Qiziqarli

Tarjima mashaqqati va u toʻgʻrisidagi qiziqarli maʼlumotlar

Tarjima mashaqqati va u toʻgʻrisidagi qiziqarli maʼlumotlar

1. MashhurAmerican Airlines aviakompaniyasi oʻz samolyotlarining salonlarida yangi charmli oʻrindiqlarni oʻrnatgandan soʻng meksikalik mijozlariga “Fly in Leather!”, yaʼni tarjima qilinganida “Charmda uching!” shiori bilan xabar bergan. Hammasi juda aʼlo darajada boʻlishi mumkin edi, ammo bu shior ispan tiliga tarjima qilinganida “Kiyimsiz holda uching!” maʼnosini anglatgan. Natijada American Airlines juda qaltis holatga duch kelib qolgan.

Tarjima mashaqqati va u toʻgʻrisidagi qiziqarli maʼlumotlar

2. 1928 yilda dunyoga mashhur Coca-Cola kompaniyasi ham Xitoyda ilk oʻtkazayotgan reklama aksiyasi paytida tarjimaning qiyinchiliklariga duch kelib qolgan. Gap shundaki “Koka kola” soʻz iborasi Xitoy tilida “Itbaliqni tishla!” maʼnosini anglatar edi.Coca-Cola marketologlari tahminan 200 ta turli ierogliflarni koʻrib chiqqan, lekin hech bir chiroyli iborani topa olmagan. Natijada ular bir ovozdan “Koka kola” talffuzini sal oʻzgartirib “Ko-ku Ko-le” deb atashga qaror qildilar. Xitoytilidan tarjima qilinganida bu “Ogʻiz toʻla baht” maʼnosini bildiradi.

Tarjima mashaqqati va u toʻgʻrisidagi qiziqarli maʼlumotlar

 

3. Coors pivo ishlab chiqaruvchi kompaniyasi AQSHda oʻzining reklamasi uchun “Turn It Loose!”(Bas, ozod boʻl!) shioridan foydalangan. Ammo Lotin Amerikasida bu shior ispan tiliga aniq tarjima qilinganida “Iching ketib badtar boʻl!” maʼnosini anglatgan.

Tarjima mashaqqati va u toʻgʻrisidagi qiziqarli maʼlumotlar

4. General Motors kompaniyasi Chevrolet Nova rusumidagi avtomobilni Lotin Amerikasida sotilishida muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Bunga sabab shu boʻldiki, mashinaning “Nova” nomi ispan tilida “Xarakatlana olmaydi” maʼnosiga ega.

Tarjima mashaqqati va u toʻgʻrisidagi qiziqarli maʼlumotlar

5. Dunyodagi eng koʻp tarjima qilinadigan kitob deb Bibliya hisoblanadi: Tavrot bilan Injil 500dan ortiqroq tilga oʻgirilgan. Bu qatordagi ikkinchi oʻrinda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Umumiy Inson huquqlari bayonoti turadi – 400 tilga tarjima qilingan. “Pinokkio” bilan “Kichik shahzoda” 250 tilda, “Garri Potter”ni esa 70 tilda oʻqiladi.

Tarjima mashaqqati va u toʻgʻrisidagi qiziqarli maʼlumotlar

6. Ingliz, fransuz, nemis, italyan va rus tillariga boshqa tillardan eng koʻp tarjima qilinadi. Mutaxassislarning fikrlaricha eng oson boshqa tilga oʻgiriladigani  - ispan tili.

7. “Urush va tinchlik” romanining originalida tahminan 460 000 ga yaqin soʻz bor, ingliz tiliga tarjima qilinganidan keyin esa ular 100 000 taga oshib ketgan.

8. YUNESKOda dunyoda har qachonlar tarjima qilingan kitoblarning onlayn-bazasi saqlanadi. U Index Translationum deb nomlangan. Ularning maʼlumotlariga koʻra eng ommabop mualliflar bu Agata Kristi (7233 tarjima), Jyul Vern (4751 tarjima) va Uilyam Shekspir (4293 tarjima). 

Tarjima mashaqqati va u toʻgʻrisidagi qiziqarli maʼlumotlar

 

9. Dunyoda 330000 dan ortiqroq professional tarjimonlar bor. Bu yer aholisining tahminan 0,0045 foiziga teng.

 

10. Mutaxassisbir soatda 250 taga yaqin soʻzlarni tarjima qilish qobiliyatiga ega. Toʻliq kunishlaydigan tarjimon bir yilda 520 000 ta soʻzni tarjima qila olish qobiliyatini oʻzlashtirgan.

Tarjima mashaqqati va u toʻgʻrisidagi qiziqarli maʼlumotlar

11. Dunyodagi eng qiyin tarjima qilinadigan soʻzlardan biri Chilida foydalanilgan yagan tilidagi “mamihlapinatapai” soʻzi. Uning tahminiy maʼnosi “buni qilishga moyil boʻlmagan ikkala tomon istayotgan narsani amalga oshirishni ikki tomondan biritaklif etadi degan ilinj bilan bir biriga qarab turish”dir. 

Tarjima mashaqqati va u toʻgʻrisidagi qiziqarli maʼlumotlar

12. 2000 yildan 2010 yilga qadar kitoblarning 75 foizi fransuz yoki nemis tiliga va faqatgina 5 foizi xitoy tiliga tarjima qilingan.

 

13. Deyarli harbir xorijiy til oʻzining Brayl shriftiga ega. Unga xatto matematika, informatika va musiqa sohasidagi kitoblarni tarjima qilinadi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar