Tailandning sohibjamol malikasi hayotiga nazar

Tailand - dunyodagi eng ajoyib va koʻrkam mamlakatlardan. Bu yerlik odamlar tabiatida sharqona ahloq, oʻziga xos xushmuomalalik, lutf tushunchalari muhim oʻrin tutadi.
Sirivannavari Nariratana - Tailand malikasi, 1987 yilning 8 yanvar kuni qirol Rama X va Sudjarini Vivacharavongse oilasida dunyoga kelgan. 2005 yilda badminton boʻyicha Janubi-Sharqiy Osiyo chempioni boʻlgan, 2017 yilda ot sportchi boʻyicha Janubi-Sharqiy Osiyo oʻyinlari kumush medalini qoʻlga kiritgan.

Qizaloqqa tugʻilgan vaqtlarida But Nampxet Maxidon , keyinchalik Chakkrityapxa Maxidon ism berilgan. Oradan yillar oʻtib, uning ismi yana bir bor oʻzgartirildi. Malikaning 4 ta akasi bor.
Sirivannavarining ota-onasi 1994 yilda turmush quradilar, ammo oradan koʻp oʻtmay, ajrashib ketishadi va qirol oʻz rafiqasi hamda bolalarini oliy unvonlardan mahrum qiladi. Sirivannavari ajrimdan keyin onasi va akalari bilan Angliyaga kelgan va shu yerda yashagan. Ammo otasi tez orada qizini Tailandga qaytarib olib keladi.
Sirivannavari bobosi - qirol Rama IX buyrugʻiga koʻra, malika nomini qaytarib oladi.

Qiz Bangkokdagi sanʼat fakultetiga oʻqishga kiradi va 2008 yilda bu dargohni "Moda va tekstil" yoʻnalishi bilan tamomlaydi. Keyin esa Fransiyada Balmain, Christian Dior, Italiyada Salvatore Ferragamo, Giorgio Armani, Bulgari modalar uyida malaka oshiradi.


2007 yilda malika fransuz modeleri Perr Balmendan Parijdagi modalar namoyishida qatnashish taklifini oldi. Uning ilk kolleksiyasi "Oʻtmish jilolari" nomiga ega boʻldi. Malika oʻz liboslarida tailand kiyimlariga zamonaviy koʻrinish berishni uddaladi. Oradan bir yil oʻtib, Parijda shaxsiy kolleksiya namoyishi boʻlib oʻtdi.
2008 yilda malika "Forbes" jurnali versiyasiga koʻra, qirollik oilalari vakillari orasidagi eng chiroyli insonlar reytingining 16-oʻrnini band etdi. Aynan shu yili Russian Fashion Week modalar haftaligi doirasida Moskvaga keldi va etnik uslubdagi kolleksiyasi bilan chiqish qildi.

Malika badmintondan tashqari ot sporti hamda velosport bilan ham shugʻullanadi. 2013 yilning sentyabrda u fransuz chavandozlari maktabida ot sporti boʻyicha murabbiylik sertifikatini olgan.
"Men haftasiga 6 marta mashgʻulotga boraman. Jarohatlar ham olganman - hozir ham oyogʻimda vint mavjud. Ammo hech qachon boʻsh kelmaganman. Oʻz maqsadlarimga erishish uchun bor kuchimni sarflayman" deydi malika.

Sirivannavari Nariratana ayni paytda 32 yoshda. Hamon turmushga chiqamagan va oʻzining shaxsiy hayoti tafsilotini birovga oshkor qilib oʻtirmaydi. Paparatssilar faqatgina bir marta Roland-Garros tribunalarida qizni koʻrkam yigit bilan koʻrishgan. Ammo yigitning kim ekanligi sir boʻlib qolavergan.

"Men oʻzimga yoqqan narsalar bilan shugʻullanishni xush koʻraman. Oʻzimni rivojlantirish, yangi narsalarni kashf qilish va koʻproq bilimga ega boʻlishga urinaman. Bundan tashqari, eskizlarni ishlab chiqish, oʻz liboslarimni yaratish va chizmalar tuzishdan ham zavqlanaman. Keyin esa bularning barchasini teksilda aks ettiraman. Ilk dizayndan boshlab, gʻoya darajasidan yakuniy natijaga qadar - ishning barcha bosqiyalari menga juda yoqadi".

"Muvaffaqiyat bir martalik yoki qisqa muddatlik tushuncha boʻlmasligi kerak. U sizni juda tez topib kelishi mumkin, ammo omad qanchagacha yoningizda qolarkin? Bu shunchaki yanada rivojlanish uchun kerakli bir kalit holos. Barchasi juda ham murakkab. Diqqatingizni quyidagilarga qarating: Agar muvaffaqiyatga erishishni istasangiz, xatolar ustida ishlang, holatingizni yaxshilang. Oʻzingizni omadli deb atash uchun shoshilmang. Toki tirik ekansiz, bilim olish uchun intilish kerak".
"Men qirollik masʼuliyati nima ekanligini yaxshi bilaman. Zimmamda ana shu maʼsuliyat, shaxsiy ishlarim yuki bor. Doʻstlarim va boshqa muhim insonlar bilan uchrashaman. Bu men uchun kundalik yumushlarning bir qismi. Ammo ushbu uchrashuvlar hashamatli davrada oʻtmaydi. Qayerda boʻlsam ham, tailandlik qiz ekanligimni unutmayman".

"Хalqaro tashkilot juda muhim maʼlumotni eʼlon qildi: biz, tailandliklar orasida ijodkor odamlar haddan tashqari koʻp. Mamlakatimizda ajoyib vizajistlar va sartaroshlar, kerakli sharoitlar hamda texnikalar bor. Garchi bizning mamlakat nomini dunyo arenasida tez-tez tilga olmasalar ham, vatanimizda barcha kerakli sharoitlar mavjud. Uning yanada yaxshilanishi uchun harakatdamiz" .
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



