Taqiqlangan tashlandiq orolga sayohat


1810 yilda bu yerda tosh koʻmir koni topildi va shusababli koʻmir qazib olish korxonalari qurildi.
XX asrning 30-yillarida harbiy zavodlar paydo boʻldi. Kichkinagina orolda hayot qaynar edi: koʻpqavatli uylar, kasalxona, maktab va boshqa binolar qurila boshlandi.
50 yil davomida orol Yer yuzidagi aholisi eng zichjoylashgan joy boʻlib keldi – oʻrtachasiga 1 kv.kmga 5259 odam toʻgri keldi(yashash joylaridagi zichlik esa aql bovar qilmas darajaga yetdi – 1 kv. kmga139 100 kishi).
Biroq 1974 yilga kelib koʻmir oʻrniga neft keldi.Shaxtalar yopildi, odamlar esa orolni tark etdilar. Ular tomonidan qurilganbinolar asta-sekin nurab bormoqda.

Neft oʻgʻrilaridan saqlanish uchun 2009 yilga qadarorolga borish taqiqlangan. Soʻngra esa bu orol sayyohlar uchun tomoshagohgaaylandi.
Ammo sayyohlarga orol ichkarisiga kirish taqiqlanadi.Aynan oʻsha yerda vayronalar ishqibozlari uchun qiziqarli narsalar bor:Yomgʻirlar chorrahasi (bu yerda aholi poʻrtana va tayfunlardan saqlanar edi).
Doʻzax zinasi (u Senpukudji ibodatxonasiga olibboradi), bu zinadan koʻtarilar ekansiz, balandligidan oyoqlaringiz ogʻribketadi. Yoki Blok-65 – toʻqqiz qavatli bu turar joy binosi 317 ta xonadongamoʻljallangan boʻlib, aholi sonining zichligi tufayli bu yerdagikvartiralarning maydoni bor-yoʻgʻi 10 kv. m. ni tashkil qilgan.

Suratkash Maykl Gakuran orolichkarisigacha kirib borishga muvaffaq boʻldi va bir qator taʼsirli suratlarnioldi. U oʻz taassurotlari haqida shunday deydi: “Blok-65 – yirik betonlixunuklikdir, ichkarida chirigan pol, singan eshiklar, qolib ketgan bolalaroʻyinchoqlari. Devorlar orasidan daraxtlar oʻsib chiqmoqda – tabiat hukmronliknioʻz qoʻliga olgan”.

Shuni ham aytib oʻtish kerakki, 2015 yilda Xasimaoroli “Meydzi davrining sanoat revolutsiyasining obʼyekti ” sifatida Yuneskobutunjahon meros roʻyxatiga kiritilgan.










Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



