Qiziqarli

Sovgʻa tanlash va berish qoidalari

Sovgʻa tanlash va berish qoidalari

Sovgʻa tanlash osondek tuyiladi, biroq uning ham oʻziga yarasha qiyinchiliklari bor. Savgʻalar har tomonlama turlicha boʻlgani kabi odamlar va ularning qiziqishlari ham har xil boʻlishini juda yaxshi bilamiz.

Sovgʻa tanlash va berish qoidalari

Ozgina eʼtibor belgisi- ogʻir ish kunini ham bayramona kayfiyatga aylantirish hususiyatiga ega. Gul, shirinlik, kichik suvenir, qiziqarli kitob – bularning barchasi xursandchilik olib keladi. Sovgʻa necha pul turishidan qatiiy nazar,agar u chin koʻngildan hadya etilsa, odamlarda sovgʻa bergan insonlarga nisbatan samimiylik hissini uygʻotadi. Biroq sovgʻani tanlashni ham, hadya etishni ham bilish kerak. Bunda sovgʻa beruvchining didi , fantaziyasi zarur.

Sovgʻa tanlash va berish qoidalari

Koʻpgina sovgʻalar faqatgina belgili ahamiyatga ega – bu tuygʻularni oʻziga hos tarzda bildirishdir. Yashirin maʼnoli juda arzon sovgʻa ham egasi uchun ancha katta qiymatga ega boʻlishi mumkin. Sovgʻaning narxi hadya etuvchining moddiy imkoniyatlariga mos kelishi kerak. Sovgʻa berilayotgan insonning imkoniyatlari, ehtiyojlari, feʼl atvori, didi, qiziqishlari va hayot tarziga hos boʻlishi kerak.

Sovgʻa tanlash va berish qoidalari

Kimga nima sovgʻa qilish kerak? Oʻz feʼl-atvorini sezdirmaydigan inson boʻlsa ham – har bir sovgʻa uning feʼl atvori koʻzgusidir. Sovgʻa taqdim etish – bayram sababchisining oldidagi qarz emas, balki eng avvalo unga nisbatan boʻlgan hurmat va eʼtiboridir.

Sovgʻa tanlash va berish qoidalari

Oila aʼzolariga sovgʻa hadya etish unchalik mushkul vazifa emas, negaki ularning nimadan hursand boʻlishlarini bilasiz. Oilada imkon qadar istalgan narsani –gullardan to ichki koʻylaklargacha sovgʻa qilish mumkin.

Barcha oila aʼzolari foydalanadigan xoʻjalik vositalari qatoriga sovgʻa kirmaydi.

Sovgʻa tanlash va berish qoidalari

Sovgʻalar-bu juda yoqimli. Sevimli ayollar uchun erkak tomonidan hadya etilgan sovgʻa esa yanada yoqimliroq! Xurmatli erkaklar, xohish, sabab va imkoniyatingiz bor ekan, oʻz oilangizdagi yaqinlaringizdan hursandchilik, mehr va muhabbatingizni ayamang. Tanlagan sovgʻangiz oʻta qimmatbaho boʻlmasa-da, biroq uni chin dildan taqdim etsangiz ayolingiz oʻzini qanchalar baxtiyor his qilishini tasavvur ham qila olmaysiz.  

Sovgʻa tanlash va berish qoidalari

Aynan mana shunday sovgʻalarni ayollar qadrlab, saqlab qoʻyishadi. Ishoning, ayol kishiga eng muhimi muhabbat, eʼtibor va gʻamhorlik kerak, qolgan barcha narsalar ikkinchi darajali hisoblanadi!

Sovgʻa tanlash va berish qoidalari

Ayoliga palto yoki shu kabi qimmatbaho sovgʻa olish istagidagi erkaklar rafiqasining oʻzi tanlashi uchun imkoniyat tugʻdirsa yanayam yaxshi. Bunday vaziyatda kutilmaganlik boʻlmaydi desangiz, ana shu sovgʻa yoniga qandaydir kichikroq sovgʻani sezdirmay qoʻshib qoʻyishingiz mumkin. Yangi paltoning choʻntagidan kichikroq kosmetik toʻplam yoki kichik atir, sovgʻali paketni ochib, ichidan toʻsatdan bejirim sharf, goʻzal taqinchoq yoki sochlar uchun oʻziga hos toʻgʻnogʻich topib olsalar naqadar yoqimli.

Sovgʻa tanlash va berish qoidalari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar