Qiziqarli

Sunbul sochlar parvarishi

Sunbul sochlar parvarishi

Soch parvarishida eng muhimi uni toza holda saqlashdir. Shampun, balzam va boshqavositalarni tanlashda, albatta, soch turi, holatini eʼtiborga oling. Chayishda esa turli dorivor oʻtlar damlamasidan foydalansangiz, yanada yaxshi. Bunda moychechak, gazanda oʻt, yalpiz, dalachoy oʻtlaridan foydalanish mumkin.

Sunbul sochlar parvarishi

Shuningdek, limon, sirka (1 choy qoshigʻi 1 litr suvga) qoʻshilgan suvda chayish ham sochlaringizni jilvakor qiladi. Sochlarning ham yuz terisi kabi quruq, oʻrta vayogʻli turlariga boʻlish mumkin. Sochlarning quruqlashishiga biron kasallik,vitaminlar yetishmasligi yohud kimyoviy vositalardan koʻp foydalanish sabab boʻlishi mumkin. Quruq sochlar moʻrt, jilosiz, zaif boʻladi. 

Bundaysochlarni yanada quruqlashishiga olib keladigan muolajalar – boʻyash, rangsizlantirish, kimyoviy jingalak qilishdan kamroq foydalanish kerak. Agar soch uchlari «gullab» ketgan boʻlsa, vaqti – vaqti bilan kesib, biron oʻsimlikmoyi yoki tarkibida A vitamini boʻlgan krem surting.

Sunbul sochlar parvarishi

Sochlarning yogʻli boʻlishi yogʻ bezlari funksiyasining meʼyordan ortiq ishlashi bilan bogʻliq. Bunda koʻp hollarda soch toʻkilishi,qazgʻoqlarning paydo boʻlishi kuzatiladi.

 

Soch yuvishda shampun oʻrnida quyidagi tabiiy vositalardan foydalanish mumkin:

Qadimdan qoʻllanib kelingan vosita – qatiq xaqiqatdan ham sochga juda foydalidir. U soch tolalarida oʻziga xos qobiq hosil qilib, uniturli zararli taʼsirlardan himoya qiladi, oziqlantiradi. Qatiq sochga 20 – 30 daqiqaga surtilib, soʻng shampun bilan yuviladi.

Sunbul sochlar parvarishi

Tuxum ham soch yuvishda ajoyib vositadir. Uning tarkibida barcha foydali aminokislotalar mavjud. Ishlatishdan oldin ozgina iliq suvda koʻpirtirilib,sochga surtiladi.

 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar