Oʻzbekiston

Taniqli oʻzbek dizayneri Nariman Grigoryanni oʻz uyida oʻldirib ketishdi

Taniqli oʻzbek dizayneri Nariman Grigoryanni oʻz uyida oʻldirib ketishdi

Dizayner Nariman Grigoryan Toshkentda oʻz yashaydigan uyida oʻldirilib ketildi."Gazeta.uz"ning huquq-tartibot organlaridagi manbasi ushbu xabarni tasdiqlagan.

Qayd etilishicha, 14-yanvar kuni soat 11:50 larda Yashnabod tumani Ichki ishlar boshqarmasi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi navbatchilik qismiga hodisa toʻgʻrisidagi xabar kelib tushgan. Unga koʻra, Yashnabod tumani Chigil koʻchasida joylashgan xonadonning mehmonxonasidan ushbu xonadonda ijarada istiqomat qilib kelgan 1985-yilda tugʻilgan Nariman Grigoryanning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan. 

Taniqli oʻzbek dizayneri Nariman Grigoryanni oʻz uyida oʻldirib ketishdi

Mazkur holat yuzasidan shu kuni Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoiy Kodeksning 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Nariman Grigoryan - taniqli oʻzbek dizayneri, xoreografi, "Todes" guruhi birinchi tarkibining sobiq aʼzosi, xalqaro koʻrgazmalar, tanlovlar ba festivallar ishtirokchisi. 2004-2008 yillarda Oʻzbekiston Xoreografiya akademiyasida tahsil olgan. U Toshkentda "Nariman Grigoryan" savdo belgisi ostidagi moda uylariga egalik qilgan.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar