Texnologiya

Texnologiyalar: Kelajakda avtomobillarni tanib boʻlmas darajada oʻzgartirib yuboradigan bugunning 7 ta texnologiyasi

Mutaxassislarning baholashlariga koʻra, 2030 yildayoq elektrokarlar Yevropa va Amerikaning uncha - muncha yirik shaharlarining barchalarining koʻchalarini toʻldirib yuboradi. 2040 yilga kelib yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchilar ichki yonish dvigatelli avtomobillarni chiqarish va sotuvdan butunlayin bosh tortishlari mumkin. Xozirning oʻzida, bizning koʻzimiz oldida aynan oʻsha kelajak boshlanmoqda. Shuning uchun gap avtoprom va transportni butkul oʻzgartirib yuboradigan texnologiyalar haqida boradi.

Texnologiyalar: Kelajakda avtomobillarni tanib boʻlmas darajada oʻzgartirib yuboradigan bugunning 7 ta texnologiyasi

Yuqori ishlab chiqaruvchanli elektrodvigatel yaratilishi unchalik ham katta yutuq emas. Undanda muhimi soʻnggi yillarda olimlar akkumulyatorlar rivoji uchun katta hissa qoʻshganlari  va bu sohada ishlashni davom ettirayotganlaridir. Bundan 10 yil avval kim ham oʻylabdi 2017 yilga kelib barcha yetakchi avto ishlab chiqaruvchilar oʻzlarining elektrokarlarini chiqara boshlaydi deb? Shunga qaramay endilikda bu realdir. 

Texnologiyalar: Kelajakda avtomobillarni tanib boʻlmas darajada oʻzgartirib yuboradigan bugunning 7 ta texnologiyasi

Gibrid dvigatellar bilan konstruktorlar anchadan beri qiziqib kelmoqda edilar. Birinchi gibrid avtomobil Lohner-Porsche, uzoq 1901 yilda yaratilgan edi, biroq bu sohadagi jiddiy ishlanmalar faqatgina XX asr oʻrtalaridagina olib borilishi boshlandi. Ikkita dvigatel, bittasi elektrodvigatel boʻlgan, ishlatadigan avtomobillar faqat oxirgi ikki oʻn yillikdagina aktiv ishlab chiqila boshlandi. Aynan shu ishlab chiqishlar keng omma uchun qoʻllaniladigan elektrokarlar bu real ekanini tasdiqilashga yordam berdi. 

Texnologiyalar: Kelajakda avtomobillarni tanib boʻlmas darajada oʻzgartirib yuboradigan bugunning 7 ta texnologiyasi

Vodorod yonilgʻi elementlari bilan oziqlanuvchi avtomobillar konstruktorlarda elektrokarlardek katta qiziqish uygʻotadi. Bunday mashinalar bugungi kunda haqiqatda ishlab chiqarilmoqda. Bu sohada katta yutuqlarga Toyota, Honda va Hyundai kompaniyalari erishdi. Aytganday, Toyota hatto vodorod yonilgʻisidagi birinchi yuk furasini ham yaratdi. Mashina birinchi toʻla qonli reysga 2017 yil oktyabrida chiqishi koʻzda tutilgan. 

Texnologiyalar: Kelajakda avtomobillarni tanib boʻlmas darajada oʻzgartirib yuboradigan bugunning 7 ta texnologiyasi

Haydovchisida ehtiyoj boʻlmaydigan avtomobillar ommalashishi bilan asosan Tesla jamoasi shugʻullanmoqda. Biroq soʻnggi yillarda borgan sari koʻproq ishlab chiqaruvchilar mashinalar uchun "aqlli" texnologiyalarga qiziqishlari uygʻonmoqda. Maʼlum bir muvaffaqiyatlar ham bor. Konstruktorlar xozirda yoʻl harakati qismidagi holatni baholay olagigan yordamchi-tizimlar yaratishga erisha olyaptilar. Ular qaror qabul qilishi va avtomobilni boshqarishlari mumkin. Biroq haydovchi-odamni toʻliq oʻrnini egallash haqida hali gap borayotgani yoʻq. Xozircha. 

Texnologiyalar: Kelajakda avtomobillarni tanib boʻlmas darajada oʻzgartirib yuboradigan bugunning 7 ta texnologiyasi

Odam oʻz tarixining avvalidan osmonga intilgan. Butun tarixi davomida avtosanoat uchar avtomobil yaratishga harakat qilganida nimasi taajublanarli? Bu sohadagi eng ahamiyatli urunishlar XX arsning ikkinchi yarimida qilingan edi. Bugungi kunga kelib uchadigan individual transport vositalariga qaytmoqda. Zamonaviy texnologiyalar esa, uzoq vaqt ichida birinchi bor, muxandislarga haqiqatda ishlaydigan va etarli darajada effektiv prototiplarni yaratishga imkon bermoqda. 

Texnologiyalar: Kelajakda avtomobillarni tanib boʻlmas darajada oʻzgartirib yuboradigan bugunning 7 ta texnologiyasi

Soʻnggi oʻn yillikda avtomobillarni dizayn va kompaniyasini yaxshiroq tushunishga qaratilgan, avvalgidan "radikal" roq urunishlar qilinmoqda. Koʻplab qiziqarli konseptlar paydo boʻlmoqda. Masalan, avtomobilist qayta qura oladigan kuzovli modulli mashinalar. Bu yoʻl orqali u oʻz avtosining klassini oʻzgartira oladi. Albatta, koʻpchilik konseptlar shu boʻyicha qogʻozda qolib ketadi. Biroq alohida gʻoyalar albatta isteʼmol bozoriga borib tushadi. 

Texnologiyalar: Kelajakda avtomobillarni tanib boʻlmas darajada oʻzgartirib yuboradigan bugunning 7 ta texnologiyasi

Faqatgina kelajak avtomobilining tasavvurdagi koʻrinishi oʻzgaribgina qolmay, balki u yuradigan yoʻllar ham oʻzgarmoqda. Yoʻl qoplamining yaxshilanishi - bu faqatgina yuzaki juda oz miqdoridir. Bugunning oʻzida oʻzidan namlikni oʻtkazadigan yoʻllarning namunalari, super mustaxkam plastikdan yoʻllar, hamda "aqlli" belgili LED yoritkich yordamida proeksiya boʻladigan, atrofdagi vaziyatga javoban reaksiya beruvchi yoʻllar namunalari mavjud. 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar