Oshxona

Surunkali charchoq sindromiga qarshi kurashamiz!

Surunkali charchoq sindromiga qarshi kurashamiz!

1 stakan tozalangan yongʻoq, shuncha asal va limonni tayyorlab oling. Yongʻoq magʻzi va limonni maydalang, ustidan suyuq asal quyib, aralashtiring-da, sovutgichga solib qoʻying. Ushbu aralashmani kuniga 3 marta 1 osh qoshiqdan 2 hafta davomida qabul qilasiz.

Surunkali charchoq sindromiga qarshi kurashamiz!

2. Yangi siqib olingan uzum sharbatini kuniga 2 osh qoshiq miqdorida ovqatdan oldin ichish ham juda yaxshi natija beradi. Muolajani oʻzingizni yaxshi his qila boshlamaganingizgacha davom ettiravering.

Surunkali charchoq sindromiga qarshi kurashamiz!

3.  Qaragʻay ignalari ham bu borada juda yaxshi yordam beradi. Buning uchun ignalarni yuvib quritasiz va gaz pechida 15 daqiqa quritib olasiz. Keyin 2 osh qoshiq ignalarni maydalab ustidan 200 ml suv quyasiz va past olovda 30 daqiqa qaynatasiz. Damlamaga 3 oshqoshiq asal qoʻshib bir soatga damlab qoʻygach, uyqu oldidan 1 osh qoshiqdan 10 kun isteʼmol qilib borasiz.

Surunkali charchoq sindromiga qarshi kurashamiz!

4. Mana bu eski retseptning ham foydasi juda katta. Buning uchun 200 ml sut, 1 osh qoshiq asal va 0,5 stakan quritilgan moychechak kerak boʻladi. Sut moychechak ustidan quyiladi va qaynash holatiga keltiriladi. Asal solib eritilgach, dokada suziladi va uyqu oldidan ichiladi. 

Surunkali charchoq sindromiga qarshi kurashamiz!

5.Immunitetni oshirish uchun tozalangan qovoq urugʻlari va asal aralashmasining ham foydasi katta. Buning uchun yarim stakan tozalanagan urugʻ ustiga suyuq asal qoʻshiladi va och qoringa 1 osh qoshiqdan 3 hafta davomida isteʼmol qilinadi.

Surunkali charchoq sindromiga qarshi kurashamiz!
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar