Foydali

Qanday koʻrinishdagi ayollar koʻproq eʼtiborni jalb qilib, maftunkor koʻrinadilar?

Qanday koʻrinishdagi ayollar koʻproq eʼtiborni jalb qilib, maftunkor koʻrinadilar?

Psixologlarning taʼkidlashicha, erkaklar ongsiz darajada ayollarni yuz qiyofalari orqali payqashar ekanlar. Vaqt oʻtishi bilan ularning fikrlari oʻzgarishi mumkin. Biroq bugungi kundagi erkaklarning ayollar borasidagi fikrlarini bilish maqsadida psixologlar tomonidan turli maxsus tadqiqotlar oʻtkazilgan. Ularning natijlarini esa sizning hukmingizga havola etdik.

Qanday koʻrinishdagi ayollar koʻproq eʼtiborni jalb qilib, maftunkor koʻrinadilar?

Amerikalik olimlar erkaklar uchun eng jozibali narsa ayollarda yonoqlarning mavjudligi ekanligini deya taʼkidlashdi. Ularning fikrlariga qaraganda, yoqimli koʻrinadigan yonoqlar va unchalik katta boʻlmagan iyak latofatli koʻrinishning eng asosiy belgilari ekan. Mutaxassislarning bu fikrni quyidagicha izohlashdi. Ularning aytishlaricha, bunday yuz qiyofasiga ega ayol juda yoqimtoy va muloyim boʻlib koʻrinadi, shu bois ham ular bir qaraganlarida bu kabi ayolda oʻz juftlari va boʻlgʻusi farzandlarining onasini koʻrishadi. 

Qanday koʻrinishdagi ayollar koʻproq eʼtiborni jalb qilib, maftunkor koʻrinadilar?

Yana bir eʼtiborli hususiyat sifatida toza va silliq terini sanashadi. Bejizga silliq yuz terisi ayolning tashrif qogʻozi deyilmadi-da! Muammoli yuz terisidan silliq yuz terisini saralashlari boisi - ular silliq yuz terisi ayolning salomatligi darakchisi deya hisoblashlaridadir. Albatta silliq va muammosiz yuz terisi ham oʻziga yarasha husnning  asosi boʻla oladi.

Qanday koʻrinishdagi ayollar koʻproq eʼtiborni jalb qilib, maftunkor koʻrinadilar?

Eng soʻnggi va eng ajoyib hususiyat – bu ayol yonogʻi va burnidagi sepkillar! Xa, aynan shunday! Erkaklar sepkillari bor ayollarni ham juda jozibali deya sanashar ekan. Ularning fikrlariga qaraganda sepkilli qizlar hushchaqchaq va quvnoq boʻlishadi. Erkak kishi esa har doim oʻz hayotini yanada baxtli qiladigan, zavqu-shavqqa toʻldiruvchi quvnoq ayolni qidiradi.

Qanday koʻrinishdagi ayollar koʻproq eʼtiborni jalb qilib, maftunkor koʻrinadilar?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar