Oshxona

Sopol va yogʻoch idishlar xususiyati

Sopol va yogʻoch idishlar xususiyati

Ayrim ixlosmand ayollar va chekka qishloqlarda hanuzgacha bunday idishlar ishlatayotganliklarini koʻrish mumkin. Bu kabi  idishlarda saqlanadigan yemishlar uzoq vaqt mobaynida oʻz hususiyatini saqlab turadi. Yogʻochda oshlovchi modda mavjud boʻlib, bu bakteriyalar koʻpayishining oldini oladi. Taom tez buzilishidan saqlaydi va inson organizmi uchun foydali moddalarni saqlab qoladi. 

Sopol va yogʻoch idishlar xususiyati

Shunday qilib aytishimiz mumkinki, yogʻoch oʻzidagi foydali hususiyatni taom orqali insonga yetkazib beradi. Murabbo  tayyorlashda yogʻoch qoshiqning ahamiyati juda yuqori. Murabbo tayyorlashda mevalar metall idishda  ezilib ketadi, yogʻoch idishda esa butunligicha turadi. Ovqatlar va shifobaxsh giyohlar tayyorlashda yoʻgʻoch qoshiqdan foydalanilsa sabzavot va giyoh tarkibidagi vitaminlar parchalanmaydi.  Eng muhimi zararli ishqorlanish yuz bermaydi. 

Sopol va yogʻoch idishlar xususiyati

Sopol idishlar ham inson qoʻl mehnati mahsulidir. Avvallari hattoki  sopol tovoqda suv qaynatishgan, taomlar tayyorlashgan. Ovqatlar pishirishda idishlar shakli ham muhim ahamiyatni kasb qilgan. Pastki qismi keng, ogʻzi esa tor idishda taom xil xil boʻlib pishadi. foydali moddalarni saqlab qoladi. 

Sopol va yogʻoch idishlar xususiyati

Xozirgi kunda ham sopol koʻzachalarda shoʻrvalar tayyorlanadi. Chunki koʻpchilik bu usuldagi taomning foydali hususuyatlaridan habardor. Hozirgi kunda yupqa alyumin va boshqa metallardan tayyorlangan zamonaviy idish tovoqlar paydo boʻldi. Togʻri shu kabi idishlarga ham koʻnikib qolganmiz. Biroq sizga sopol va yogʻoch idishlardan ham foydalanib  koʻrishni maslaxat beramiz.

Sopol va yogʻoch idishlar xususiyati
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar