Texnologiya

Tabobat ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino: hayoti va faoliyati

Tabobat ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino: hayoti va faoliyati
Tabobat ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino: hayoti va faoliyati

Abu Ali ibn Sino (toʻliq ismi Abu Ali Husayn ibnAbdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino) 980 yil 21 avgust kuni Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogʻida dunyoga keldi. Uning otasi mansabdor shaxs boʻlib, oʻz obroʻsiga ega boʻlgan.

Ularning oilasi Buxoroga koʻchib kelgandan keyin yosh, biroq ilmga chanqoq Husayn uchun ilm olishga keng imkoniyatlar eshigi ochildi,chunki Buxoro poytaxt shahar boʻlib, u yerga saroy kutubxonasidan foydalanish uchun turli soha vakillari – faylasuflar, tabiblar, shoirlar tashrif buyurar edilar.

Ibn Sino erta bolalik chogʻlaridanoq qiziqqonligi bilan ajralib turar, kattalarni oʻz savollari bilan qiynab yuborar edi. U avvaliga oddiy musulmon maktabida 10 yil davomida tahsil oldi. Maktab dasturidan tashqari Husayn qoʻshimcha ravishda savodxonlik, arab tili, stilistikani oʻrgandi. Husayn 10 yoshligida Qurʼoni Karimni butunlay yod oldi, qori darjasiga erishdi.

Tabobat ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino: hayoti va faoliyati

Husaynning atrofidagilar iqtidorli oʻsmirning erishgan yutuqlaridan hayratga tushar edilar. Otasi oʻgʻliga yanada kuchliroq taʼlim berish uchun uni maktabdan chiqarib olib, uyga alohida bilimi kuchli muallimni yolladi. Bu muallim ulugʻ yoshdagi qariya boʻlib, Husaynga fizika, astronomiya, falsafa, geogafiya va boshqa shu kabi fanladan chuqur taʼlim berdi.

Husayn oilada yolgʻiz farzand emas edi, uning ukasi ham bor edi. Otasi oʻgʻillarining ruhiy tarafdan ham bekamu koʻst boʻlishlariga eʼtibor berar edi.

Koʻp oʻtmay zehni oʻtkir Husayn oʻquvchi boʻlishiga qaramasdan, uy muallimi bilan bir darajadagi ilmga ega boʻldi, shundan keyin u turli xil fanlarni mustaqil ravishda oʻrganishga kirishdi. Bilim darajasida kattalarni ham ortda qoldira oladigan Husayn 14 yoshida tabobat bilan qiziqa boshladi. Shahardagi barcha ilmiy asarlarni oʻqib-oʻrgandi, ushbu sohaning sir-asrorlarini oʻrganish uchun eng ogʻir bemorlarni borib koʻrdi. Ibn Sinoning tabobat bilan shugʻullanishiga oʻsha davrning tabibi va tabobat darsligining muallifi – Abu Sahl Masihiy sabab boʻldi.

Tabobat ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino: hayoti va faoliyati

Bir kuni saroyda noodatiy holat yuz berdi: mamlakat amiri kasal boʻlib qoldi, biroq saroy tabiblaridan birortasi uni davolay olmadi. Shunda amirni davolash uchun yosh Ibn Sino taklif qilindi. U esa oʻz navbatida toʻgʻri tashhis qoʻyib, kasallik turini aniqlay olgan va amirni muvaffaqiyatli davolagan. Bu paytda Husayn 17 yoshda edi, shunga qaramasdan u amirning shaxsiy tabibi etib tayinlandi.

Ibn Sino saroydagi yangi kitoblarni oʻqib, chuqur bilim olishni davom ettirish bilan birga oʻz shogirdlarini ham yetishtira boshladiva shu bilan birga 18 yoshda boʻlishiga qaramasdan Sharq va Oʻrta Osiyoning buyuk olimu-ulamolari bilan bahslasha olgan.

Tabobat ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino: hayoti va faoliyati

20 yoshida Ibn Sino bir necha kitoblar yozib ulgurgan edi:                                                                      1.Katta entsiklopediya                                                                                                              2.Etikaboʻyicha nashr                                                                                                                 3.Tabobat lugʻati

Biroq boshlangan urush shahardagi tinchlikni buzdi. Buxoro turk qabilalari tomonidan ishgʻol qilindi. Poytaxtda vayronalar, yongʻinlar avj oldi. Husaynning otasi aynan shu davrda halok boʻldi, va u savdo karvonlariga qoʻshilib, Xorazmga yoʻl oldi.

Xorazmda yosh tabib koʻplab doʻstlar orttirdi, koʻp oʻtmay esa uning ustozlari Masihiy va Beruniy ham yetib keldilar. Mahalliy shahar hokimi saroyda olimlarning yigʻilishib, samarali muloqot qilishlariga izn berar va shu bilan ilm-fan rivojiga hissasini qoʻshar edi.

Shu yoʻsin Husayn va uning safdoshlari bir necha yillar davomida ilm-fan tadqiqotlari va ishlari bilan xotirjam shugʻullandilar.

Tabobat ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino: hayoti va faoliyati

U davrlarda inson tanasining tuzilishini oʻrganish maqsadida oʻlgan odamlarning jasadini yoʻrish taʼqiqlangan edi. Bu qonunni buzgan inson oʻlim jazosiga mahkum qilinar edi, biroq Ibn Sino va Masihiy bu ishni xufyona qilib yurdilar. Biroz vaqt oʻtgach, bu ikki olimni poytaxtga sulton huzuriga chaqirib qoldilar. Bunday chaqiruvlar olim va shoirlarni qatl qilish uchun uyushtirilar edi.

Oʻlim daragini sezgan ikki tabib qochishga qaror qildilar. Ular choʻldan yurib borar ekanlar, qum boʻroniga duch kelib qoldilar, yoʻldan adashib, suv va ovqatsiz qoldilar. Keksa yoshdagi Masihiy bunday ogʻir sharoitga bardosh bera olmay vafot etdi, Ibn Sino esa bu qiyin sharoitni yengib oʻta oldi. U uzoq yillar davomida jahldor sulton qahridan qochib, berkinib yurdi, ismini oʻzgartirib, ishini davom ettirdi va kitoblar yozdi.

Tabobat ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino: hayoti va faoliyati

1016 yilda Ibn Sino Xamada shahrida qoʻnim topdi. U paytda bu yerlarni savodi kam boʻlgan amirlar boshqargan, bu narsa esa Ibn Sinoga juda qoʻl kelgan. Bu yerda u mahalliy amirning bosh tabibi lavozimini egalladi hamda bosh vazir unvoniga ega boʻldi.

Xamada shahrida yashar ekan Husayn oʻzining asosiy ishi – “Tib qonunlari” nomli kitobini yozib tugatdi. Ushbu kitob beshta tomdan iborat:                                                         

*1-tom: tibbiyot ilmi – oʻtkir va surunkali kasalliklarning taʼrifi, ularning tashhisi, davolanishi, jarrohlik.

*2-tom: tabiiy giyohli dorilar haqida hikoyalar.

*3- va 4- tomlar: inson tanasidagi kasalliklar, aʼzolardagi sinishlarni davolash boʻyicha tavsiyalar.

*5-tom: Ibn Sino tarafidan mustaqil tayyorlangan murakkab tarkibli dorilar xususiyatining taʼrifi hamda Yevropa va Osiyodagi qadimgi tabiblarning yozuvlaridan manba sifatida foydalanilganligi.

Ibn Sinoning aniqlashicha, viruslar infektsion kasalliklarning qoʻzgʻatuvchisi hisoblanadi, biroq bu faraz 800 yildan keyingina fransuz olimi Paster tomonidan tasdiqlandi.

Tabobat ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino: hayoti va faoliyati

Ibn Sinoning tomir urishi haqidagi falsafasi ham diqqatga sazovordir. U kitobida bu haqda kengroq maʼlumot bergan. Olim shuningdek, oʻlat, gepatit, vabo va boshqa shu kabi kasalliklarga birinchilardan boʻlib, taʼrif bergan.

Qisqa davr ichida Ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobi barcha mamlakatlarda foydalanadigan dunyo miqyosidagi entsiklopediyaga aylandi.

Afsuski, Ibn Sinoning koʻpgina qoʻlyozmalari yoʻqolib ketgan yoki oʻsha davrning kam savodli tarjimonlari tomonidan notoʻgʻri tarjima qilingan. Bu narsa uning falsafiy fikrlari haqidagi tushunchani oʻzgartirib yuborgan. Biroq uning baʼzi qoʻlyozmalari saqlanib qolingan:

1.Oliy.

2.Oʻrta.

3.Pastki

Tabobat ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino: hayoti va faoliyati

Ibn Sino baʼzi jiddiy mavzularga sheʼriy tomondan yondoshgan. Shunday ishlarga “Muhabbat taʼrifi”, “Hay ibn Yakzan”, “Qush” vaboshqa shu kabi asarlar kiradi.

Olim shuningdek, psixologiya sohasiga ham katta hissa qoʻshdi. U insonning mijozlari (issiq, sovuq, hoʻl va quruq) masalasi boʻyicha oʻz taʼlimotini ishlab chiqdi. Olim mexanika, musiqa sohalariga ham oʻz hissasini qoʻshdi.

Ibn Sinoning kitob va qoʻlyozmalari haqidagi maʼlumotlar turli manbalarda turlicha keltirilgan. Baʼzi tarixchilar uning kitoblari 453 ta desa, arab adabiyotlarida olimning 10ga yaqin ishi mavjud (astronomiya, kimyo va boshqa mavzularga oid). Hozirda bularning hammasi dunyoning turli mamlakat kutubxonalarida saqlanadi.

Tabobat ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino: hayoti va faoliyati

Afsuski, Ibn Sinoning shogirdlari yozib qoldirgan manbalarda buyuk olimning shaxsiy hayoti haqidagi maʼlumotlar keltirilmagan. Faylasuf, olim va shoir boʻlmish Ibn Sino tarafidan yozilgan koʻplab poemalarda ayol goʻzalligi, uygʻunlik va mukammallik kuylangan. U  hayoti davomida koʻh sayohat qilgan, muqim bir yerda yashamagan, shuning uchun uni bir oilaning boshi boʻlgan, deb aytish qiyin.

Tabobat ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino: hayoti va faoliyati

Ibn Sino juda boy ilmiy hayot yoʻlini bosib oʻtdi. U yuksaklikka koʻtarildi, pastga ham tushdi. Vatanidan qochib chiqib ketgan Ibn Sinoga oʻz ona yurtiga qaytib kelish nasib etmadi, 1037 yilda begona yurtda vafot etdi. Buyuk ilm namoyondasi Hamaron shahrida dafn etildi, 8 oydan soʻng esa uning jasadi Isfaholga koʻchirib olib kelinib, shu yerga dafn etildi. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar