Til oʻrganishning 10 ta qoidaga asoslangan oson usullari

Bugungi kunda til oʻrganuvchilarning asosiy qismini 17-35 yosh oraligʻidagilar tashkil etadi. Chet tilini nafaqat oʻqituvchi koʻmagida, balki mustaqil ravishda ham oʻrganish mumkin. Buning uchun esa ozgina qunt, mustahkam iroda va qatʼiy tartibga asoslangan kun rejasi boʻlishi yetarli.

Dunyodagi ilk sinxron tarjimonlardan biri boʻlmish Kato Lomb asl mutaxassisligi kimyo fani boʻlishiga qaramay, 8 tildan qiyinchiliksiz tarjima qilgan, 16 tilda erkin muloqot qilishni uddalagan. Uning “Men tilni qanday oʻrganaman?” nomli bestseller asarida xorijiy til oʻrganishning oddiy va oson usullari 10 ta qoidaga asosan keltirib oʻtilgan.

Bu huddi sport mashgʻulotlaridek, maʼlum bir tizimga asoslangan mashq qilish muddatlaridan iborat boʻlishi lozim. Hech boʻlmaganda kun davomida 10-15 daqiqani yangi soʻzlar oʻrganish va qaytarish uchun sarflash kerak.

Agar til oʻrganishga ishtiyoq vaqt oʻtgani sari susayib borsa, shaxsiy oʻquv rejangizni tuzib chiqing. Masalan, bir oz dars qilib soʻngra koʻchada sayr qiling yoki boʻlmasa musiqa tinglang.

Alohida soʻzlarni emas, ularning bir-biriga qoʻshilgan variantini, kontekst shaklida yodlashga harakat qiling.

Yon daftarchaga qoʻshimcha soʻzlar va tayyor gaplarni yozib boring.

Hayolan barcha koʻringan narsalar – reklama, qoʻshiq soʻzlari, dialoglar, gazetadagi maqolalarni tarjima qilishga harakat qiling.

Lugʻatdan tekshirilgan soʻzlarni yodda saqlang.

Muomalada keng qoʻllaniladigan soʻzlar, idioma, ibora va hikmatli soʻzlarni oʻrganib boring.

Buning uchun kino tomosha qiling, turli adabiyot va gazetalar bilan qiziqing, oʻrganayotgan tilingizda soʻzlashuvchi insonlar bilan muloqot qiling. Kato ham rus tilini Gogolning “Oʻlik qalblar” asari va lugʻatlar orqali boshlagan ekan.

Xatolardan choʻchimang, hech qachon va hech nimani nazoratsiz qoldirmang.

Xech nimaga qaramay oʻrganishda davom eting!
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



