Skarlett Yoxansson: Gollivudning eng omadli mallasoch ayoli haqida 10 ta qiziqarli fakt

2016 yilda Skarlett yilning eng kassabop aktrisasi deb topilgan: uning ishtirokida suratga olingan "Ilk qasoskor: qarama qarshilik” va "Yashasin Sezar!" filmlari 1,2 milliard dollar daromad olgan.

Bolaligidan u Patrik Sueyzini "Nopok Raqslar" filmida ijro etgan roli orqali sevib keladi.

Skarlettning uch nafar aka-ukasi va bir opasi bor. Uning egizak akasi Hunter bilan yaqin munosabatlari saqlanib qolgan. Ular tashqi koʻrinishi jihatidan bir-biriga unchalik ham oʻxshash emas, lekin bolaligidan bir-birlarini qoʻllab-quvvatlab turishgan, ayniqsa ota-onalari ajrashganlarida.

Skarlettning opasi, Vanessa ham aktrisalik faoliyati bilan shugʻullanadi. Ammo bu sohada unchalik muvaffaqiyat qozona olmagan. Ushbu sohadagi 20 yillik faoliyati davomida u faqat 8 filmda rol oʻynadi. Asosan ikkinchi darajali va epizodik rollarda koʻrinish bergan.

Toʻliq metrajli filmdagi ilk rolini 9 yoshligida ijro qilgan.

Vaqti-vaqti bilan, kayfiyatga qarab, aktrisa oʻziga tatuirovka chizdirib ham turadi. Uning 4ta tatuirovkasi bor: shafaq, omadkeltiruvchi taqa, "Men Nyu-Yorkni yaxshi koʻraman" soʻzi va "A" harfi yozilgan sirli belgi.

Skarlettning birinchi eri Rayan Reynolds edi. Ular 2008 yil sentyabr oyida turmush qurishdi va ikki yildan soʻng ajrashishdi. “Yulduzli juftlik uchun munosabatlarni rivojlantirish har doim qiyin. Vaqtingizni aniq tartibga solish kerak, ayniqsa ikkalangizning kariyerangiz oʻsayotgan paytda. Agar ulardan biri boshqasiga qaraganda muvaffaqiyatli boʻlsa, unda vaziyat yanada murakkablashadi. Shunda siz oʻzaro munosabatlarga xalaqit beradigan raqobat xissidan qochib qutula olmaysiz ", - Skarlett voqeani shunday sharhlaydi. Oʻsha yillarda uning aktyorlik karerasi sobiq erinikiga qaraganda ancha yaxshi rivojlanayotgan edi.

2017 yil 2 mart kuni aktrisa ikkinchi marta ajralish uchun ariza berganini eʼlon qildi. Bu safar fransuz jurnalisti Romen Doriak bilan. Birgalikda ular besh yil hayot kechirishdi va bir nafar qiz farzandli boʻlishgan edi.

Aktrisaning Parijda popkorn doʻkoni bor. Ikkinchi turmushi chogʻida u Fransiyada koʻp vaqt isteʼqomat qildi va aynan oʻsha pallalarda sevimli shirinligi yoʻqligi unga yaxshigina sezildi. Shu bois u oʻzining makkajoʻxori kafesini ochdi. Ochilish paytida u peshtaxta ortida turardi. Aytish kerakki, tushunmovchiliklar ham boʻldi, fransuzlarni popkornga ham oʻrgatishdi. Ular popkornga gʻayrioddiy ingredientlar qoʻshishdi: shalfey, parmesan va qaymoqli qulupnay.

Aktrisa hunuk ayol roʻlini ijro etishni juda ham istaydi. Shu oʻrinda aytib oʻtish kerakki, Skarlett “Ajdaho belgili qiz” filmi uchun kastingga tashrif buyurganida filmga istarali aktrisa olish istagida emasliklarini aytib uni rad etishgan.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



