uyda oʻzlarini noqulay his qiladilar – u boʻlsa “xoʻjayinini” jabrlaydi.

Bunday uy har doim energiyaga toʻla, qanday yoʻnalishda boʻlishidan qatʼiy nazar. Uyning – “uchtali” devorlari har doim yashayotgan odamlarni kuchga toʻldiradi. Ammo hamma ham bu energiyani kerakli oʻzanga yoʻnaltirib berolmaydi. Hamma ham boshlagan ishini oxirigacha yetkaza olmaydi, shuning uchun aqli past odamlarga 3 raqamli uy toʻgʻri kelmaydi – ularda pul suvdek oqib ketadi, oxirida natija esa koʻrinmaydi.

Bu uy bir maromdalik va mustahkamligi bilan farq qiladi. Hamma belgilangan ishlar bu yerda reja boʻyicha ketadi va har doim ijobiy natija bilan tugaydi. Dangasaga bu uyda juda qiyin, hatto baʼzi paytlarda chidab boʻlmaydi, lekin ishchan odamga ham bu yerdagi ishlardan boshi gangib qoladi – uy shuncha ishni qalashtirib tashlaydiki, ularni hamasiga sogʻligʻim yetarmikan, deb oʻylab qoladi.

“Besh” – uy saʼnat va ijodchilarni yaxshi koʻradi. Bu uy har xil gʻoyalarga toʻla , shuning uchun bu yer saʼnatga qiziqadigan odamlarga mos. Hamma ijodiy ishlar kerakli oʻzanga yoʻnaltirilgan. “Besh”da yashovchi oddiy odamlar vaqt oʻtishi bilan noodatiy fikrlashni boshlaydi. “Besh” xoʻjayinidan tavakkal qilishni talab qiladi. Agarda odam bu narsalarga tayyor boʻlmasa, faqat uyda tinchgina dam olmoqchi boʻlsa, bu uy unga qulay boʻlmaydi.

Agar sizning uyingizda 6 raqami boʻlsa, ijobiy va iliq his – tuygʻular sizni kuzatib borishiga tayyor turing, chunki “olti” raqami tuygʻularga javob beradi. Koʻpincha bu uyda yashovchi oilalar – koʻp bolali, yaxshi, ajralmas oila namunasidir. Ular qoʻshnilar bilan ham juda inoq.

Uy – “yetti” moliyaviy tarafdan keraklicha aldoqchidir. Katta pullarni bu yerda kutishdan foyda yoʻq. Ammo bunday “uya” moliyaviy yoʻnalishga qiziqmaydigan, oʻzini ichki olami bilan yashaydigan, meditatsiya qiladigan hamda oʻzini – oʻzi takomillashtiradigan odamga juda toʻgʻri keladi.

Ha “sakkiz” raqami “yetti” dan farqli, moddiy farovonlik va karyerada oʻsish. Bu uy har doim toʻla kosadir! Bu uy ratsionalizatorlik gʻoyalarini beruvchi odamlar uchun juda qulaydir. Bulutlarda uchib yurishni yoqtiradiganlar uchun maʼqul kelishi qiyin.

“Toʻqqiz” boshqalarni oʻzidan koʻra koʻproq yaxshi koʻradiganlar uchun xizmat qiladi. Bu uy yaqinlariga mehribonlik bilan toʻlgan. Umri davomida koʻp qiyinchiliklarni boshidan oʻtkazgan odam shu yerda toshli devorlardan qilingan uyda hamma koʻngilsizliklardan uzoqda yashashi mumkin. Bu yerda asosan hayot qiyinchiliklarini koʻrgan dono va oʻzining falsafasi bilan shugʻullangan odamlar yashashi mumkin.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



