Tarixdagi eng boy insonlar 10 taligi

Biz shunga oʻxshash yana 10 ta inson haqida aytib oʻtishni lozim topdik. Biroq har xil davrda yashab oʻtgan bu oʻta qudratli va boy insonlarni solishtirishda baʼzi qiyinchiliklar tugʻildi. Chunki oʻtmish va hozirgi davr boyliklarining qiymatida juda katta farq bor.
Quyidagi barcha davrlardagi boy va qudratli insonlarning roʻyxatini tuzishda dunyoning yetakchi iqtisodchi, tarixchi va moliyachilarning tadqiqotlari natijasiga tayanildi.


Yashagan: 1955- hozirgi davr Davlat:Amerika Qoʻshma Shtatlari Boyligi: 78 900 000 000 dollar
Bill Geyts – hozirgi paytda dunyoning eng boy insoni.U Microsoft kompaniyasining asoschisi boʻlib, bu yilgi kapitali Forbes hisobi boʻyicha 78 900 000 000 dollarni tashlik etadi. Bu boyligi bilan Geytsdan keyin ikkinchi oʻrinda turadigan Zara taʼsischilaridan biri Amansio Ortega ning boyligidan 8 mlrd koʻproqdir.

Yashagan:1040-1093 Davlat: Angliya Boyligi: 194 000 000 000 dollar
Buyuk sarkarda Wilgelmning jiyani boʻlmish Rufus Normandiyni zabt etishda amakisiga qoʻshiladi. U vafot etganida moliyaviy ahvoli 11 000 funtni tashkil etar edi, bu esa hozirgi davrda 194 mlrd dollarga teng

Yashagan: 1839-1937 Davlat:Amerika Qoʻshma Statlari Boyligi: 341 000 000 000 dollar
1863 yilda Rokfeller mablagʻini neft sanoatiga tikdi va 1880 yilga kelib uning Standart Oil kompaniyasi Amerika neftsanoatining 90% ini tashkil etdi. Vafot etgan paytida uning moliyaviy ahvoli 1,5 mlrd dollarga teng edi.

Yashagan: 1835-1919 Davlat:Amerika Qoʻshma Shtatlari Boyligi: 372 mlrd dollar
Endryu Karnegi barcha davrdagi eng boy amerkalik hisoblanadi. Bu shotlandiyalik emigrant JP Morgan kompaniyasining narxini 1901 yilda 480 mlndollarga olib chiqdi, bu esa AQSH ichki yalpi mahsulot (IYM) 2,1% ga teng edi.

Yashagan: 1878-1953 Davlat:SSSR Boyligi:butun dunyo IYM ning 9,6% iga ega boʻlgan mamlakatni boshqarish
Stalin zamonaviy ekonomik tarix doirasida oʻz izizni qoldirib oʻtgan: hokimiyat boshqaruvini mutloq oʻz qoliga olgan diktator, shuningdek dunyoning eng yirik iqtisodiyotini boshqargan. Noyob ekonomik qudrat va SSSR ni boshqarish uygʻunligi Stalinni barcha zamonlarning boy odamlardan biri boʻlishini taʼminlaydi

Yashagan: 1542-1605 Davlat:Hindiston Boyligi:dunyoning 25% IYM imperiyasi
Boburiylar sulolasining davomchisi boʻlmish hind shoxi Akbar dunyo IYM ning chorak qismini tashkil qiluvchi saltanatni boshqargan. Hind yuqori tabaqasiga tegishli boʻlgan Akbar shox dabdabaga berilganligi tarixda maʼlum.

Yashagan: 1048-1085 Davlat:Xitoy Boyligi: dunyo IYM ning 25 dan30% gacha boʻlgan imperiya
960-1279 yillar davrida Xitoy barcha zamonlarning iqtisodiy qudratli imperiya hisoblangan. Oʻsha davrda Xitoy dunyo mahsulotining 25-30% ini ishlab chiqargan. Va tabiiyki oʻsha davr imperatorlik qilgan Shenzong bizning roʻyxatdan joy olishga haqli.

Yashagan: eramizdan avvalgi 63 yil – eramizning 14yili Davlat:Rim Boyligi:4,6 trillion dollar
Rim imperiyasi ham dunyo mahsulotining 25-30% ini ishlab chiqargan. Bu davrda saltanat tepasida Avgust Sezardan ham boshqa imperatorlar turgan albatta. Biroq aynan Sezar Rim imperiyasining umumiy kapitalining 1/5 qismiga teng boʻlgan boylikni boshqargan. Bugungi kunda bu 4,6 trillion dollarni tashkil etadi.

Yashagan: 1280-1337 Davlat:Mali Boyligi:taʼriflashga soʻz ojiz
Timbuktu shohi Mansa Musu tarixdagi eng boy inson boʻlgan. Musa saltanati dunyo tarixidagi eng yirik oltin qazib olish korxonasi hisoblangan. Hoʻsh Musaning oʻzi qanchalik boy boʻlgan? Tarixdan maʼlumki, Musaning Haj safari Evropada iqtisodiy tanglik holatini keltirib chiqargan. Chunki uning qilayotgan xayr-ehsonnining cheki yoʻq edi. Uzun karvondagi tuyalarga ortilgan oltinlarning son-sanogʻIi yoʻq edi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



