Foydali

Suratga olish maydonchasida topishgan Bollivud yulduzlari

Suratga olish maydonchasida topishgan Bollivud yulduzlari

Ularning munosabatlari “Tezlik 2” filmining suratga olish jarayonida  boshlangan. Lekin ular ancha oldin 1997 –yilda Aishvariyaning debyut filmini suratga olish jarayonida tanishishgan edi. Bu filmda Aishvariya bilan partnyor boʻlib boʻlajak turmush oʻrtogʻining eng yaqin doʻsti Bobbi Deol rol ijro etganlar. Kinomotogrof ikki yulduzni yana birlashtirishni istagan, biroq yulduzlar faqatgina doʻstona aloqada qolishgan: ikkala yulduzning ham shaxsiy munosabatlari bor edi. 

Suratga olish maydonchasida topishgan Bollivud yulduzlari

Biroq hammasi 2006-yilda aktyorlar ketma ket 3 filmda suratga tushganlarida oʻzgarib ketdi: “Goʻzal Laknau”, “Guru” va “Tezlik-2”. Aishvaria Rai va Abhishek Bachchanning munosabatlari tezlik bilan mustaxkamlanib bordi va ular 2007-yil aprel oyida ular unashtirildilar. 

Suratga olish maydonchasida topishgan Bollivud yulduzlari

2011 – yil noyabr oyida yulduzlar Aradya ismli qizaloqning ota-onasi boʻlishdi. Ular 10 yil oldin ilk sevgi munosabatlarini boshlagan chogʻlaridagi hurmatni hali hanuzgacha mustaxkam saqlab kelishmoqda. 

Suratga olish maydonchasida topishgan Bollivud yulduzlari

Aktyorlar oʻtasida ishqiy munosabatlar 2007 – yilda boshlangan. “Tashan” filmining suratga olish jarayonlarida bir qancha epizodlar Hind saxrolarida suratga olingan. Bu film ularning ikkinchi filmlari edi, bundan oldin ular birgalikda “Boshqaruv chizigʻi"  filmida birga ishlaganlar. Ushbu filmlar jarayonida ehtirosga boy saxnalar boʻlmagan. 

Suratga olish maydonchasida topishgan Bollivud yulduzlari

Lekin muhlislarning koʻz oldida suratga olish  maydonchasida ularning oʻzlarini tutgan hatti harakatlari muhlislarni hayratga solgan. Ular shaxsiy munosabatlariga ega boʻlsalarda oʻz his tuygʻularini berkita olmaganlar. Karina Kopur oʻsha paytlarda Shaxid Kopur bilan ishqiy aloqada boʻlgan (ularning munosabatlari ham aynan suratga olish maydonchasida vujudga kelgan edi). Saif Ali xon oilali va farzandli inson edi. Saif Ali Xon aynan Karina Kopur uchun oʻz oilasi va farzandlaridan ketgan. Yulduzli juftlik besh yil davomida qonuniy nikohdan oʻtgan holda birgalikda yashab kelmoqdalar. Ular Xind diyorining ananalariga muvofiq munosabatlarini qonuniylashtirishgan. Turmushlarining ikkinchi yilida Karina Saifga turmush qurishlaridan oldin karerasi borasida shart qoʻygani yoʻqsa ular ajralishlari togʻrisidagi  kelishuvlarini aytib oʻtdi. Koʻrib turganingizdek Saif Ali Xon rozilik bildirgan va ular turmush qurishgan. 

Suratga olish maydonchasida topishgan Bollivud yulduzlari

Hozirgi kunda yulduzlar oldingidek birga va ular birgalikda har hil loyixalarda ishtirok etib kelmoqdalar. Misol tariqasida “Agent Vinot” ni olishimiz mumkin. 

Suratga olish maydonchasida topishgan Bollivud yulduzlari

Qisqa roman juftliklar oʻrtasida 2010 – yilda “Uchqunlar” filmining suratga olish jarayonlarida boshlangan edi. Bollivudning yorqin timsoli Ritik Roshan va meksikalik goʻzal Barbara Mori sevishganlar roʻlini ijro etishdi. Ularning ishqiy munosabatlarini suratga olish maydonchalaridan tashqarida paparatsiyalar tomonidan olingan rasmlardan bilib qolishdi. Biroq munosabatlari uzoqqa choʻzilmadi. Ular atigi bir qancha oy uchrashib yurishdi. Mish mishlarga qaraganda 2014 –yilda Ritik Roshan va Suzannaning oilasi buzilishidagi asosiy sabab ham aynan shu munosabat boʻlgan emish…

Suratga olish maydonchasida topishgan Bollivud yulduzlari

Barbara Mori oʻzining munosabatini oshkor bildirishni xohlamasdi.  Biroq u bir safar muhbirning “Uchqunlar” filmidagi partnyoriga oshiqligi toʻgʻrisidagi savolga noaniq javob berdi: “Ritik yaxshi inson, muloyim erkak, ajoyib aktyor va katta yurak sohibi. Uni har qanday ayol ham sevib qolishi mumkin” degan edi. 

Suratga olish maydonchasida topishgan Bollivud yulduzlari

Aktyorlar 2009 – yilda “Gʻaroyib oshiq” filmida sevishganlar rolini ijro etdi. Shunday qilib ushbu kartina ikki ishqiy aloqaga yakun yasadi. Katrina Kaif ushbu vaqtlarda Salmon Xon bilan Ranbir Kapur esa Deepika Podukone bilan birga edilar. Bir yil oʻtishi bilanoq ushbu ikki juftliklar ajralishdi. Katrina va Ranbir esa yana birgalikda suratga tushishga “Siyosatchilar” filmiga taklif qilindilar. Shundan soʻng ular omma oldida birgalikda namoyon boʻla boshladilar. Lekin munosabatlari toʻgʻrisida hech kimga aniq aytib oʻtmadilar. 

Suratga olish maydonchasida topishgan Bollivud yulduzlari

Muhbir va muhlislarning taxminlari toʻgʻri boʻlib chiqdi. Ularni 2012-yilda Nyu Yorkdagi Rojdestvo bayrmida birga uchratishdi, yarim yil oʻtar oʻtmas paparatsiya Ispaniya orollarida birgalikda xordiq olayotganlarini namoyish qildi. Biroq ish toʻygacha yetib bormadi. Balki endi bormasa ham kerak. Katrina va Ranbir ajraldik deb aniq aytmagan boʻlsalarda, birgalikda namoyon boʻlmay qoʻydilar. Ranbir oʻzining yangi “Tomosha” filmida  birinchi muhabbati boʻlmish Deepika Podukone (yaqindagina Xindistondagi eng chiroyli ayol deya eʼtirof etilgan goʻzal aktrisa)  bilan birgalikda rol ijro etdi.

Suratga olish maydonchasida topishgan Bollivud yulduzlari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar