Tanish daqiqalar jumbogʻi... Dejavyu hodisasi kasallikdan darakmi?

Dejavyu tushunchasi ilk bor Emil Buarakning “Boʻlgʻusi ruhshunoslar” kitobi orqali keltirib oʻtilgan. Syujetda 19 asr oxirlari haqida soʻz yuritilib, mashxur ruhshunos oʻzining universitetdagi oxirgi kursini yakunlaydi. Uning tadqiqotlari dejavyuning boshqa murakkab turlari, jumladan “dajavikyu” - avval his qilingan, “dejaentendyu” - avval eshitilgan va “jamevyu” avval hech qachon koʻrilmagan turlariga ham borib taqaladi. Dejavyuning qarama-qarshi atamasi boʻlmish jamevyu holatida inson oʻzi uchun odatiy boʻlgan joyda ham avval hech qachon boʻlmagandek hissiyot bilan toʻqnash keladi. Ruhshunos oʻz tadqiqotlari davomida qadimiy faktlar bilan ham qiziqib koʻrgan. Sababi dejavyu effekti antik davrlardan beri insonlar uchun tanishdir. Bu tushuncha turli davrlarga doir kitoblarda ham keltirilgan. 19 asrdan boshlab uni mashhur yozuvchilar qalamga ola boshladilar. Shatobrian, Charlz Dikkens, Marsel Prust, Artur Konan Doyl, Jek London,Klifford Saymak, Lev Tolstoy kabi ijodkorlar aynan shular jumlasidandir. Olimlar dunyosi Buarakning qarashlarini rad etgan. Ammo bu turdagi ruhiy buzilishlar hodisasining tasodifiyligi va juda keng tarqalgani aqlga sigʻmaydigan hodisa edi, shu sababli ham ushbu fenomen oxir oqibat rasmiy nomga ega boʻldi.

Lev Tolstoy ov qila turib otdan pastga qulab tushgan paytida aynan shunday hodisani oʻz boshidan kechirgan. U birdan 220 yil avval aynan shunday hodisa boshqa otliq bilan ham sodir boʻlgani va bu otliq uning oʻzi ekanligini eslaydi. Adibning oʻzini 200 yil avval yashagan otliq sifatida tasavvur qilishi uning fantaziyasi namunasi boʻlishi mumkin. Ammo bunday nodatiy vaziyatning aniqlik bilan taʼriflanishi dejavyu hodisasining biz uchun kutilmagan joylar, kutilmagan daqiqalarda sodir boʻlishi va uni avvaldan bilib boʻlmasligi haqidagi teoriyani tasdiqlaydi.
Britaniyalik Doroti Idri 20 asr oʻrtalarida yashab oʻtgan va 3 yoshidan boshlab oʻzining avvalgi hayotini eslagancha barchani qoʻrqitib yuborgan. Yoshi ulgʻaygani sayin u qadimgi Misr rohibasi boʻlgani, ismi Bentrisheti ekanligini qayd etadi. U 34 yoshida Misrga koʻchib oʻtadi va barcha arxeologlarni hayratga solgancha firʼavn Set I davriga oid bilimlari bilan atrofdagilarni yoqa ushlashga majbur qildi. U Abidosdagi ibodatxona joylashuvi, mashhur Barelef devori, Kxomanddagi papiruslarning oʻrnini xatosiz aytib berdi va Misr arab respublikasi tomonidan qilgan xizmatlari uchun orden bilan taqdirlandi.
Karl Gustav Yung dejavyu holatini 12 yoshlik paytlarida his qilgan boʻlib, umining oxirgi kunlariga qadar ikkita hayot bilan yashayotganiga ishonchi komil boʻlgan. Bu turdagi hissiyotni uning gʻalati tabiati bilan izohlash mumkindir balki. Ammo bu holat kichik bolakay hotirasida butun umrlik iz qolidirish mumkinmi?
Buning sababi esa uning 18 asrga tegishli suratlarning birida bogʻichli poyabzal kiygan doktor rasmini koʻrib qolgani boʻldi. Bu holat bolaning ongida aynan oʻsha poyabzallarni avval u kiygani haqidagi tugshunchani shakllantirdi.
Ushbu fenomenning tadqiq qilish biror qiyinroq, sababi uni sunʼiy ravishda hosil qilish mumkin emas. Ammo bugungi kunda olimlar uning turli-tuman usullar bilan chaqirilishi mumkinligini aytishmoqda. Ular ushbu holatni umumiylashtirish mumkinligini ham aniqlayaptilar. Ularning aytishlarcha, dejavyu holatini bittagina tadqiqot yordamida tushuntirib berish mumkin emas. Buning uchun mazkur holatni keltirib chiqaradigan barcha sabablarni oʻrganib chiqish kerak boʻladi. Ammo afsuski, bunday koʻp qirrali tadqiqot shu kunga qadar oʻtkazilganicha yoʻq. Shu sababli ham tajribalar orqali tasdiqlanmagan bir qator versiyalar mavjud.

Ruhshunoslarning aytishlaricha, uning paydo boʻlishi tushlar olami bilan bogʻliq. Zignmund Freydning fikriga koʻra, inson miyasi tush koʻrish jarayonida yuz minglab turli hodisalarni tasavvur qilish imkoniyatiga ega. Ularning bir nechtasi esa real hayotdagi ayrim vaziyatlarga haqiqatdan toʻgʻri kelib qoladi. Bu borada Freydning aytilishicha, oʻz turida yashab oʻtilgan hissiyotlar insonning fantaziyasi yordamida shakllantirilgan tushunchalar ekan. Ayrim halqlar, misol uchun eskimoslar, shimoliy amerikalik hindular, yahudiylar, ayrim afrika qabilalari, hindlar reinkarnatsiya teoriyasiga qattiq ishonishadi. Ularnig versiyalariga koʻra, har bir insonning ruhi avval boshqa tanalarda yashagan va shu tarzda koʻplab hayotlar ila yashash, tanish vaziyatlar bilan toʻqnashgan paytda esa bu holatni aval koʻragani haqida signal berishi mumkin. Ushbu teoriyaning ishonarsiz tomoni insonlarning oʻz ajdodlari ham koʻrmagan zamonaviy obʼyektlarni eslashi bilan bogʻliqdir. Bu holat stol ustidagi telefon, planshet va shu kabi narsalar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Ammo avvalgi hayot oʻtmishda sodir boʻlmagan boʻlishi ham ehtimoldan holi emas. Axir vaqt mutlaqo nisbiy tushuncha. Kaliforniyalik gipnoterapevt Maykl Nyuton oʻzining turli ogʻish va holatlarni toʻgʻirlash, insonlarga oʻz ruhiy “men”ini topishga yordam berish tajribasi bilan mashhur. U oʻzining “Hayotlar orasidagi ruh sayohati” kitobida dejavyu hodisasining paydo boʻlishiga doir bir qancha qiziq taʼriflarni berib oʻtadi. U oʻzining regressiya texnikasini ishlab chiqish davomida ularning oʻtmishdagi hayotlari bilan boʻlgan oraliqqa tushirib qoʻyish mumkinligini kashf qildi. Buni tajribalar chogʻida isbotlab bera oldi ham! U gipnoz holatiga solgan barcha bemorlar yerdagi moddiyat orasida oʻlmas ruhning mavjud ekanligi haqida gapirishgan.
Ruhning koʻchishi paytdida yangi tanaga Yerdagi hayot davomida koʻrishi va asl kelib chiqishini tushunishi uchun maʼlum qoʻllanma yoki aniq yoʻl belgilab beriladi. Bu hidlar, biror narsani ushlab koʻrish, liboslar elementi va shu kabi bir qarashda mayda narsalar boʻlishi mumkin. Misol uchun bemorlardan biri 7 yildan keyin oʻzining boʻynida koʻrishi kerak boʻlgan kumush shokila haqida gapirgan. Ushbu kumush buyum qanday qilib uning hotira richagiga aylanishi haqidagi savolga esa u taqinchoqning quyoshda tovlangancha unga belgi berishini aytgan. Bu esa ayni hayotida oʻzining avvalgi hayotini eslashi uchun maʼlum belgi boʻlib xizmat qiladi. Aynan shunday versiya Planton tomonidan ham keltirib oʻtiladi. Uning Onamezes teoriyasida insonning ruhi adabiy ekanligi haqidagi gaplar uchraydi. Uruhning tana bilan birlashishidan avvalgi hislari, hotiralari, gʻoyalariga tegishli boʻlgan jaranyonini aniqlashtirishga ham harakat qilgan.

Epilepsiyadan aziyat chekuvchi bemorlarni koʻp yillar davomida tadqiq qilgan avstraliyalik shifokor Yozef Shpat insondagi dejavyu jarayoni hosil boʻlgan paytda inson miyasidagi Gippokampning - bosh miyaning hissiyotlar va ularning qisqa muddatli hotiradan uzoq muddat qismiga oʻtishiuchun javobgar boʻlgan soha oʻchishi haqida aytgan. Aynan shu paytda uzoq muddat uchun ishlaydigan gippokamp yoqilgan holatda boʻladi holos. U esa hodisani avval ham boshdan kechirilgan kabi koʻrsatadi. Ushbu teoriya insonlarning dejavyu holatidan tushni eslagan kabi oʻtishlariga oʻxshash holatlarni izohlay olmaydi. Shu sababli ham Germaniyalik shifokor Uve Folfradt dejavyu hodisasi paytida bosh miyaning turli qismlari ishtirok etishi mumkinligi haqida aytgan. Inson haqiqatan ham kelajakni bir necha soniya avvaldan koʻrishi mumkinligi haqidagi versiya bilan cheklanib qolish yaramaydi. Balki bu qobiliyatni oʻrgani va rivojlantirish mumkindir? Sababi qadimgi veda kitoblarida inson maʼlum meditatsiya jarayonlari orqali oʻzida hodisalarni avvaldan bilish, eshitish va his qilish qobiliyatini shakllantirish mumkinligi haqida aytiladi. Insonning uchinchi koʻzi deya ataladigan bu qobiliyati bilan ayni paytdagi haqiqatlarni ham koʻrish mumkin. Ushbu tajribalar xata va radja yoga usullari orqali taqdim etiladi. Ammo ularning rivojlantirilish jarayoni ruhan mukammal boʻlmagan insonlar uchun katta xavf tugʻdirishi ham mumkin. Shu sababli ham yoglar avvalo insonning ruhiy-ahloqiy tarbiyasini nazorat qilishadi va uchinchi koʻz sirini faqat tanlangan insonlarga taqdim etishadi.
Yana bir qiziqarli versiya esa “Matritsa” filmi orqali taqdim etildi. Ularning fikriga koʻra, dejavyu hodisasi matritsaning dasturiy aksi, atrofdagi olimning kompyuter emulyatsiyasidir. Bu holat matritsada biror oʻzgarish sodir boʻlganda yuzaga keladi. Misol uchun eski uy eshigi tomonga qaradingiz va u yerda mushuk turganini koʻrdingiz, teskari tomonga burilgach esa aynan oʻsha mushukning old tomonda paydo boʻlganining guvohiga aylanasiz. Bu dejavyu emas, shunchaki, matritsada biror narsa oʻzgarganining belgisidir. Balki derazangizdan barchasi biroz tushkunroq holatda, atrofni agentlar oʻrab olganday koʻrinar. Ular paydo boʻlgan paytda esa qochish talab etiladi.
Massachusets texnologiya universiteti olimlarining aniqlashlaricha, dejavyu fenomenining yuzaga kelishi bosh miyaning chakka qismida sodir boʻladi. Gippokamning notekis qismi esa hotiradagi anomaliyalarni izlash bilan shugʻullanadi va oʻxshash obrazlar orasidagi koʻrinishni aks ettirib beradi. U egiluvchanlik sifati sharofati bilan oʻtmishni hozirgi paytdan, avval koʻrilgan narsalarni yangi taassurotlardan ajratadi.

Ammo ushbu qism faoliyatida biror oʻzgarish boʻlsa, koʻrilgan obrazlar hotira markaziga borib tushadi. Keyin esa aynan oʻsha yerdan gippokampga soʻrov yuboriladi va hotirada shu kabi narsa bor yoki yoʻqligi haqida soʻraladi. Miya shu yerning oʻzidayoq yangi hotiralarni unga qarab uzatadi. Bu esa inson tomonidan uzoq oʻtmish kabi qabul qilinadi. Boshqacha qilib aytganda birinchi marta koʻrgan narsamizni avval ham koʻrgandek boʻlib olamiz va birinchi seansni yoddan chiqaramiz. Gippokamp faoliyati tushkunlik, charchoq, hayotdan qoniqmaslik, tashqi muhim sharoitlari, depressiya va turli kasalliklar sabab yuzaga kelishi mumkin. Bugungi kunda olimlar mazkur effektni avvaldan oʻylagan va real hayotga yaqin boʻlgan holatdagi tushda koʻrilganmaʼlumot ekanligiga doir versiyasini koʻrib chiqmoqdalar.
Hulosa oʻrnida aytish mumkinki, ushbu hodisaning inson uchun hech qanday xavfli tomoni yoʻq. Bu miya yoki ongdagi biror buzilishdan ham darak bermaydi. Bundan tashqari mazkur fenomen juda kam oʻrganilgan. Shu sababli uni kasallik alomati deya qabul qilganlar qattiq adashadilar. Bu mutlaqo tabiiy holatdir.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



