Foydali

Toʻlachadan kelgan ayollar uchun imidj yaratish borasidagi 11 qoida

Toʻlachadan kelgan ayollar uchun imidj yaratish borasidagi 11 qoida

Koʻpchillikka maʼlumki, qora rang qomatni ihcham koʻrsatadi. Amma bu liboslar jamlanmasi shugina ranglardan iborat boʻlishi kerak degani emas. Sizga yoqqan koʻylak – toʻq koʻk yoki moviy tuslarda boʻlsa, ikkilanmay harid qilavering. Ushbu ranglar qomatdagi kamchiliklarni bilintirib qoʻymaydi.

Qizil yoki toʻq pushti kabi ranglarni ihtiyor etsangiz, bosh ustiga. Ammo bel qismi va boʻksaga qora yoki boshqa boʻgiq tuslarda qoʻshimcha bezaktushirish kerakligini unutmang. Misol uchun,koʻylakning bel qismiga qora matodan qoʻshimcha qoʻshildi. Bir qarashda bu juda oddiy usul. Ammo koʻylakni egningizga kiyganingizda natijasini koʻrasiz – belva boʻksa oʻlchami kichrayadi.

Toʻladan kelgan ayollar uchun belga urgʻu berish toʻgʻri tanlov emas. Mabodo libosingizning bel qismida tasmasi boʻlsa, uni koʻkrak qafasiga yaqinroq sohaga koʻtaring. 

Toʻlachadan kelgan ayollar uchun imidj yaratish borasidagi 11 qoida

Mayda gulli matolar qomatni ancha ixchamlashtiradi. Ingichka, toʻgʻri chiziqlilari esa boʻy oʻlchamiga bir-ikki santimetrni “hadya”etadi. Bel va boʻksasi keng ayollarga gulli, animatsiyali, eniga chizilgan chiziqli matolar mos kelmaydi. Shuningdek, oq-qora chiziqli gazlama ham qomatdagi kamchiliklarni bilintirib qoʻyishi mumkin.

Toʻlachadan kelgan ayollar uchun imidj yaratish borasidagi 11 qoida

Koʻylak harid qilayotganda, albatta uning matosiga ahamiyat bering. Toʻladan kelganlar uchun zich toʻqilgan trikotaj, qattiq shoyi va shifon gazlamalari tavsiya etiladi.

Qomatga yopishib turmaydigan keng liboslar bilan cheklanmang. Beldan yuqorida turuvchi shim bilan koʻfta va kardigan, “qalamcha” yubkasi bilan kalta pidjak kiyilsa, qomatdagi kamchilik bilinmaydi. Shuningdek yeng qismi “qoʻngʻiroqcha” uslubida tikilgan koʻfta ustidan yengsiz kardigan kiyish mumkin.

Toʻlachadan kelgan ayollar uchun imidj yaratish borasidagi 11 qoida

Trapetsiya yubka (koʻylak) ham boʻksa kengligini bilintirmaydi. Mabodo toʻrli matoni ixtiyor etsangiz, gazlama koʻylak yengi, boʻyin qismiga tushirilsa, boʻlgani. Boʻy oʻlchamiga bilinar bilinmas santimertlarni uzun munchoqlar qoʻshib bera oladi. Katta halqali ziraklar, braslet esa ortiqcha bezakdir.

Kundalik foydalanish va kechki oqshom uchun “zapax” bichimi mos keladi. Ushbu bichim bel va boʻksa muammosini aʼlo darajada yashira oladi. 

Toʻlachadan kelgan ayollar uchun imidj yaratish borasidagi 11 qoida

Qomatni ixchamlashtirish uchun bir oʻlcham kichiklibos harid qilmang. Bu xato ish. Oʻlchamingizga mosini kiysangiz, qomatingizdan tashvish qilmaysiz.

Korreksiyalovchi ich kiyimdan foydalaning. Qorinni ichkariga tortib turuvchi, korsetli ich kiyimlar koʻylak ostidan kiyinganda umuman bilinmaydi.

Burmalar, applikasiya, qoʻsh etakli liboslar bilan oʻylashib “muomala” qiling. Unutmang, sizga maʼqul kelganini qomatingiz qabul qilmasligi ham  mumkin. Bel qismi rezinkali yubkalardan voz keching. Bunday yubka beldagi burmalarni yana ham koʻpaytiradi. 

Toʻlachadan kelgan ayollar uchun imidj yaratish borasidagi 11 qoida

Shim tanlovida toʻgʻri tushirilgan bichimlarga ixtiyor bering. Tor shimlar siz uchun emas.

Qad qomatingiz raso boʻlishini istasangiz, poshnali poyabzal kiying. Bunday oyoq kiyimi ortiqcha kaloriyalar parchalanishida ham asqotadi.

Obrazda bir tusdagi ranglardan foydalaning. Ikki uch hil ranglar uygʻuligi baʼzan kutilgan natijani bermaydi. 

Toʻlachadan kelgan ayollar uchun imidj yaratish borasidagi 11 qoida
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar