Top 10: sizni lol qoldiradigan befoyda, bemaʼni va beayov dabdaba


Nima uchun oʻzi bunday gʻish mavjud? Maʼlumki, talab taklifni vujudga keltiradi va omma qandaydir sababdan nafaqat ommaviy shim va futbolkalar balki, goʻsht ishlab chiqarilishini talab qilishni boshlagan.
Supteme firmasi 2016 yili kuz-qish kolleksiyasini taqdim etganida, ular orasida boshqa yangiliklar qatorida kutilmaganda, gʻisht ham bor edi. Ha, bu oddiy gʻisht boʻlar edi, agarda unda moda brendining logotipi boʻlmagan boʻlganida. Bu aql bovar qilmas boʻlib eshtilishi mumkin, lekin korporasiya uzoq vaqtdan beri oʻz nomini bosh marketologlaening qoʻliga nima tushsa, shunga yozib kelmoqda. Kanselyariya pichoqlaridan tortib to oʻt oʻchiruvchilargachan. Ularda shu rusm boʻlgan.
Dastlab, brend gʻishti 30 dollar turar edi. Hamda, butun kolleksiya eBay ommaviy platformasi yordamida, oʻz narxidan ancha baland bahoga, qisqa muddatda sotib yuborilgan edi. Redditor yangiliklar agregatoridagi yigitlar 223 kvadrat metr uyni bunday gʻishtlardan qurish qanchaga aylanishi mumkin ekanini hisoblashga qaror qilgan edi. Ular gʻishtning standart bahosi bilan uni elitib berish xizmat xaqqini qoʻshdilar va kotedj uchun qancha gʻisht kerak ekanini aniqladilar. Natijada ular 4 704 000 dollar miqdorida summani olishdi!

Kamtarona qogʻoz paket aql bovar qilmas yulduzli onlariga imkoniyatni, unga dunyoga mashxur kiyim dizayneri Jil Sander eʼtibor qaratganida qoʻlga kiritdi. Uning mehnat maxsuli boʻlib "Vasari" boʻldi. Buning uchun, agar sotib olish istagingiz boʻlsa, naqd 290 dollar toʻlashingiz kerak boʻladi! Paket maxsus qobiqli yuqori chidamlili qogʻozdan ishlangan. Yonlari va buklanish joylarida u iplar bilan tikilgan va paketning ichidagi narsa-buyumlatning toʻgʻri ventilyasiyasi uchun metal proushinalar bilan jihozlangan. Dizaynning yakuniy niqtasi boʻlib, mashxur kutyurening logotipining tushurilishi boʻldi. Bularning barchasi oddiy qogʻoz paketning fenomenal narxini oqlaydimi? Oʻzingiz hal qiling.

Angliya asl choy xoʻrandalarining mamlakati. Lekin, kim ham oʻylabdi deysiz, bunchalik darajada deb! 2005 yili dunyodagi birinchi brilliantlar bilan inkrustasiya qilingan choy pakerchasi yaratilgan edi. Bunday aql bovar qilmas yoʻl albatta ommaviy ishlab chiqarish uchun qilingan emas. U PG Tips choy markasining 75 yillik yubileyi sharafiga chiqarilgan edi. Unikal paketcha deyarli 10 ming dollar turar edi va dunyodagi eng qimmatbaho hisoblangan edi. U qoʻl mehnati bilan 280 ta brilliantlar bilan Britaniyanig Boodles zargarlik salonida inkrustasiyalangan edi. Paketcha ichida PG Tips ning haqiqiy choyi joylashgan. Bu roʻyxatdagi boshqa koʻp buyumlardan farqli, olmos choy yaxshi xizmat koʻrsatdi. Uni Britaniyaning savdo markazlari boʻylab, Manchesterning bolalar shifoxonalari uchun pul yigʻish uchun, turga joʻnatishgan edi.

Kanselyar skrepkalari juda arzon buyum, ularni arzimagan mayda chaqa evaziga oʻnlab va yuzlab sotib olish mumkin. Vaziyat yaqin oragacha shunday edi. Prada mashxur modalar uyi ofis buyumlari ishlab chiqaruvchi industriyasini zabt etishga uning vaqti keldi deb qaror qilishidan avval. Pradaning firma skrepkasi sterlinlangan kumushdan quyilgan boʻlib, u ofis skrepkasiga stillashtirilgan pullar uchun klipsa deb pozisiyalashtiriladi. U 185 dollar turadi. Va ha, ishlab chiqaruvchilar uni qanday atasalar ham, bu baribir oddiy skrepka.
Ommaviy aksessuarni xozirda kamchilik yaxshi baholagan, hamda yangi skrepkani ijtimoiy tarmoqlarda mazxara qilishga ham ulgurishgan. U yerda foydalanuvchilar, Prada uni qanday nomlashga urinmasin, oddiy buyum uchun bu qadar oshirilgan qiymatdan haqoratlangan boʻldilar.

Bu moda yangiligi 2017 yilning bahor-yoz mavsumi kolleksiyasi taqdimotida paydo boʻldi. Yuqori modalar uyi Chanel u uchun 1 325 dollar soʻramoqda. Bumerang savdoda sport kiyimi kolleksiyasining aksrssuari sifatida paydo boʻldi. Noyob narx - bu yagona tortishuv masalasi emas. Moda qonun chiqaruvchilarida ancha jiddiy muammolar vujudga keldi. Fransuz kompaniyasini Avstraliya tub madaniyati ramzining behurmat va nooʻrin ishlatilishida ayblamoqdalar.
Dizaynerlik bumerangi ijtimoiy tarmoqlarda qizgʻin diskussiyalarni yuzaga keltirdi. Bir tomondan avstraliyalik aktivistlar Chanel ni qadimiy buyumning ekspluatasiyasi uchun qoralamoqdalar, boshqa tomondan, foydalanuvchilar yangiliklarga yengilroq munosabatda boʻlib, koʻproq eʼtiborni haqiqatdan muhim muammolarga berishga chorlamoqdalar.
Chanel kompaniyasi oʻz navbatida Yerdagi barcha madaniyatlarni cheksiz hurmat qilishida ishontirgan va kimdir oʻzini haqoratlangan deb his qilganidan juda afsusda ekanligini taʼkidlagan. Dizaynerlar bumerang misoli bilan dunyoning boshqa qismilaridagi aholining sport ermaklarini tomosha qilib ilhomlanganlar va xech qanday yoʻl bilan Torres boʻgʻozi orollari yashovchilari va aborigenlarning jamiyatiga nisbatan behurmatlik qilish istagi boʻlmagan. Hamda, ular bumerangning madaniy obʼekt sifatida ahamiyatini kamaytirmoqchi boʻlmaganlar. Biroq, bu kabi uzrlardan soʻng ham, Chanel kompaniyasi tovarni sotuvdan qaytarib chaqirib olmagan.

Fransuz dizaynerlik uyi Balenciaga sumkalarni 1 130 dollarga sotmoqda. U sumkalar koʻrinish jihatdan nufuzli doʻkonlarda biron nima xarid qilgan uchun bepul beriladiganlarga oʻxshaydi. Lekin, odatiy doʻkon sumkalari qalin qogʻozdan qilingan boʻlsa, moda yangiligi 100% mol terisidan qilingan. Sumkaning ushlagichlari ham charmdan (nappadan), ichida esa, kumush furnitura va zamokli chontaklar bilan bezatilgan.
Dizaynerlik sumkasini issiq nondek, tez vaqtda sotib olindi. U sotuv rastalariga kelib tushishga deyarli ulgurmadi. Chunki, xaridlarning koʻp qismi tarmoqlarda qilingan edi. Hamda, bu baland narx va tashqi koʻrinishining ancha oddiy boʻlishiga qaramay.

Kaliforniya, Massachusets, Nevada va Meynlarda marixuana legalizasiya qilinishi bilanoq, 2016 yili fransuz modalar uyi Verments sotuvga antiqa lotni chiqardi. Narkotik oʻtlarni saqlash uchun tumor. Birinchi qarashdan y mashxur brendning nomi yozilgan oddiy tumorga oʻxshaydi. Lekin, uning ichida siz olmos shipkalar va magnitli zastyojkalarni topasiz. Tumor kumush va oltindan qilingan koʻrinishlarda bor boʻlib, deyarli 750 dollarga sotilmoqda.

2017 yilning fevralida Catawiki auksion uyi savdoga dunyodagi eng kam uchraydigan LEGO kublaridan birini qoʻydi. Hamda, uni 20 000 dollarga sotdi. Detalchaning boshqalardan ajralib turuvchi hususiyati bu uning 2,8 gramm sof oltindan qilinganligidadir. Uning narxi 2 118 dollarni tashkil qilishiga qaramay, bu gʻishtchaning asosiy qimmatbaholigi aynan uning kolleksion noyobligdadir. Dunyoda bu kabi detallar 10 tadan ortiq emas deb hisoblanadi. Hamda, ularni 1979-1981 yillarda, 25 yil davomida LEGO kompaniyasining jamoasida ishlaganlarga va alohida biznes-hamkorlarga taqdim etilgan.

Dunyodagi eng qimmat tualet qogʻozi avstraliyalik Toilet Paper Man nomli kompaniyasi tomonidan qilingan edi. Uch qavatli sifatli qogʻoz tarkibida 4,8 gramm oltin bor va kompaniyaning saytidagi taʼkidlashga koʻra, bu stillashtirilgan gigiena predmetidan foydalanish sizga aql bovar qilmas lazzat bagʻishlar ekan. Bunday tualet qogʻozining faqat bitta oʻrami mavjud boʻlib, hamda u 1 219 515,45 dollarga sotiladi. Bu juda foydali bitimga oʻxshab jaranglaydi!

2016 yilning oktyabrida Green Pantry uy hayvonlari uchun ovqat ishlab chiqaruvchi kompaniyasi elita mushuklar ovqatini liniyasini yoʻlga qoʻyganini maʼlum qildi. U toʻrt oyoqli doʻstlar egalariga bir oyiga 918 dollarga tushadi. Bir yilda sizning mushugungiz taxminan 11 000 dollar yeydi. Bir martalik ovqat qabul qilish uchun siz 15,30 dollar sarf qilasiz.
Har ikki kilogramlik paket oddiysidan koʻra 30 marotaba qimmat. Hamda, u 10 kunga yetishi kerak. Ovqat tarkibiga qora ikra, toʻrlar bilan tutilgan shotland lososi, qoʻlda tutilgan norfolk lobsteri, krablat, organik sparja, shafran va lebeda kiradi. Ovqatda konservantlar, boʻyoqlar va GMO maxsulotlari yoʻq.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



