Foydali

Stressdan qutulish uchun super-tavsiyalar

Stressdan qutulish uchun super-tavsiyalar

 

Bular oʻziga ishonmaslik, gʻamginlik, tushkunlik kayfiyati, umidsizlik, tasavvurlarning bir qolipga tushib qolishi, xohish-istakning kamayishi, harakatlarning chegaralanishi bilan namoyon boʻladi. Ushbu holatlar koʻpgina ruhiy kasalliklarda kuzatiladi.Surunkali oʻta toliqish ruhiy ozor yetkazadigan sharoit, gʻam-gʻussalar ham depressiyaga sabab boʻlishi mumkin. Depressiya alomatlari turlicha namoyon boʻladi. Baʼzi turlarida fikrlash, savollarga javob qaytarish, baʼzan hatto harakat qilish qiyinlashadi. Bemor gʻamgin koʻrinadi, ayni vaqtda ishtahadan qolib, ozib ketadi, yurak urishi va qon bosimi oʻzgaradi, boshi ogʻriydi, qabziyat boʻladi, terisi qurishib qoladi yoki ter bosadi. 

Stressdan qutulish uchun super-tavsiyalar

Depressiyaning baʼzi turlarida bemoroʻzini irodasizlikda ayblaydi, kasallikka, azob-uqubatlarga duchor boʻldim deb oʻylaydi, oilasi uchun keraksiz kishi, gunohkor deb hisoblaydi. Ushbu holat moddalar almashinuvining buzilishi va endokrin kasalliklar bilan birga kechadi. 

Stressdan qutulish uchun super-tavsiyalar

 

* Uyda, ishda, jamoada sogʻlom ruhiy muhitni yaratish, bir biriga yaxshilik istagi va oʻzgalarga quvonch baxsh etish inson umrini uzaytiradi.

 

* Oʻksinish, xafagarchilikni tezda yoddan chiqarish, kek saqlamaslik, ehtiroslarni tiya bilish asab tizimini mustahkamlaydi.

 

* Bir vaqtning oʻzida kulish ham yigʻlashni begʻubor bolalardan oʻrganish zarur. Emotsiyalarni chiniqtirish va tarbiyalash lozim. 

Stressdan qutulish uchun super-tavsiyalar

* Asabiylashish tufayli paydo boʻlgan adrenalin (energiya)ni mushaklarga berish lozim, shunda asab tolalari va qon tomirlar himoyalanadi.

 

* Yoqimli musiqaning salbiy emotsiyalarni bosish va charchoqlik hissini yoʻqotishda ahamiyati katta.

 

* Musiqa va sheʼriyat insonning soʻz orqali ifodalay olmagan nozik tuygʻularini ifoda etadi va tanaga orom bagʻishlaydi. 

Stressdan qutulish uchun super-tavsiyalar

* Ijobiy stresslar, haqiqiy kulgu va jilmayish bosh miya qon tomirlari orqali oʻtadigan qon miqdorini oshirib, miya toʻqimasini kislorod bilan taʼminlanishini yaxshilaydi.

 

* Chin kulgu miyani chiqindilardan tozalab, ruhiyatni tetik va yengillashtiradi, kayfiyatni koʻtarib, taranglashishni kamaytiradi.

 

* Ertalab odatdagidan 10 daqiqa oldin turing, kiyadigan kiyimlar, zaruriy ish qogʻozlari, hujjatlarni yotishdan oldin tayyorlab qoʻying va hakozo. 

Stressdan qutulish uchun super-tavsiyalar

* Xotirangizga ishonmang, kundalik tuting va eng asosiy ishlarni yozib boring.

 

* Bugungi ishni ertaga qoʻymang, bu stress chaqiradi.

 

* Zerikarli, hayotdan noliydigan insonlardan yiroq boʻling.

 

Stressdan qutulish uchun super-tavsiyalar

* Ish paytida vaqti-vaqti bilan mashqlar bajaring, bir xil holatda koʻp oʻtirib qolmang.

 

* 7-8 soat toʻyib uxlang.

 

* Ish qogʻozlaringiz, narsalaringiz,uydagi jihozlarni tartibga va bir tizimga keltirib oling.

 

Stressdan qutulish uchun super-tavsiyalar

* Chuqur, sekin nafas oling va chiqaring hamda boʻshashing. Asabiylashsangiz bir necha marta chuqur-chuqur nafas oling va jilmaying.

 

* Kundalik turmushni yaxshi tomonga oʻzgartiring, yangi soch turmagi, yangi kiyim, kostyum va hakozo. Bu sizga hayotiy quvonch bagʻishlaydi, oʻzingizga hurmatingiz ortadi.

 

* Dam olish kunlarini yaxshi oʻtkazishga harakat qiling, ijodiy yondoshing, bir xil turmush tarzini yaxshi tomonga oʻzgartiring.

 

Stressdan qutulish uchun super-tavsiyalar

 

* Kechirimli boʻling, unuting, shikoyat, arz qilmang, baqirmang, odamlardan nolimang, ularning xarakteri va imkoniyatlari har xil ekanini tushuning.

 

* Faqat yaxshi niyatda yuring, fikringiz ezguliklar bilan band boʻlsin.

Stressdan qutulish uchun super-tavsiyalar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar