Insonda turlicha taassurot uygʻotuvchi 7 kashfiyot

Bu maqolada eng gʻalati ixtirolar toʻgʻrisida siz uchun qiziqarli boʻlgan maʼlumotlar yigʻilgan.

Koʻpchilik odamlar uchun gapiradigan qoʻgʻirchoqlar bolalik davrini eslatuvchi buyumlar sirasiga kiradi. Ammo 1890 yilda Edisonning gapiruvchi qoʻgʻirchoqlari qandaydir fantastik narsa boʻlib koʻringan. Mashhur ixtirochi Tomas Alva Edison ichiga fonografli mexanizm oʻrnatilgan shunday oʻyinchoqni yaratgan edi. Bu qoʻgʻirchoq avvaldan yozib olingan ovozlarni, aniqrogʻi, bolalar musiqasi, duolar va bolalar uchun sheʼrlarni aytib bera olgan
Bunday qoʻgʻirchoqni faqatgina badavlat odamlar xarid qila olar edilar.
1890-chi yilda uning narxi 10 AQSH dollaridan 20 AQSH dollarigacha (bugungi kunda taxminan 526 AQSH dollariga teng) boʻlgan. Muammo shunda ediki, qoʻgʻirchoqlar bolalarga qoʻrqinchli boʻlib koʻringan. Bu qoʻgʻirchoqlarni atigi olti hafta ichida ishlab chiqarishgan, undan keyin esa doʻkonlarning peshtaxtalaridan umuman olib tashlashgan.

Urush davrlarida juda koʻp ixtirolar boʻlgan, biroq ularning aksariyati oʻta dahshatli va insonparvarlikka zid edi. Misol qilib quyidagi ixtironi olaylik. Navbatdagi "dohiyona aql sohibi" portlovchi kalamushlarni ixtiro qilgan. Bunga undagan dastlabki gʻoya ham juda gʻalati edi.
Oʻsha paytlarda harbiy omborxonalardan topilgan kalamushlarni epidemiyaning oldini olish maqsadida odatda pechlarda yoqib yuborishgan. Shuning uchun ham, yoqib yuborilganda kuchli portlashga erishish maqsadida kalamushlarning ichiga portlovchi moddalarni tiqish taklif etilgan.
Bu gʻoya barbod boʻldi, chunki ularni omborlarga tarqatib yuborishdan oldin nemis-fashist askarlari oʻlik kalamushli konteynerlarni qoʻlga kiritiganlar. Bunday narsani aniqlab olganlaridan soʻng, nemislar zudlik bilan barcha omborxonalarda shu kabi "portlovchi kalamushlar"ni izlay boshlaganlar, chunki kalamushlar tarqatilib boʻlgan deb oʻylaganlar.
Bu vaziyat nemislarga portlovchi moddalar xaqiqatda ishlatilgan taqdirda vujudga kelishi mumkin boʻlgandan koʻra koʻproq muammolar tugʻdirgan.

Yaqin kunlarga qadar konvertga markani yopishtirish uchun uning osti tarafini til bilan namlash kerak edi. Yelimni oʻta yoqimsiz taʼmi hech kimga yoqmasligi tabiiy, albatta. Endi esa, koʻp xatlarni joʻnatish kerak boʻlgan paytlarni tasavvur qilib koʻring.
Masalan, toʻyga taklifnomalarni joʻnatish kerak boʻlgan vaziyatlarda toʻy egasi son-sanoqsiz konvertlarni birma-bir namlab chiqishiga toʻgʻri kelgan. Shuning uchun ham, markaning orqa tomonidagi yelimni namlashi mumkin boʻlgan oʻta gʻalati moslama dunyoga kelgan.

Bir qarashda, zamonaviy jamiyatda chekish juda kam tarqalayotgan hodisadek tuyuladi. Biroq viktorian davrida chekish oddiy hol boʻlgan. Trubka tamakisini deyarli har bir uyda topish mumkin edi, bar va pablar esa doim tamaki tutuni bilan toʻlib turgan.
Bu hol shu darajagacha yetib borgan ediki, koʻpchilik muassasalar oʻzining "nufuzi"ni koʻrsatish maqsadida egallagan joyida ham havoni tutun qatlami qoplab turish istaganlar. Shu tarzda, chekish uchun avtomatik mashina paydo boʻlgan. Bu mashina bar yoki pabni zaruriy hidli tutunga toʻldirish uchun "sigara chekar edi".

Viktorian davrda nomaʼlum sabablarga koʻra kimdir oddiy koʻprikning oʻrniga koʻchib yuruvchi koʻprik qulayroq boʻladi, deb hisoblagan. Daryoning tubida temir yoʻl oʻrnatilgan va shu temir yoʻldan oʻta katta platforma yurib oʻtgan. Oddiyroq qilib aytganda, bir qirgʻoqdagi ekipajlar platformaga kirib olar, shundan soʻng platforma shoshilmay boshqa qirgʻoq tomon harakatlanar edi.
Ixtirochilar bunday koʻprikni anʼanaviy koʻprikdan koʻra soddaroq va afzalroq deb hisoblagan edilar. Bunday koʻprikning foydasiz boʻlgani sabab juda kam ishlatilganini gapirmasa ham boʻladi. Xullas, bu gʻoya kelajakda yashab keta olmadi.

Agar kun davomida boʻyin charchab qolgudek boʻlsa, insonning oʻzi bilan olib yurishga moʻljallangan maxsus tirkagichga chagʻni tirab, boʻyinning yukini yengillashtirish mumkin. Sirtmoqqa oʻxshash bu moslama tarixdagi eng yomon ixtirolardan biri boʻlsa ajab emas.
Bir soniyaga bunday tirkagicha jagʻni qoʻyib olib, yumshoq qilib aytganda bir tekisda yurmaydigan, tiqilinch avtobusda harakatlanishni tasavvur qilib koʻring. Buning ustiga, atrofda hamma bir birini turtib, itarishib tursa! Boʻgʻilib qolishning yuqori boʻlgan xavf-xataridan tashqari, tomoqning yoki boʻyinning terisini jiddiy shikastlab olish ehtimoli ham ortib ketadi.

Koʻpchilik odamlar tumovdan azob chekadilar, u baʼzan shamollash tufayli, ayrim hollarda esa surunkali boʻlishi mumkin.
Keyingi ixtiro aynan shunday odamlar uchun. Taxmin qilinishicha, pastga, odam yuzining oldiga tushib keladigan qogʻoz sochiqlar tarqatuvchi bu beoʻxshov qurilmani odam boshiga kiyib olib yurishi kerak boʻlgan.
Bu ixtirolar shu qadar gʻalatiki, ulardan xaqiqiy xayotda va bugungi kunda foydalanilganda qanday koʻrinish vujudga kelishini tasavvur ham qilish qiyin.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



