Telefonda qanday suhbatlashasiz?

Agar yaxshilab kuzatsangiz, insonning ayni damdagi kayfiyatini uning imo-ishoralaridan bilib olasiz. Masalan, telefon orqali gaplashayotgan odamga eʼtibor bering. Uning ishoralaridan ayni vaqtdagi kayfiyati va suxbatdoshiga boʻlgan munosabatini bilib olish mumkin.

Telefon goʻshagini qulogʻiga qistirib olib, oldiga qalam yoki ruchka bilan rasm chizayotgan odamga gaplashilayotgan mavzuning umuman qizigʻI yoʻq. U xayolan butunlay boshqa tomonlarda yuribdi. Hatto ayrimlar suhbatdoshlarini umuman eshitishmaydi. Bu holatni majlis yoki yigʻinlarda kuzatish mumkin.

Telefonda gaplashayotgan odam tamaki chekib turgan boʻlsa, gaplashilayotgan mavzu uni qiziqtirsa, u tamakini ogʻzidan oladi va goʻshakni mahkamroq tutadi.
Qizlar yoqtirgan insonlari bilan gaplashayotganlarida tinmay koʻzguga qaraydilar. Baʼzida qoʻllari bilan yuz koʻzlariga tegib turishadi.

Telefonda gaplashayotgan odam suhbatdan mamnun boʻlsa, kursida chayqalib qoʻyadi. Bu uning oʻziga ishonayotgani , muammolar boʻlsa, bemalol hal etishidan darak beradi.

Gaplashayotganda stol tortmalarini ochib yopaverish, nimalarnidir izlashga urinish kishining nimadir oʻylayotgani, muammoning yechimini topishga urinayotganidan darak beradi. Bunday holatga xato qilib qoʻygan kishilar ham tez-tez tushib turishadi.

Telefonda gaplashayotgan odamning birdaniga oʻrnidan turib ketishi yaxshi yoki yomon habarni eshitganidan darak berishi mumkin. Agar telefonda gaplashayotgan odam turib, u yoqdan bu yoqqa yuraversa, demak suhbat uning joniga tekkan.

Agar ayol kishi yerda oʻtirib yoki palosga yotib gaplashayotgan boʻlsa, bilingki, u dugonasining diydiyolarini tinglayapti. Agar u goʻshakni qoʻli bilan berkitib pichirlayotgan boʻlsa, u oʻz hayotiga doir “qaynoqqina” maʼlumotlardan dugonasini boxabar etyabdi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



